imsohlar turkumi. Timsohlar bahaybat kaltakesaklarga o'xshaydi. Tanasining uzunligi 7 m gacha boradi (79-rasm). Terisi orqa tomondan juda qalin qalqonlar bilan qoplangan; orqa oyoqlari barmoqlari orasiga parda tortilgan va ikki yondan siqil-gan kuchli uzun dumi yordamida suzadi va sho'ng'iydi. Timsohlarning eng yirigi Nil timsohining uzunligi 7 m ga yetadi. Amerika qit'asida tarqalgan alligaiorlar va Hindiston gaviallarining uzunligi 6,5 m gacha bo'ladi.
Timsohlar — yirtqich hayvonlar. Ularning ko'zlari va burun teshiklari boshi ustidagi maxsus bo'rtiqchalarda joylashgan.
Suvda suzayotgan timsohning burun teshiklari va ko'zlari suvdan tashqariga chiqib turadi. Shu holatda timsoh suvga yaqinlasha-yotgan yirik hayvonlarni bemalol kuzatib turadi va sezdirmasdan yaqinlashib ularni tutib oladi. Urg'ochi timsoh qirg'oqqa chiqib, o'zi qazigan chuqurga o'nlab tuxum qo'yadi va ko'pincha tuxumlarini qo'riqlaydi. Tuxumdan chiqqan bolalarini suvga olib boradi. Timsohlar boshqa sudralib yuruvchilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Ularning o'pka bo'shlig'i to'siqlar bilan ko'plab kame-ralarga bo'lingan, yuragi esa to'rt kamerali. Lekin vena va arteriya qoni yurakdan chiqqandan so'ng aralashib ketadi.
Timsohlar terisi yuqori baholanadi. Terisidan chiroyli portfel, sumka va oyoq kiyimlari tikiladi. Ayrim mamlakatlarda, masa-lan, Kubada timsohlar maxsus hovuzlarda ko'paytiriladi.
Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi.Sudralib yuruvchilar qadimda suvda hamda quruqlikda yashovchilardan kelib chiqqan. Bundan 300 mln yil oldin Yer yuzida iqlimning tobora quruq-lashib borishi ta'sirida suvda yashovchilar quruq iqlimga mos-lashib borgan: ularning terisi qalinlashgan; o'pkasi kengayib, teri nafas olishda ishtirok etmaydigan bo'lib qolgan. Tuxumlari-ning po'sti ham qalinlashib, ular quruqlikka tuxum qo'ya boshlashgan. Ulardan hozirgi sudralib yuruvchilar paydo bo'lgan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning boshqa bir qismi o'zgarib, ulardan hozirgi dumlilar va dumsizlar kelib chiqqan.
Sudralib yuruvchilar — quruqlikda yashashga moslashgan hayvonlar. Ularning terisi quruq bo'lib, muguz tangachalar yoki qalqon bilan qoplangan. Oyoqlari tanasining ikki yonida joylashganligi va tanasini dast ko'tarib turmasligi tufayli ular yurganida qorni yerda sudraladi; uzun dumi ham harakatlanishga yordam beradi. Sudralib yuruvchilar faqat o'pka yordamida nafas oladi. Ular uchun ichki urug'lanish xos. Sudralib yuruvchilar tuxumi yirik va sariqlikka boy bo'ladi. Tuxumdan chiqqan bolasi voyaga yetgan davriga o'xshaydi. Barcha sudralib yuruvchilar — tullab o'sadigan sovuqqonli hayvonlar. Ular qadimgi suvda hamda quruqlikda yashovchilardan kelib chiqqan.Sudralib yuruvchilar sinfiga 6 000 ga yaqin hayvonlar turi kiradi. Ular tangachalilar, toshbaqalar va timsohlar turkumlariga ajratiladi. Mustahkamlash: Toshbaqalar kosasi qanday tuzilgan?
Choi toshbaqasi qanday hayot keehiradi?
Timsohlar suvda yashashga qanday moslashgan?
Timsohlarning murakkab tuzilish belgilari nimalardan iborat?
Sudralib yuruvchilar qanday kelib chiqqan?
Uyga vazifa: 1. Toshbaqalar kosasi:
qovurg'alar, kurak suyaklari bilan tutashib ketgan;
qovurg'alar, bo'yin va umurtqalar bilan tutashgan;
d) qovurg'alar, umurtqalar va o'mrov bilan tutashgan.
2. Timsohlar urg'ochisi:
chuqur qazib, tuxum qo'yadi;