Мавзу: Ўзбекистонда емент саноати


Oq va rangli portlandtsementlar



Download 0,76 Mb.
bet31/34
Sana09.04.2022
Hajmi0,76 Mb.
#539775
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Kimyоviy texnologiyа 2

Oq va rangli portlandtsementlar
Oq portlandtsement - tarkibida temir oksid (0,3 - 0,45 % gacha) bo’lgan oq klinkerni mayda tuyishdan hosil boiadigan gidravlik bog’lovchi modda.
Klinkerni tuyish jarayonida 15 % gacha gidravlik yoki 10 % gacha inert qo’shilmalar, shuningdek, tishlashish muddatlarini keragicha o’zgartirib turish uchun ko’pi bilan 3 % gips qo’shishga ruxsat yetiladi. Gips va qo’shilma tuyilgandan so’ng bu tsement belgilangan darajada oq boishi kerak.
Portlandtsement rangi klinker minerallari tarkibida qanday oksid borligiga qarab har xil bo’ladi. Masalan, kalg’tsiy silikatlar oq, C3S esa C2S dan oqroq boiadi va hokazo. Ayniqsa, uch kalg’tsiyli alyuminat oqligi bilan boshqa tsementlardan ajralib turadi. To’rt kalg’tsiyli alyumoferrit tarkibida temir oksidlari borligi tufayli qoraroq boiadi. Shu sababli oddiy portlandtsement kul rang-yashil bo’ladi. Demak, klinkerda uni bo’yovchi oksidlar, ayniqsa Fe2O3 bo’lmasa bunday tsement oq rangli bo’ladi.
Shunday qilib, oq portlandtsement ishlab chiqarishdan asosiy maqsad, tarkibida temir oksid boimagan yoki juda oz miqdorda boigan xomashyoni ishlatish. Bunday klinker tarkibida C4AF ham deyarli boimaydi. Biroq maium kimyoviy tarkibli xomashyo ishlatishning o’zi oq portlandtsement ishlab chiqarish uchun kifoya qilmaydi. Buyovchi oksidlar tsementga yoqilg’i kulidan yoki tuyish jarayonida tegirmon sharlaridan yoxud tegirmonning poiat qoplamasidan o’tishi mumkin. Shuning uchun klinkerni pishirish paytida kulsiz suyuq yoki gazsimon yoqilg’i ishlatiladi. Klinker pishib bo’lgan zahoti uning oqligi oshiriladi. Buning uchun klinker qaytarish muhit tahsiriga uchratiladi. Shunda klinker tarkibidagi Fe2O3 ko’rinishidagi temir oksid kamroq bo’yaydigan Fe3O4 ga aylanadi va tsement yanada oqaradi. Xomashyo aralashmasi va oq tsement klinkeri mahsus qattiq kam yoyiladigan poiat yoki chinni plitalar qoplangan zoidirli tegirmonlarda maydalanadi.
Oq portlandtsement oqlik darajasiga qarab uch navga boiinadi. Oliy nav, OS-1, OS-2 (OS-oq tsement). Turli nav tsementning oqlik darajasi kamida quyidagi talablarga mos boiishi kerak. 1-nav - 76 %, 2 nav - 72%, oddiy portlandtsement — 40% gacha.
Oqlik darajasi fotometr yordamida aniqlanadi. Standartga ko’ra, qaytarish koeffitsiyenti 96,3 % dan kam boimagan bariy sulg’fat (BaS04) oqlik andozasi hisoblanadi. Uch kalg’tsiyli silikat klinkerda ko’p miqdorda boisa, oq portlandtsementdan tayyorlangan buyumlarning sirtida pq dogiar yoki sho’ra hosil boiishi mumkin. Bu C3S ning gidrolizi vaqtida ohak ajralib chiqishidandir. Bunga yoi qo’ymaslik uchun oq portlandtsement, ohakni kam yeriydigan kalg’tsiy gidrosilikatga aylantirish maqsadida 5 - 10% juda faol gidravlik qo’shimcha qo’shiladi.
Klinker tarkibida ko’p miqdorda C3S va C3A boigani uchun oq tsement tez mustahkamlana boradi hamda ko’proq kirishish xossasiga ega boiadi. Bu tsement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi.
Oq portlandtsement klinkeriga gips, diatomit (marmar yoki bo’r) va mineral pigmentlar (suvda va organik yeritmalarda yerimaydigan mayda tuyilgan rangli kukunlar pigmentlar deb ataladi) birga qo’shib tortish yoii bilan rangli tsementlar olinadi. Jumladan, qo’shilmalar sifatida oxra (sariq yoki qizil tusli mineral buyoq), temir, surik (qizil yoki qizg’ish-jigarrang beruvchi mineral), marganes rudasi (jigarrang), ultramarin (havo rang) va shu kabilar qo’shish mumkin. Oq va rangli tsementlar sunhiy marmar tayyorlashda ham ishlatiladi.
Rangli tsementlar yana quyidagi yoi bilan ham olinadi. Bo’yovchi oksidlar (xrom, marganes, kobalt, nikel, mis oksidlar) xomashyo aralashmasiga aralashtirilib, yashil, havorang, qora, jigarrang, sariq va boshqa turdagi rangdor klinkerlar olinadi. Mineral tarkibiy tuzilmasiga turli oksidlarning birikishi tufayli olingan rangli klinker tortilib yaltiroq, tekis va turg’un rangga ega boigan tsement tayyorlanadi.
Pardozlash materiallari o’zining tabiati va texnikaviy xossasiga ko’ra konstruktiv betonga yaqin tursa ham yig’ma uy-joy qurilish-laridagi pardozlash ishlarini mexanizatsiyalashga qulay imkon yaratadi. Ular bir xil tipdagi texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni ishlatish hamda uzoq muddatga chidamli rangli konstruksiyalar olish imkonini beradi. Shu jihatdan oq va rangli portlandtsementlarni eng yuqori unumli pardozlash materiallaridan biri deb hisoblash mumkin. Сhunki bu oddiy portlandtsementning ko’rinishlaridan biri boiib, oq va turli ranglarni o’zida mujassam-lashtirgan hamda yuqori darajadagi mustahkamlikka ega bo’lgan tsementdir.



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish