Mavzular: Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning oʻqituvchi faoliyatidagi oʻrni va ahamiyati. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida


Hozirgi davrda oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish



Download 4,46 Mb.
bet29/38
Sana03.02.2022
Hajmi4,46 Mb.
#426887
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Bog'liq
12-maruza (2)

Hozirgi davrda oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish.
“Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga koʻtarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida: “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi deb hisoblansin” deyiladi “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 6-oktabrda qabul qilgan Farmonida. Barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan yuksak malakali kadrlarga bogʻliq. Kadrlarni tayyorlash esa avvalo oʻqituvchi-murabbiylar zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli, chuqur bilimga ega boʻlgan, zamonaviy oʻqituvchi-kadrlar taraqqiyotimizning muhim omili sifatida qaralib kelinmoqda. Oʻqituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan boʻlishlari kerak. Oʻqituvchi xodimlar oʻzlarining kasb-koʻnikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» gʻoyalarini amaliyotga tatbiq etish Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan oʻqituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga bogʻliqdir.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni boʻlib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk namoyondalari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
Oʻzbekiston Respublikasida oʻqituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qoʻyilmoqda. Chunonchi, bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz boʻlish uchun, boshqalarning aql-idrokini oʻstirishi, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining oʻzi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega boʻlishi kerak».

Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun oʻqituvchisi shaxsiga nisbatan qoʻyilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy oʻqituvchi qanday boʻlishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo boʻyicha koʻplab pedagog va psixolog olimlar oʻz fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. Oʻqituvchilarning kasbiy mahoratlarini milliy an’ana va urf-odatlarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada kuchaytirish, ularning pedagogik faoliyatini hozirgi zamon talablari darajasida yanada takomillashtirish uchun metodik qoʻllanmalar, tavsiyanomalar paydo boʻldi. Hozirgi kunda ham ushbu muammo boʻyicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda. XXI asrga kelib oʻqituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda. Endilikda global oʻzgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi oʻqituvchidan yuksak mahoratni, oʻtkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur bilim va mulohazali boʻlishni talab qiladi.


Oʻqituvchi pedagogik, psixologik va mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlishi va ta’lim muassasalarida faoliyat koʻrsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan quyidagi burch va mas’uliyatlar ulardan talab qilinadi:
1. Oʻqituvchi eng avvalo mas’uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma’rifat targʻibotchisidir.
2. Oʻqituvchi tabiatan oʻquvchilarni seva olishi, oʻz mehrini, his-tuygʻularini har lahzada oʻquvchilar ichki dunyosi bilan bogʻlay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor boʻlishi kerak.
3. Oʻqituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi va ularga xolisona baho berib, bu borada oʻquvchilarga toʻgʻri, asosli ma’lumotlarni doimiy bera olishi lozim.
4. Zamonaviy oʻqituvchining ilm-fan, texnika va axborot texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor boʻlib borishi talab etiladi.
5. Oʻqituvchi oʻz mutaxassisligi boʻyicha chuqur va puxta bilimga ega boʻlishi, barcha fanlar integratsiyasini oʻzlashtirib borishi, bunda oʻz ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi lozim.
6. Oʻqituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, oʻquvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.
7. Oʻqituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega boʻlmogʻi lozim.
8. Oʻqituvchi ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.
9. Oʻqituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qoʻl-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur oʻzlashtirib borishi shart.
10. Oʻqituvchi nutq madaniyatiga ega boʻlishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni oʻzida aks ettirishi kerak: turli sheva soʻzlardan holi boʻlib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; oʻqituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli boʻlishi; hikmatli soʻzlar, ibora va maqollar, matallar hamda koʻchirma gaplardan oʻrinli foydalana olishi lozim. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos soʻzlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda oʻzga millatlarga xos soʻzlarni nooʻrin qoʻllanilishi); vulgarizm (haqorat qilish, soʻkishda qoʻllaniladigan soʻzlar) hamda kontselyarizm (oʻrni boʻlmagan vaziyatlarda rasmiy soʻzlardan foydalanish) kabi norasmiy soʻzlardan holi boʻlishi,
11. Oʻqituvchining kiyinish madaniyati oʻziga xos boʻlishi, ya’ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida oʻquvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.
12. Oʻqituvchi ta’lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.
13. Oʻqituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida oʻzida bir qator pedagogik sifatlarni tarkib toptirib borishi zarur.
14. Oʻqituvchi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni toʻgʻri baholay oladigan hamda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.
Oʻquvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va loʻnda bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida soʻzni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan boshlamasligi, aksincha, oʻquvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularni yanada boyitishga ishonch bildirishi bilan muloqotni tashkil qilishi lozim. Muloqot jarayonida oʻqituvchining soʻzlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, doʻstona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin.
Oʻqituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning oʻquvchilar, hamkasblari hamda ota-onalar oʻrtasida obroʻ-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning oʻqituvchilik kasbiga nisbatan qoʻyayotgan talablari kun sayin ortib bormokda va bu talablarni amalda toʻgʻri tashkil qilish vazifasi oʻqituvchiga bogʻliq. Zamonaviy maktab oʻqituvchisi qator vazifalarni bajaradi. Oʻqituvchi avvalo sinfdagi oʻquv jarayonining tashkilotchisidir. Jamiyatning oʻqituvchi oldiga qoʻyadigan asosiy talablari quyidagilar:
- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uygʻonish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, oʻz Vataniga, tabiatga va oilasiga boʻlgan muhabbati;
- kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor boʻlishi;
- yosh pedagogik-psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, maktab gigienasidan oʻz kasbiga doir bilimlarga mukammal bilishi;
- oʻz kasbi boʻyicha jahon fanida erishilayotgan soʻnggi yutuqlar, kompyuter va axborot texnologiyalari yangiliklaridan doimiy xabardor boʻlib borishi;
- ta’lim-tarbiya metodikasidan koʻnikma va malakalarini oshirib borishi;
- oʻz kasbiga ijodiy yondashishi;
- pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega boʻlishi;
- oʻz bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir oʻqituvchi pedagogik mahoratga ega boʻlishi zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati – oz mehnat sarf qilib, ulkan natijalarga erishish. Ijodkorlik uning hamisha hamrohi boʻladi. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat hislatlari shakllanib boradi. Pedagogik faoliyat oʻz mohiyatiga koʻra ijodiy xarakterga ega. Oʻqituvchi oʻquvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni yechadi, oʻquv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasi ijodkorlikning tub mohiyati ishning maqsadi va xarakteri bilan bogʻliq.
Oʻquvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma’lum maqsadga erishmoq uchun oʻqituvchi bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. Oʻqituvchi oʻquvchilarni oʻzi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
- hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim boʻlgan faoliyat oʻquvchilar uchun qiziqarli boʻlishi, oʻquvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga toʻgʻri kelishi lozim;
- oʻquvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, oʻqituvchi ularga pedagogik va psixologik jihatdan toʻgʻri vazifa qoʻyishi, yoʻl yoʻriq koʻrsatishi shart;
- oʻquvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.
Ijodiy faoliyat olib boruvchi oʻqituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli oʻqitish va tarbiyalash, ilgʻor oʻqituvchilar ish tajribalarini oʻrganish bilangina cheklanib kolmasdan, tadqiqotchilik koʻnikma va malakalariga ham ega boʻlishi zarur. Hozirgi zamon oʻqituvchisi fan va texnika taraqqiyotining eng soʻnggi yutuqlaridan foydalanishi, oʻz kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qoʻllay olishi taqozo etiladi.
Oʻqituvchilik faoliyati faxrli va mas’uliyatli kasb ekanligi hech kimga sir emas. Oʻqituvchilik faoliyati juda qadimdan mavjud boʻlib, u yuksak darajada qadrlangan va e’zozlangan kasbdir. Chunki, oʻqituvchi yosh avlodga bilim bergan, uni ertangi hayotga har tomonlama tayyorlagan. Uning qoʻlida ta’lim-tarbiya topgan bola oʻz navbatida jamiyatga, uning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Bir oʻqituvchi yuzlab, minglab bolalarning kamol topishida oʻz hissasini qoʻshgan. Shuning uchun har doim oʻqituvchi-murabbiylik faoliyatini kasb qilib olgan kishilar jamiyat va davlat ardogʻida boʻlgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi ham har tomonlama yetuk, yuksak malakali kadrlar, jumladan pedagog kadrlar tayyorlashga erishishdir.
Oʻqituvchilik kasbining faxrli jihatlari shundaki, har qanday kasb egasi dastlabki ma’lumotni oʻqituvchidan oladi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita hissa qoʻshadi. Albatta bu kasbning mas’uliyatli jihatlari ham mavjud. Jamiyat uning qoʻliga ishongan holda yosh avlodni topshiradi. U jamiyatning ishonchli vakili sifatida yoshlarga bilim berishi, ularda Vatanga, mehnatga boʻlgan ijobiy munosabatlarni shakllantirishi lozim. Bundan tashqari u pedagogik odobga, vijdon pokligiga ega boʻlmogʻi kerak.
Oʻqituvchining shaxsiy sifat va xususiyatlarini bayon etibgina qolmay, ular ta’riflanadi, har biriga qisqacha izohlar beriladi. Oʻqituvchi shaxsiga qoʻyiladigan asosiy talabalar belgilab olinadi.
Pedagoglik kasbi oʻqituvchidan quyidagi anotomo-fiziologik xususiyatlarni talab etadi:
- toʻrt muchaning but boʻlishi (qoʻl, oyoq);
- koʻrish, eshitish, nutq organlarining sogʻlom boʻlishi;
- yurak, qon aylanish sistemasining oʻz me’yorida ishlashi.
Albatta, bunday talabni qat’iy ravishda har qanday oʻqituvchiga qoʻyib boʻlmaydi. Chunki, ayrim jismoniy nuqsonlarga ega boʻlsada, oʻqituvchilik faoliyatida katta natijalarga erishayotgan kishilarni uchratish mumkin. Insonni ma’lum bir kamchiligi oʻrnini boshqa yuksak rivojlangan fazilati bilan toʻldirish mumkin. Bu tabiat qonuni. Eng asosiysi bolani yoshligidanoq kasbga toʻgʻri yoʻnaltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, shunday kasblar borki, nutq tiniqligi unda yetakchi oʻrin tutmaydi. Oʻqituvchilikda esa biror bir harfni ham notoʻgʻri talaffuz etish mumkin emas.
Oʻqituvchi shaxsiy xususiyatlari ichida motiv yetakchi oʻrinda turadi. Motiv – oʻqituvchining hayotda, jamiyatda tutgan oʻrnini, intilishlarini belgilab beradi. Ijobiy motivga ega boʻlgan oʻqituvchi jamiyat oldida turgan oʻz vazifasi va fuqarolik burchini chuqur his etadi, oʻz kasbi va oʻquvchilarni sevadi, oʻz ustida tinmay ishlaydi.
Oʻqituvchi uchun bilimni oʻzi etarli emas, balki u nazariyani amaliyot bilan bogʻlay olish koʻnikmasiga ham ega boʻlmogʻi lozim. Buning uchun unga pedagogik koʻnikmalar kerak boʻladi.
Buyuk allomalarimiz oʻz asarlarida mudarrislar kasbining nozikligini, ma’suliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini, yoritib, muallimning mahorati, ularga qoʻyilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, muomalasi toʻgʻrisida oʻz mulohazalarini bildirganlar. Uygʻonish davrining yetuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Abul-Qosim Umar az-Zamaxshariy, Shayx Sa’diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabilarning ijodiy merosi pedagogik tafakkurni shakllantirishda boʻlajak murabbiylarga muhim manba boʻlib hisoblanadi. Ular avlodlardan avlodlarga oʻtib, oʻz qimmatini yoʻqotmagan mudarrislarni, tarbiyachilarni tayyorlash tajribalarini umumlashtirib, boyitib borishgan.

Download 4,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish