To’xtab turish taqiqlangan joylar
To’xtab turish quyidagi joylarda taqiqlanadi:
- to’xtash taqiqlangan joylarda;
- aholi yashaydigan joylardan tashqarida 2.1. belgisi bilan belgilangan yo’llarning qatnov qismida;
- temir yo’l kesishmalariga 50 metr qolganda;
- to’xtash va to’xtab turishni taqiqlovchi yo’l belgilari va "To’xtash taqiqlangan joyni bildiradi" hamda "To’xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi" yo’l chiziqlari ta’sirlari doirasida.
Agar boshqa yo’l harakati qatnashchilarining harakatiga xalaqit beradigan bo’lsa yoki xavf tug’dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi. Bu talab haydovchiga ham, yo’lovchiga ham taalluqli.
Haydovchi transport vositasining o’z – o’zidan harakatlanishini yoki o’zi yo’qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko’rgandan keyingina, o’z joyini tashlab ketishi, yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.
To’xtash va to’xtab turish qoidalariga amal etmaslikning xavfli oqibatlari
Haydovchi yo’l yoqasida to’xtash va to’xtab turish jarayonida boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bermaslik shartlariga e’tiborni qaratishi kerak. Ruxsat etilmagan joylarda to’xtash va to’xtab turish yo’l harakatida qator tartibsizliklarni keltirib chiqaradi va yo’lning o’tkazuvchanligini keskin susaytiradi. Natijada, vujudga kelgan tirbandlik yo’l – transport hodisasini keltirib chiqarishi va oqibatda harakat xavfsizligi buzilib, piyodadar hayoti xavf ostida qolishi mumkin. SHuning uchun to’xtash va to’xtab turish qoidalari buzilgan taqdirda, haydovchi O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 128-6 – 1- moddasiga binoan o’rnatilgan eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 128-6-moddasi 2-qismiga muvofiq, xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo’llanilgandan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, o’rnatilgan eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 128-6-moddasi 3-qismiga muvofiq bunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo’llanilgandan keyin bir yil davomida uchinchi marotaba takroran sodir etilsa, o’rnatilgan eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 128-6-moddasi 4-qismi bilan yuqoridagi huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo’llanilgandan keyin bir yil davomida to’rtinchi marotaba takroran sodir etilsa, o’rnatilgan eng kam ish haqining 15 baravari miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |