BUYUK NOTIQ DEMOSFEN FAOLIYATIGA OID KEYS
Keys bayoni. Buyuk notiq Demosfen zaif, jismonan nosogʻlom boʻlib ulgʻaygan. U tovushlarni noaniq talaffuz qilar va duduqlanardi. Demosfenning mustaqil ravishda omma oldidagi birinchi va ikkinchi nutqlari toʻla barbod boʻldi. Omma uning nutqiga nisbatan norozilik bildirdi. Shovqin, kulgu va qichqiriqlar tufayli Demosfen oʻz nutqini yakunlay olmay qoldi. Buning asosiy sababi – Demosfenning nihoyatda past ovozda gapirganligi, nutqning tushunarsizligi, oʻzining tovushlarni notoʻgʻri talaffuz qilishi va duduqlanishi edi. Buyuk notiq Demosfen nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun 4 yil harakat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |