Mavzular: Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning oʻqituvchi faoliyatidagi oʻrni va ahamiyati. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida


Eng qadimgi davrlardan XII asrgacha boʻlgan davrlarda oʻqituvchi-ustoz



Download 4,46 Mb.
bet25/38
Sana03.02.2022
Hajmi4,46 Mb.
#426887
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Bog'liq
12-maruza (2)

Eng qadimgi davrlardan XII asrgacha boʻlgan davrlarda oʻqituvchi-ustoz,
shogird va ularning jamiyatdagi oʻrni, mahorat haqidagi nazariyalar.
Ta’lim va tarbiya tarixini oʻrganar ekanmiz, uning rivojlanishi, yillar davomida shakllanib borishi ustoz va shogird faoliyatiga bogʻliqligining guvohi boʻlamiz. Eng qadimgi davrlardayoq mudarrislar (oʻqituvchilar) ta’lim va tarbiyaning samarali ta’sir usullarini qidirib topib, hayotga tatbiq eta boshlaganlar. Buning natijasida eramizdan oldingi davrlardayoq ta’lim-tarbiyaning samaradorligiga erishilishi uchun oʻqituvchiga boʻlgan talablar kuchayib bordi. Oʻqituvchi mahoratini takomillashtirish yuzasidan turli gʻoyalar, nazariya va tavsiyalar paydo boʻla boshladi.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Oʻrta Osiyoda ishlab chiqarish kuchlarining ortib borishi bilan ijtimoiy hayotda ham ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Turk va fors tilida soʻzlashuvchi xalqlar oʻrtasida oʻzaro madaniy aloqalar yuzaga keldi. Yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlashda asrlar davomida qoʻllanib kelingan, yerli millatning oʻziga xos urf-odati va an’analariga mos ravishda tatbiq etilgan ta’lim va tarbiyaning noyob usul va vositalari, tadbir va shakllari vujudga kela boshladi. Hali maktab boʻlmagan, pedagogik fikr tarkib topmagan davrdayoq qabila a’zolarining bolalarda mehnatsevarlik, axloq-odob, nafosat, doʻstlik, mehr-shafqat, insonparvarlik sifatlarini tarkib toptirish sohasidagi aql idroki va usullari yillar davomida hayot tajribasi va sinovlaridan oʻtib, sayqallanib oʻsha davrning olijanob mevasi sifatida bizning davrimizgacha yetib keldi.
VII asrlarga kelib Oʻrta Osiyoda ilm-fan va madaniyat sohasidagi rivojlanish bevosita ta’lim va tarbiya beruvchi mudarrislarning qizgʻin faoliyati hamda ularga qoʻyiladigan talablarning nihoyatda rang-barangligi va xilma-xilligi bilan diqqatga sazovordir. Ilk ibtidoiy jamoa va quldorlik davrlaridan boshlab, bolalarning ta’lim va tarbiyasiga javobgar ulamolar hamda mudarrislar nasihat, tushuntirish, ragʻbatlantirish, maqtash, namuna koʻrsatish, tanbeh berish, ta’qiqlash, majbur qilish, poʻpisa qilish, qoʻrqitish kabi usullardan foydalanganlar. Biroq mudarrislarning oʻzi bolaga ta’lim-tarbiya berish uchun mukammal amaliy va nazariy bilimga ega boʻlishi kerak edi. Shu sababli mudarrislar savodli madrasa toliblari orasidan tanlangan va ma’lum muddat tayyorgarlikdan oʻtishgan.
Markaziy Osiyoning Xorazm zaminida shakllangan eng qadimiy va “...o’tmishdagi dinlarning eng kuchlilaridan bo’lgan” (Yu.A.Rappoport) zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da bola ta’lim-tarbiyasiga oid qiziqarli ma’lumotlar berilgan. “Avesto”da ta’kidlanadiki, bilim va tarbiya hayotning eng muhim tirgagi bo’lib hisoblanadi. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yozishni oʻrganish asosida bilim olishi kerak, soʻngra esa odob-axloqi bilan eng yuksak pogʻonaga koʻtarilsin. Kohin muallimlar oqsoqollar Kengashi tomonidan tanlanib, qat’iy belgilangan qoidalar asosida yoshlarga ta’lim va tarbiya berishgan. “Avesto”da bolalarni oʻqitish va tarbiyalash qoidalari quyidagi tartibda tavsiya etilgan:
a) diniy va axloqiy tarbiya;
b) jismoniy tarbiya;
v) oʻqish va yozishga oʻrgatish.
Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan muallimlar bolalarni yetti yoshidan boshlab diniy tarbiyaga asoslangan maktablarga jalb qilishgan. Maktablarda “muqaddas yashil koʻylak” kiydirish marosimi oʻtkazilgach, kohin muallimlar bolalarni “Avesto”da keltirilgan madadkor kuchlarni ulugʻlovchi ezgulik va yaxshilik ma’budasiga sigʻintirishgan. Duolar quyidagi soʻzlar bilan boshlangan: “Men zardushtiylik diniga sodiq qolishga va’da beraman, men yaxshi fikrlar, yaxshi soʻzlar, yaxshi amallarga ishonaman...”. Marosimdan soʻng muallimlar bolalarga sovgʻalar ulashishgan. Muallimlar mashgʻulotlar jarayonida bolalarga nisbatan jismoniy jazodan koʻra koʻproq oʻz diniga ishonch va e’tiqodni, dunyodagi barcha yaxshilik va ezguliklarning bunyodkori, ilohiy Ahuramazdaga sigʻinishni, odamlar boshiga yovuzlik va yomonliklarni yogʻdiruvchi Axrimandan esa nafratlanish hissini tarbiyalar edilar. Bolalarning sogʻlom va baquvvat boʻlib oʻsishi bilan birga oʻz dinining barcha rasm-rusumlarini toʻliq bajarishiga, oʻrganilayotgan fanlarni puxta bilishiga, axloqiy pokligiga, mehnatsevarlik, rostgoʻylik, saxovatlilik kabi fazilatlarni egallashiga kohin muallimlar javobgar edilar. “Avesto”da yer, suv, olov va havo muqaddas deb e’lon qilinib, muhitni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish bilan jazolanardi. Tabiatni asrash, uni obod qilish yoshlik davrlaridanoq ular ongiga singdirilgan. Zardushtiylik dini ta’limotida ilgari surilgan umuminsoniy qadriyatlar majmuasi ezgulik va yaxshilik, jaholat va yomonlik, ta’lim va tarbiya haqidagi gʻoyalari bilan ulkan pedagogik ta’sir kuchiga ega boʻlgan. Bunda tarbiyachi muallimlarning oʻz kasbiga sadoqatini alohida ta’kidlab oʻtish lozim.
Antik davrdagi maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. «Akademiya» soʻzi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi V asrda Afina yaqinidagi Akadema soʻzi bilan nomlanuvchi joyda Platon oʻz shogirdlariga ma’ruzalar oʻqigan boʻlib, keyinchalik ta’lim-tarbiya berish uchun tashkil etiluvchi maskanlar ham shunday nom bilan atala boshlangan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga ta’lim-tarbiya berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Ular notiqlik san’atining yetuk namoyondalari boʻlib, oʻzlarining chiroyli soʻzlari, baland va ta’sirchan ovozlari bilan ta’lim oluvchilarning tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning eng takomillashgan davri boʻlgan. Shu sababli - notiqlik san’ati ham qizgʻin rivojlangan davr hisoblanadi. Bu davrda notiqlikning uchta qonuniyati umumiy shior sifatida e’tirof etilgan:
- oʻquvchilarga tushuntirish (ma’lum bir mavzuni);
- oʻquvchilar ongini uygʻotish (inson tafakkurini, ongini, maqsadini);
- har bir tinglovchiga huzur-halovat va qoniqish uygʻotish.
Notiq ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda oʻquvchilarga, ya’ni tinglovchilarga halovat bagʻishlash orqali ularni ezgulikka, adolatparvarlikka, Vatan oldidagi burchga sadoqatli boʻlishga, yaxshi amallarni bajarishga, axloq va odob qoidalariga rioya qilishga chorlar edi. Bu uning jamiyat oldidagi asosiy vazifasi hisoblanardi. Notiqlik san’atini chuqur egallagan, oʻzlarining goʻzal va chiroyli nutqlari bilan jamiyatda hurmat va e’tibor qozongan Dinarx, Giperid, Gorgiy, Isokrat, Isey, Esxil, Demosfen kabi namoyondalar mashhur davlat arboblari boʻlib yetishganlar.



Download 4,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish