Mavzular: Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning oʻqituvchi faoliyatidagi oʻrni va ahamiyati. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida



Download 4,46 Mb.
bet35/38
Sana03.02.2022
Hajmi4,46 Mb.
#426887
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
12-maruza (2)

Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) “Futuvvatnomai Sultoniy” yoxud “Javonmardlik tariqati” asarida ustoz-shogird munosabatlariga keng toʻxtalgan. U muallimlarning shogirdlariga beradigan har bir oʻgitini qadrlaydi. “Maraka joylari”da (dars-ma’ruza oʻqiladigan joy) shogirdlar muallimning har bir soʻzini e’tibor bilan tinglashini va unga amal qilishini ta’kidlaydi. Jumladan, alloma shunday yozadi: “Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi, deb soʻrasalar, irodat ustiga, deb javob bergin. Agar irodat nima deb soʻrasalar, samo va toatdir, deb aytgin. Agar samo (eshitish) va toat nimadir deb soʻrasalar, nimani ustoz aytsa, uni jon qulogʻi bilan eshitish, chin koʻngli bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalga ado etishdir deb ayt”. Koshifiy asarida shogirdlikning 8 ta odobini koʻrsatib oʻtadi:

  • birinchi boʻlib salom berish;

  • ustozning oldida kam gapirish;

  • boshni oldinga egib turish;

  • koʻzni har tomonga yugurtirmaslik;

  • gap soʻramoqchi boʻlsa, avval ustozdan ijozat soʻrash;

  • ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik;

  • ustoz oldida boshqalarni gʻiybat qilmaslik;

  • oʻtirib turishda hurmat saqlash.

Koshifiy ustozlik shartlarini ham bayon qiladi: “Bilgilkim hech bir ish ustozsiz amalga oshmaydi va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa, ul ishning asosi mustahkam boʻlmaydi. Kimki, ustozsiz ish boshlagan boʻlsa, ishi va amali samara qozonmaydi, ustozning etagini tutib shod boʻl, bir muddat ustozga xizmat qilginda, soʻngra oʻzing ustoz boʻl. Agar ustoz tarbiyasini olgan komil inson kim deb soʻrasalar, u pok mazhabli, oʻz aybini koʻradigan, dono va tamizli kishidir deb aytgil. Unda hasad, gina va baxillikdan asar boʻlmaydi”.
Koshifiy bola tarbiyasida maktab va muallimining alohida roli borligi haqida gapirib, muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli boʻlishi zarur, deb hisoblaydi. Alloma murabbiylar toʻgʻrisida yana bir asari «Axloqi Muhsiniy»da shunday yozadi: «Murabbiy (bolaga) nasihat va ta’lim berishda lutf va odob qoidalariga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida unga pand berish yaramaydi, balki xilvat joyda bolaga gapirish zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati kelganini bilsa, unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfe’l boʻlish maqsadga muvofiqdir».

Download 4,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish