CHorrahada burilishni amalga oshirishning qoidalari
Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun, burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o’ngga, chapga burilish yoki qayrilib olishdan oldin shu yo’nalishda harakatlanish uchun mo’ljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallashi shart. Aylanma harakat tashkil etilgan chorrahaga kirishda nechta yo’l bo’lagi bo’lsa, barchasidan baravar chorrahaga kirish mumkin. Aylanma harakatli chorrahaning ichida qatorlar bo’yicha harakatlanish kuchga kirib, undan chiqishda 5.9. "Belgilangan yunalishli transport vositalari uchun mo’ljallangan bo’lak" yo’l belgisi bo’lmasa, harakatlanish eng chetki o’ng qatordan amalga oshiriladi. Aylanma harakat tashkil qilingan chorrahadan chiqishda, chorrahadan chiqishni ko’rsatuvchi 5.8.1. "Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi" va 5.8.2. "Bo’lak bo’yicha harakatlanish yo’nalishi" yo’l belgilari nechta yo’l bo’lagi ustida o’rnatilgan bo’lsa, barchasi bo’ylab chiqish mumkin.
CHorrahadan tashqarida chapga burilish va qayrilib olish
Relьssiz transport vositasining haydovchisi yo’lning chorrahadan tashqari joyida chapga burilish yoki qayrilib olishda, qarama-qarshi yo’nalishdan kelayotgan transport vositalariga va yo’lakay yo’nalishdagi tramvayga yo’l berishi shart.
CHorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap vaziyatdan qayrilib olish uchun yetarli bo’lmasa, uni qatnov qismining o’ng chetidan, ya’ni yo’lning o’ng yoqasidan amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi yo’lakay va qarama-qarshi yo’nalishdagi transport vositalariga yo’l berishi shart.
Transport vositalarining harakat yo’nalishlari kesishadigan va o’tish navbati yo’l harakati qoidalarida ko’zda tutilmagan hollarda, haydovchi o’ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yo’l berishi kerak.
Tezlanish va sekinlashish bo’laklaridan foydalanish
Sekinlashish bo’lagi bo’lgan yo’llarda burilmokchi bulaetgan haydovchi o’z vaqtida, shu bo’lakka o’tishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak. Yo’lga chiqish joyida tezlanish bo’lagi bo’lsa, haydovchi albatta uni egallab harakatlanishi, so’ngra qo’shni bo’lakda harakatlanayotgan transport vositalariga yo’l berib, oqimga qo’shilishi kerak.
Avtomagistral yoki boshqa takomillashgan yo’llar tormozlanish va tezlanish bo’laklari bilan jihozlangan. Bunday hollarda, shu yo’lga kirishda yoki undan chiqishda mavjud bo’laklar orqali harakatlanish shu yo’ldagi yuqori tezlikda harakatlanayotgan transport vositalarining xavfsizligini ta’minlaydi………
Tezlanish va sekinlashish bo’laklaridan foydalanish Sekinlashish bo’lagi bo’lgan yo’llardan chiqishda, haydovchi o’z vaqtida, shu bo’lakka o’tishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
Yo’lga chiqish joyida tezlanish bo’lagi bo’lsa, haydovchi albatta uni egallab harakatlanishi, so’ngra qo’shni bo’lakda harakatlanayotgan transport vositalariga yo’l berib, oqimga qo’shilishi kerak.
Avtomagistral yoki boshqa takomillashgan yo’llar tormozlanish va tezlanish bo’laklari bilan jihozlangan. Bunday hollarda, shu yo’lga kirishda yoki undan chiqishda mavjud bo’laklar orqali harakatlanish shu yo’ldagi yuqori tezlikda harakatlanayotgan transport vositalarining xavfsizligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |