Mavzulashgan



Download 9,75 Mb.
bet7/28
Sana09.03.2022
Hajmi9,75 Mb.
#487303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
5-sinf geografiya fanidan mavzulashgan savo-javob 2020 compressed

Shuning uchun joy planini bunday usulda chizish nima deb ataladi? J- Qutbiy usulda plan tuzish deb ataladi.

  • Joy planini chizishning yana qanday usuli bor? J- Azimutli usuli ham bor. Bu qutbiy usuldan ham sodda. Bu usulda planshet va vizir chizig‘i kerak bo‘lmaydi. Bunda harsang tosh oldida turib, ko‘rinib turgan barcha predmet (daraxt, dala shiyponi, shamol tegirmoni)ga yo‘nalishlar azimuti aniqlanadi hamda shu predmetlargacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi. Bularning hammasi yondaftarchaga tushunarli qilib yozib olinadi. Uyga kelib oq qog‘ozda turgan nuqta qutb belgilanadi. Keyin transportir yordamida azimutlar aniqlanib, masofa masshtab bilan belgilanadi. Mahalliy predmetlar shartli belgilar bilan tushiriladi.

  • Nisbiy balandlik deb nimaga aytiladi? J- Quruqlikdagi joylarning bir-biriga nisbatan tik balandligi nisbiy balandlik deb ataladi.




      1. Nisbiy balandlikni qanday asbob yordamida o'lchash mumkin? J- Nivelir yordamida.

      2. Qo‘lbola nivelir qanday yasaladi? J- Ikkita taxtachadan yasaladi. Unga shovun bog‘lab qo‘yiladi. Shovun bilan nivelirning tik o‘rnatilgani aniqlanadi.





      1. Mutlaq balandlik deb nimaga aytiladi? J- Yer yuzidagi har bir joyning dengiz sathidan balandligi mutlaq balandlik deyiladi.

      2. Odatda dengiz sathi balandligi nima deb belgilanadi?J: 0 (nol) deb belgilanadi.

      3. O‘zbekistondagi barcha mutlaq balandliklar qaysi dengiz sathidan o'lchanadi? J- Bizning mamalakatimizda Boltiq dengizidagi orolda joylashgan Kronshtad shahrida o‘rnatilgan belgi («futshtok») «0» balandlik deb qabul qilingan. Mamlakatimizdagi hamma joyning mutlaq balandligi shu belgidan hisoblanadi. Masalan, Toshkent shahrining o‘rtacha mutlaq balandligi 400 m, Qamchiq dovoniniki 2267 m. O‘zbekistondagi eng baland nuqta Hazrat Sulton tog‘i 4643 m.

      4. Agar quruqlikda dengiz sathidan ham past joylar bo‘lsa, ular balandligi raqami oldiga qanday belgi qo‘yiladi? J: manfiy (–) belgi qo‘yiladi
      5. Qizilqum cho‘lidagi Mingbuloq botig‘ining dengiz sathidan balandligi necha m? J: –12 m


      6. Relyaf nima? J- Joy planlarida tabiatdagi mahalliy predmetlardan tashqari Yer yuzasining notekisliklari ham tasvirlanadi. Yer yuzasining bunday notekisliklari relyef deb ataladi.

      7. Relyef joy planlarida va xaritalarda nima yordamida tasvirlanadi? J- Gorizontallar bilan tasvirlanadi.

      8. Gorizontallar deb nimaga aytiladi? J- Quruqlik yuzasidagi mutlaq balandligi bir xil bo‘lgan nuqtalarni xaritalarda tutashtiruvchi chiziqlarga aytiladi. Joy planida tepalar ham, chuqurlar ham gorizontallar bilan tasvirlanadi.






      1. Bergshtrix nima? J- Yer yuzasi qaysi tomonga qiya bo‘lsa, gorizontallarga qiya tomonni ko‘rsatuvchi chiziqcha qo‘yiladi. Bu chiziqcha bergshtrix deb ataladi.

      2. Bergshtrixga qarab nimalar aniqlanadi? J- Chuqur va tepalar ajratib olinadi. Yonbag‘irlar juda tik bo‘lsa, planda mayda tishlarga o‘xshagan chiziqlar bilan ko‘rsatiladi. Jarlar ham shunday chiziqlar bilan tasvirlanadi.




    1. Masshtab nima? J- Masshtab joydagi masofaning chizmada, plan va xaritada tasvirlaganda necha marta kichraytirilganligini ko‘rsatuvchi kasr sondir. (Avtobus bekatidan Sizning uyingizgacha bo‘lgan masofa 600 m. Uni qisqartirib chizmada 6 sm qilib chizdingiz. Siz, masofani 10 000 marta qisqartirdingiz. Shunda masshtab 1:10 000 bo‘ladi. Har qanday xarita va joy planida uning masshtabi, ya’ni masofalar necha marta qisqartirilgani yozib qo‘yiladi).

    2. Masshtab necha hil ko'rinishda bo'ladi? J- Masshtab uch xil ko‘rinishda bo‘ladi: sonli masshtab, nomli masshtab va chiziqli masshtab (21-rasm).

    3. Chiziqli masshtab qanday ko'rinishda bo'ladi? J- Chiziqli masshtabdan foydalanish eng qulay. Chiziqli masshtab teng qismlarga bo‘lingan to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi.

    4. Nomli masshtab qanday ko'rinishda bo'ladi? J- Agar bu masshtab 1 santimetrda 100 metr deb yozilsa, nomli masshtab deb yuritiladi.

    5. Sonli masshtab qanday ko'rinishda bo'ladi? J- 1:10 000 deb yozilsa, sonli masshtab deb ataladi. (Yarimsharlar tabiiy xaritasining sonli masshtabi 1:22 000

    000. Bunda 1 sm da necha km borligini aniqlash uchun 5 ta nolni o‘chiramiz. Shunda nomli masshtab 1 sm da 220 kilometr bo‘ladi).







    1. Chiziqli masshtabdan masofani qanday aniqlanadi? J- Masofani aniqlashda foydalanish uchun sirkulning ikki uchini xaritadagi oraliq masofa aniqlanishi lozim bo‘lgan nuqtalarga qo‘yib, so‘ng uni masshtabga ham qo‘yiladi. Shunda masofa aniq bo‘ladi (22-rasm).

    2. Azimut bo‘yicha masofa qanday aniqlanadi? J- Geografik o‘yin vaqtida Sizga yakka turgan daraxtdan 40° li azimut bo‘yicha 200 m, so‘ngra 180° li azimut bo‘yicha 500 m va 330° li azimut bo‘yicha 300 m yurish va bu yo‘lni 1 : 5000 masshtab bilan daftarga chizish topshirildi, deylik. Azimut bo‘yicha yurganda ishni quyidagi tartibda boshlash kerak. Avvalo, yakka daraxt yoniga boriladi. So‘ng kompas strelkasini bo‘shatib, uning shimol uchini 0 nuqtasiga to‘g‘rilanadi. Keyin cho‘p olib (gugurt cho‘pi bo‘laveradi), uni kompas ustiga shunday qo‘yish kerakki, cho‘p strelka markazi bilan 40° li belgini tutashtirsin. Shunda cho‘p yo‘nalishi 40° li azimut yo‘nalishini ko‘rsatadi. Sizning o‘rtacha qadamingiz yarim metr edi. Endi, Siz 200 m yurish uchun 400 qadam tashlaysiz. Keyin to‘xtab kompasni yana oriyentirlaysiz, ya’ni shimolni ko‘rsatuvchi strelkani 0° ga keltirasiz. So‘ng cho‘p bilan 180° belgini strelka markazi bilan tutashtirib, 180° li azimutni topasiz va kerakli masofani yurib o‘tasiz. Keyingi azimut bo‘yicha yurish ham shu tartibda bajariladi.




      1. Agar siz yuzingiz bilan janubga qarab turgan bo‘lsangiz, sharq, shimol, janubi- g‘arb va shimoli-sharq yo‘nalishlari sizning qaysi tomoningizda ekanligini aniqlang.

    Javob: Sharq – chap tomon, shimol – orqa tomon, janubi-g’arb – old o’ng tomon (2250), Shimoli-sharq – orqa chap tomon (450).

      1. Kun yorug‘ bo‘lishiga qaramasdan Hasan o‘rmonda, Zuhra esa cho‘lda adashib qoldi. Hasan yuzini o‘nglab turgan tomonda daraxtlarning shoxlari kam va siyrak edi. Zuhra qarab turgan tomonda esa Quyosh endi botayotgan edi. O‘quvchilar, Hasan va Zuhraga ufqning qaysi tomonlariga qarab turganliklarini

    aniqlashga yordam bering. So‘ngra, ularning o‘ng, chap va orqa tomonlarida ufqning qaysi yo‘nalishlari turishini aniqlang.
    Javob: Hasan shimol tomonga qarab turgan, Zuhra esa g’arb tomonga qarab turgan.
    Hasan turgan joyda o’ng tomoni – sharq, chap tomoni – g’arb, orqa tomoni – janub hisoblanadi.
    Zuhra turgan joyda o’ng tomoni – shimol, chap tomoni – janub, orqa tomoni – sharq hisoblanadi.

    Download 9,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish