Mavzular: Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning oʻqituvchi faoliyatidagi oʻrni va ahamiyati. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida



Download 4,46 Mb.
bet34/38
Sana03.02.2022
Hajmi4,46 Mb.
#426887
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
12-maruza (2)

Alisher Navoiy (1441-1501) ijodida muallimlarga munosabat alohida e’tibor berilgan. Uning fikricha, har bir inson oʻziga ta’lim va tarbiya bergan ustozini, oʻqituvchisini umrbod hurmat qilishi va uni e’zozlashi kerak. Oʻqituvchi mehnatini har qanday xazina bilan oʻlchab boʻlmaydi: Haq yoʻlinda kim senga, bir harf oʻqitmish ranj ila,
Aylamak boʻlmas ado, oning haqqin yuz ganj ila.
Alisher Navoiy yosh avlod tarbiyasini har qanday tasodifiy murabbiyga ishonib topshirib boʻlmasligini aytib, oʻqituvchiga yuksak talablarni qoʻyadi. Bolani tarbiyalash va unga bilim berish, uning qobiliyatini oʻstirish uchun nihoyatda savodli oʻqituvchi va mahoratli tarbiyachi boʻlish kerak. Alisher Navoiy oʻqituvchini faqat dars beruvchi, bilim beruvchi deb bilmaydi, balki mahoratli tarbiyachi boʻlishi lozim deb ilm va odobni birga olib borilishini, bu ikki jarayon hech qachon ajralmasligini ta’kidlab oʻtadi.
Buyuk alloma oʻzining “Mahbub-ul qulub” asarida oʻqituvchi xalq oldida obroʻga, hurmat va izzatga sazovor boʻlishi kerakligini, u xalq gʻami bilan yashashini, xalqqa yordam beruvchi, xalq bilan birga boʻlishi lozimligini aytadi. Nodon, mutaasib, johil mudarrislarni tanqid qilib, mudarris olimlar orasidagi eng sara “malak qiyofali” kishi boʻlishi, ya’ni sof koʻngilli, pok qalbli, insofli, karam-muruvvatli, odobli, vafoli, kishilikning eng yaxshi va olijanob hislatlarini oʻzida aks ettiruvchi boʻlishi kerak deydi. Ayniqsa madrasalarda ta’lim-tarbiya bilan shugʻullanuvchi mudarrislarga jiddiy talablarni qoʻyadi: «Mudarris kerakki, gʻarazi mansab boʻlmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas koʻrgazmasa va olgʻirlik uchun gap-soʻz va gʻavgʻo yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun boʻlmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni unga bosh oʻrin boʻlmasa, yaramasliklardan qoʻrqsa va nopoklikdan qochsa... nainki, oʻzini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni qilish mumkin, balki halol desa, qilmas ishlarni qilmoq undan sodir boʻlsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat boʻlib qolsa, bu mudarris emas, yomon odatni tarqatguvchidir». Demak, mudarris bilimli, fozil va donishmand boʻlishi, kishilikning eng yaxshi fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan olijanob va kamtarin boʻlishi, har qanday yaramas ishlardan holi va pok boʻlishi, oʻz xulqi va odobi bilan boshqalarga namuna boʻlishi lozim.
Ayni oʻrinda oʻqituvchi mehnatini eng murakkab va mashaqqatli ish ekanligini xolisona baholaydi: “Uning ishi odam qoʻlidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashdan ojizlik qilardi. U esa bir toʻda bolaga ilm va adab oʻrgatadi, koʻrkim bunga nima etsin. Shunisi ham borkim, u toʻdada fahm-farosati ozlar ham boʻladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat qilsa qanday boʻladi. Har qanday boʻlsa ham, yosh bolalarda uning haqqi koʻpdir. Agar shogird podshohlikka erishsa unga (muallimga) qulluq qilsa arziydir”.

Download 4,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish