3. Yangi mavzu bауоni
Kaltakesaklar. Tangachalilar turkumiga har xil kaltakesaklar va ilonlar kiradi. Ularning tanasi tangachalar bilan qoplangan. Bizning cho'llarimizda kaltakesaklardan dasht agamasi, kulrang echkemar va oyoqsiz kaltakesak — sariq ilon uchraydi. Eski imoratlar devorida tunda hayot kechiruvchi gekkonlarni uchra-tish mumkin. Gekkonlar kunduzi devor yoriqlariga yashirinib oladi; tunda ularning ohista chirqillashi eshitiladi. Gekkonlar har xil hasharotlar va o'rgimchaklar bilan oziqlanadi. Respublikamiz cho'llarida yirik kaltakesaklardan echkemarni uchratish mumkin.
Kaltakesaklar orasida oyoqsiz turlari ham bo'ladi. Misol tariqasida sariq ilon va urchuqsimon kaltakesakni ko'rsatish mumkin. Shuning uchun ularni ba'zan ilonlar bilan adashtirishadi.
Ilonlar. Ilonlarning oyog'i bo'lmaydi. Ular gavdasini egib, qovurg'alariga tayangan holda harakatlanadi. Kaltakesaklarning ochilib-yumiladigan uchinchi xira qovog'i bo'lishi eslatib o'tilgan edi. Ilonlarning haqiqiy qovoqlari bo'lmaydi. Ularning shaffof qovoqlari soat oynasi singari ko'zini qoplab turadi. Kaltakesaklar singari ilonlar ham tullaydi. Lekin ilonlar tullaganda terisi paypoqqa o'xshab yaxlit ko'chib tushadi. Ilonlarning yuqori va pastki jag' suyaklari cho'ziluvchan paylar yordamida hara-katchan birikkan. Ular og'zini juda katta ochib, tanasidan ancha yo'g'on o'ljani ham butunligicha yuta oladi. Ilonlar havoda tarqalgan tovushlarni eshitmaydi.
Z
76-rasm. Qora ilon va uning boshi:
— zahar soluvchi tishi;
— zahar bezi; 3 — tili.
aharli ilonlarning og'iz bo'shlig'ida yuqori jag'idan orqaroqda zahar bezlari va yuqori jag'ida ikkita yirik zahar tishlari joylashgan (76-rasm). Hon chaqqanida bezlar ishlab chiqaradigan zahar ana shu tishlardagi egatcha yoki naycha orqali o'ljasi yoki g'animi tanasiga o'tadi. Ilonning uchi ayri tili ham kaltakesakniki singari tuyg'u va ta'm bilish organi hisoblanadi. Ilonlarning eshi-tish organi yaxshi rivojlanmagan. Bo'g'ma va shaqildoq ilonlarning issiqlikni uzoqdan sezadigan organi bo'ladi.
Ilonlar o'rgimchaksimonlar, hasharotlar, baliqlar, baqalar, qurbaqalar, kaltakesaklar, mayda qushlar va sutemizuvchilar bilan oziqlanadi. Ular bittadan bir necha o'ntagacha tuxum qo'yadi.
Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qumloqlarida tanasining uzunligi 70 sm keladigan qum bo'g'ma iloni tarqalgan. Bu ilon zaharli emas. U kaltakesaklar, kemiruvchilar va mayda qushlar bilan oziqlanadi. O'ljasini boshqa ilonlar singari tanasi bilan o'rab olib, bo'g'ib o'ldirgandan so'ng yutib yuboradi. Bu ilon tirik tug'adi. Suv havzalarida uchraydigan suvilon mayda baliqlar va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilik xo'jaliklariga ilon birmun-cha ziyon keltirishi mumkin. Vohalardagi jarliklar, tashlandiq eski binolar, molxonalar, hatto xonadonlarda chipor ilon uchrab turadi. Chipor ilon turli qushlar va ularning jo'jalari, kemiruvchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi.
O
'zbekistonning janubiy hududlarida kapcha ilon (kobra) tarqalgan (77-rasm). Ilonning uzunligi 170 sm dan 2 m gacha boradi. Biron xavf tug'ilganida yoki odam yaqinlashganida ilon tanasining oldingi qismini ko'taradi; bo'ynini kengaytirib, ogohlantiruvchi holatga o'tadi. Kapcha ilon qurbaqa, kemiruvchilar, kaltakesaklar va boshqa ilonlarni tutib yeydi. Bu ilon o'ta zaharli, uning zaharidan tibbiyotda foydalaniladi.
Janubiy hududlardagi tog'larda va tog' etaklarida uzunligi 120 sm gacha keladigan ко'Ivor Hon uch-raydi. Ilon qushlar, kemiruvchilar, kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko'lvor ilonning zahari juda xavfli. O'rta Osiyo janubidagi cho'llarda va tog' etaklarida uzunligi 80—90 sm keladigan charx ilon tarqalgan.
Bezovta qilingan ilon bir joyda aylana boshlaydi va terisidagi tangachalarini ishqalab, aylanadigan charx tosh singari ovoz chiqaradi. Charx ilon chaqqanida badanda kuchli og'riq pay-do bo'ladi, lekin ko'pincha odam tuzalib ketadi.
Toshkent va Samarqand viloyatlari tog' etaklari, Mirzacho'l va Xorazm cho'llarida qalqoniumshuq ilonni uchratish mumkin. Ilon chaqqan odamning badani shishib ketadi va issig'i ko'ta-riladi. U 10—15 kundan so'ng tuzala boshlaydi.
Zaharli ilonlar chaqqanida zahar jarohatlangan joydan qo'l bilan siqib yoki og'iz bilan so'rib qon bilan birga chiqarib tashlanadi. So'ngra jarohatga margansovka, sirka yoki sodali suv bilan ho'llangan bint yoki paxta bosiladi. Dastlabki chora-tad-birlar ko'rilgandan so'ng zaharga qarshi zardob qabul qilish uchun tezda shifoxonaga murojaat qilish zarur.
Tangachalilarning tanasi tangachalar bilan qoplangan. Kaltakesaklarning oyoqlari rivojlangan, ko'zlarini qovoqlar himoya qilib turadi. Ular har xil hasharotlar, o'rgimchaksimonlar bilan oziqlanadi. Ayrim kaltakesaklarning oyog'i bo'lmaydi. Ilonlarning oyoqlari, haqiqiy qovoqlari bo'lmaydi. Ular eshitmaydi. Yuqori va pastki jag'lari paylar yordamida harakatchan qo'shilganligi tufayli u og'zini keng ochib, o'zidan yo'-g'onroq o'ljani ham yutadi. Ilonlar tullaganida terisi yaxlit ko'chadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |