Mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari. Hayvonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. 1 §



Download 4,94 Mb.
bet164/217
Sana05.04.2022
Hajmi4,94 Mb.
#529087
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   217
Bog'liq
7- sinf zoologiya konspekt

3. Yangi mavzu bауоni
Kaltakesaklar. Tangachalilar turkumiga har xil kaltakesaklar va ilonlar kiradi. Ularning tanasi tangachalar bilan qoplangan. Bizning cho'llarimizda kaltakesaklardan dasht agamasi, kulrang echkemar va oyoqsiz kaltakesak — sariq ilon uchraydi. Eski imoratlar devorida tunda hayot kechiruvchi gekkonlarni uchra-tish mumkin. Gekkonlar kunduzi devor yoriqlariga yashirinib oladi; tunda ularning ohista chirqillashi eshitiladi. Gekkonlar har xil hasharotlar va o'rgimchaklar bilan oziqlanadi. Respublikamiz cho'llarida yirik kaltakesaklardan echkemarni uchratish mumkin.
Kaltakesaklar orasida oyoqsiz turlari ham bo'ladi. Misol tariqasida sariq ilon va urchuqsimon kaltakesakni ko'rsatish mumkin. Shuning uchun ularni ba'zan ilonlar bilan adashtirishadi.
Ilonlar. Ilonlarning oyog'i bo'lmaydi. Ular gavdasini egib, qovurg'alariga tayangan holda harakatlanadi. Kaltakesaklarning ochilib-yumiladigan uchinchi xira qovog'i bo'lishi eslatib o'tilgan edi. Ilonlarning haqiqiy qovoqlari bo'lmaydi. Ularning shaffof qovoqlari soat oynasi singari ko'zini qoplab turadi. Kaltakesak­lar singari ilonlar ham tullaydi. Lekin ilonlar tullaganda terisi paypoqqa o'xshab yaxlit ko'chib tushadi. Ilonlarning yuqori va pastki jag' suyaklari cho'ziluvchan paylar yordamida hara-katchan birikkan. Ular og'zini juda katta ochib, tanasidan ancha yo'g'on o'ljani ham butunligicha yuta oladi. Ilonlar havoda tar­qalgan tovushlarni eshitmaydi.
Z

76-rasm. Qora ilon va uning boshi:

  1. zahar soluvchi tishi;

  2. zahar bezi; 3 — tili.



aharli ilonlarning og'iz bo'shlig'ida yuqori jag'idan orqaroqda zahar bezlari va yuqori jag'ida ikkita yirik zahar tishlari joylashgan (76-rasm). Hon chaqqanida bezlar ishlab chiqaradigan za­har ana shu tishlardagi egatcha yoki naycha orqali o'ljasi yoki g'animi tanasiga o'tadi. Ilonning uchi ayri tili ham kaltakesakniki singari tuyg'u va ta'm bilish organi hisoblanadi. Ilonlarning eshi-tish organi yaxshi rivojlanmagan. Bo'g'ma va shaqildoq ilonlar­ning issiqlikni uzoqdan sezadigan organi bo'ladi.
Ilonlar o'rgimchaksimonlar, hasharotlar, baliqlar, baqalar, qurbaqalar, kaltakesaklar, mayda qushlar va sutemizuvchilar bi­lan oziqlanadi. Ular bittadan bir necha o'ntagacha tuxum qo'yadi.
Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qumloqlarida tanasining uzunligi 70 sm keladigan qum bo'g'ma iloni tarqalgan. Bu ilon zaharli emas. U kaltakesaklar, kemiruvchilar va mayda qushlar bilan oziqlanadi. O'ljasini boshqa ilonlar singari tanasi bilan o'rab olib, bo'g'ib o'ldirgandan so'ng yutib yuboradi. Bu ilon tirik tug'adi. Suv havzalarida uchraydigan suvilon mayda baliqlar va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilik xo'jaliklariga ilon birmun-cha ziyon keltirishi mumkin. Vohalardagi jarliklar, tashlandiq eski binolar, molxonalar, hatto xonadonlarda chipor ilon uchrab turadi. Chipor ilon turli qushlar va ularning jo'jalari, kemiruv­chilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi.
O

'zbekistonning janubiy hududlarida kapcha ilon (kobra) tar­qalgan (77-rasm). Ilonning uzunligi 170 sm dan 2 m gacha boradi. Biron xavf tug'ilganida yoki odam yaqinlashganida ilon tanasining oldingi qismini ko'taradi; bo'ynini kengaytirib, ogohlantiruvchi holatga o'tadi. Kapcha ilon qurbaqa, kemiruvchilar, kaltakesaklar va boshqa ilonlarni tutib yeydi. Bu ilon o'ta zaharli, uning zaharidan tibbiyotda foydalaniladi.
Janubiy hududlardagi tog'larda va tog' etaklarida uzunligi 120 sm gacha keladigan ко'Ivor Hon uch-raydi. Ilon qushlar, kemiruvchilar, kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko'lvor ilonning zahari juda xavfli. O'rta Osiyo janubidagi cho'llarda va tog' etaklarida uzunligi 80—90 sm keladigan charx ilon tarqalgan.
Bezovta qilingan ilon bir joyda aylana boshlaydi va terisidagi tangachalarini ishqalab, aylanadigan charx tosh singari ovoz chiqaradi. Charx ilon chaqqanida badanda kuchli og'riq pay-do bo'ladi, lekin ko'pincha odam tuzalib ketadi.
Toshkent va Samarqand viloyatlari tog' etaklari, Mirzacho'l va Xorazm cho'llarida qalqoniumshuq ilonni uchratish mumkin. Ilon chaqqan odamning badani shishib ketadi va issig'i ko'ta-riladi. U 10—15 kundan so'ng tuzala boshlaydi.
Zaharli ilonlar chaqqanida zahar jarohatlangan joydan qo'l bilan siqib yoki og'iz bilan so'rib qon bilan birga chiqarib tashlanadi. So'ngra jarohatga margansovka, sirka yoki sodali suv bilan ho'llangan bint yoki paxta bosiladi. Dastlabki chora-tad-birlar ko'rilgandan so'ng zaharga qarshi zardob qabul qilish uchun tezda shifoxonaga murojaat qilish zarur.
Tangachalilarning tanasi tangachalar bilan qoplangan. Kaltakesaklarning oyoqlari rivojlangan, ko'zlarini qovoqlar himoya qilib turadi. Ular har xil hasharotlar, o'rgimchaksimonlar bilan oziqlanadi. Ayrim kaltakesak­larning oyog'i bo'lmaydi. Ilonlarning oyoqlari, haqiqiy qovoqlari bo'lmaydi. Ular eshitmaydi. Yuqori va pastki jag'lari paylar yordamida harakatchan qo'shilganligi tufayli u og'zini keng ochib, o'zidan yo'-g'onroq o'ljani ham yutadi. Ilonlar tullaganida terisi yaxlit ko'chadi.

Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish