Hissiyot va idrokning avtotransport vositasi boshqaruviga ta’siri
Keskin burilishlarda, surunkali balandliklarga ko’tarilish va pastliklarga tushishda, murakkab yo’l sharoitlarida, kutilmagan xavfli vaziyatlarda haydovchi bexavotir harakatlanish ketma – ketligini bajara olmay qolishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ijobiy hissiyotlar haydovchining kayfiyatiga, ishning me’yoriy ritmiga, murakkab yechimlarni tez hal qilishga yordam beradi. Yaxshi kayfiyat, ishga mas’uliyat bilan qiziqib yondashish, topshirilgan ish javobgarligi harakat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir.
Salbiy hissiyotlar yomon kayfiyat, tez charchash, o’ziga ishonmaslik, qo’rquv hissiyotlarini olib keladi va yo’l – transport hodisasining kelib chiqish ehtimolini yaratishi mumkin.
Haydovchi avtotransport vositasini boshqarishda ortiqcha hissiyotlarga berilmasligi, vazminlik va bosiqlik bilan harakat qilishi lozim. Har qanday vaziyatlarda haydovchi jamoat joyidagi tartib – intizomga rioya qilishi, o’zaro samimiy munosabatda bo’lishi kerak. Ayniqsa, yo’l – transport hodisasi yuz berganda, haydovchi hissiyotga berilmasligi, esankirab qolmasligi, sovuqqonlik bilan o’zini bosib harakat qilishi kerak.
Idrok etish. Predmetlarni va voqelikni mujassam hollarda aks ettiruvchi psixik jarayon idrok etish deyiladi. Haydovchi o’z idroki bilan qabul qilib olgan signallaridan harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi eng asosiylarini ajratib oladi. Tajribali haydovchilar bir xil sharoitda tajribasiz haydovchilarga nisbatan ko’proq signallarni qabul qiladi va anglab yetadi. Idrok etishda insonning xotirasi, fikrlash qobiliyati, tasavvuri, hatto fahm – farosati ham katta rolь o’ynaydi.
Haydovchining tajribasi va mahorati ortib borishi bilan bir paytda uning idrok etishi, yo’l vaziyatining o’zgarishi va rivojlanishini oldindan ko’ra olishi va murakkab vaziyatlarda vaqtning tig’izligiga qaramay to’g’ri yechim qabul qila olish qobiliyati ham ortib boradi.
Insonning psixologik sifatlari, ya’ni ta’sirchanlik, tavakkalchilikka moyillik, tajovuzkorlik va ularning avtotransport vositasini boshqarish jarayonida vujudga keladigan xavfli vaziyatlarga ta’siri
Haydovchining sog’lig’i yomonlashganda, kuchli ruhiy hayajonlanish va xafagarchilikdan keyin, qattiq charchaganda, ishonchsizlik va qo’rquv kabi salbiy hissiyotlarga berilganda, shu bilan birga, kam miqdorda bo’lsa ham mast qiluvchi ichimliklarni, turli narkotik moddalarni iste’mol qilgandan keyin transport vositasini boshqarishda xavfli vaziyatlar sodir bo’lishi mumkin. Bunday holat, birinchi navbatda, haydovchining ruhiy holatiga ta’-
sir qiladi. Haydovchining diqqat – e’tibori va sezgirligi keskin susayadi va oqibatda xotira – o’ylash faoliyati buziladi. Ko’p gapirish, ta’sirchanlik, tavakkalchilikka moyillik, tajovuzkorlik harakatlarining faollashishi ortadi.
25 gramm mast qiluvchi ichimlikni yoki uning o’rnini bosuvchi moddalarni qabul qilgandan keyin haydovchida harakat qoidalariga rioya qilmay uni buzishga ishtiyoq tug’iladi. Natijada haydovchi tezlikni oshiradi, taqiqlangan holatda chorrahadan o’tib ketadi, o’z yo’l bo’lagi bo’yicha ko’zlangan yo’nalishni o’zgartiradi va yo’l belgilariga rioya qilmaydi, natijada yo’l – transport hodisasi ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |