Oʻzbekiston hududida dastlabki shaharlar (Sopollitepa, Jarqoʻton) mil. av. 17—14-asrlarda Surxondaryo vohasida jez davrida paydo boʻlgan. Yozma manbalarda esa shahar haqidagi maʼlumotlar Avestopya uchraydi. Hozirgi baʼzi shaharlar (Qarshi — Yerqoʻrgʻon; Hazorasp — Xumbustepa kabilar)ning shakllanishini tadqiqotchilar mil. av. 10—8-asrlar bilan bogʻlaydilar. Fargʻonadagi eng qadimiy shaharlar (Ashqoltepa, Dalvarzintepa kabilar) ilk temir davriga oid Chust madaniyati (mil. av. 11—6-asrlar) ga mansubdir. Axomaniylar davrida shahar qurish jadallashgan (Xorazmdagi Qalʼaliqir, Koʻzaliqir va boshqalar). Kushonlar davrida Sh. nihoyatda ravnaq topgan (Xorazmshohlar poytaxtida muntazam tarhli Tuproqqalʼa, Zarafshon vodiysida Buxoro, Fargʻona vodiysida Mingtepa, doira tarhli Bilovur, Chirchiq vodiysida Shoshtepa). - Oʻzbekiston hududida dastlabki shaharlar (Sopollitepa, Jarqoʻton) mil. av. 17—14-asrlarda Surxondaryo vohasida jez davrida paydo boʻlgan. Yozma manbalarda esa shahar haqidagi maʼlumotlar Avestopya uchraydi. Hozirgi baʼzi shaharlar (Qarshi — Yerqoʻrgʻon; Hazorasp — Xumbustepa kabilar)ning shakllanishini tadqiqotchilar mil. av. 10—8-asrlar bilan bogʻlaydilar. Fargʻonadagi eng qadimiy shaharlar (Ashqoltepa, Dalvarzintepa kabilar) ilk temir davriga oid Chust madaniyati (mil. av. 11—6-asrlar) ga mansubdir. Axomaniylar davrida shahar qurish jadallashgan (Xorazmdagi Qalʼaliqir, Koʻzaliqir va boshqalar). Kushonlar davrida Sh. nihoyatda ravnaq topgan (Xorazmshohlar poytaxtida muntazam tarhli Tuproqqalʼa, Zarafshon vodiysida Buxoro, Fargʻona vodiysida Mingtepa, doira tarhli Bilovur, Chirchiq vodiysida Shoshtepa).
- Oʻrta asrlarda shaharlar tuzilishi murakkab boʻlgan, ularning tarkibiga ark, bir yoki bir necha shahriston, rabod (shahriston atroflari) kirgan. Ularning har biri alohida qalʼa devori bilan oʻralgan. Afrosiyob (Samarqand), Buxoro, Binkat (Toshkent) Movarounnahrning yirik shaharlaridan boʻlgan. Bunday shaharlarni va ular atrofidagi kichik shahar va qishloqlarni uzun devorlar muhofaza qilgan (Buxoro, Toshkent tevaragidagi "Kanpir devor"lar, Samarqand tevaragidagi "Devori qiyomat" va boshqalar).
- Temuriylar davrida moʻgʻullar vayronagarchiliklarini bartaraf etish, mamlakat obodonligini taʼminlashda katta Sh. ishlari olib borilgan: Amir Temurning Samarqand va uning atrofi, Shahrisabzla, Banokat (Shohruxiya), Shohruxning Mashhad, Marv va Hirotda amalga oshirgan ishlari. Ulugʻbek tomonidan Samarqand registonida 3 imorat qurilishi bilan bu maydon mujassamoti tugallikka erishgan (qarang Registon ansambli). Shayboniylar davrida katta hajmlardagi (savdosotiq bilan bogʻliq) qurilishlar shaharlar, ayniqsa, poytaxt Buxoroning tizimini mukammallashtirgan. Rivoyatlarga koʻra, Abdullaxon II ham ming rabot qurdirgan. Koʻp majmualarning shakllanishi aynan shu davrga toʻgʻri keladi (Buxorodagi Labihovuz ansambli, Poyi kalon, Qoʻsh madrasa, Chor Bakr memoriy majmuasi, Bahouddin majmuasi, Qarshidagi registon maydoni).
Do'stlaringiz bilan baham: |