Mashg’ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan ta’lim oluvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
2. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.
Mavzu: Tovush ishoralaridan foydalanib ruxsat etilgan holatlar
Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo’llanilishi mumkin:
- aholi yashaydigan joylardan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o’tish haqida ogohlantirishi uchun;
- zarur bo’lgan hollarda yo’l – transport hodisasining oldini olish uchun.
Aholi yashaydigan joylarda, yo’l yaqinida dam oluvchilarga, harakat bilan bog’liq bo’lmaganlarga va yo’l harakati ishtirokchilariga xalaqit bermaslik uchun tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlanadi. Sababsiz tovushli ishoralardan foydalanilsa, EKOIH ning 0,5 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.
Ogohlantiruvchi ishoralarni berish qoidalariga rioya etmaslikning xavfli oqibatlari
Ogohlantiruvchi ishoralarni berishda foydalaniladigan yorug’lik va tovush ishoralarini o’zboshimchalik bilan o’zgartirish yoki boshqa turdagilari bilan almashtirish taqiqlanadi. CHunki bu harakatning boshqa qatnashchilarini chalg’itadi. SHu bilan birga, quvib o’tish xavfli manyovr bo’lib, haydovchidan boshqa harakat bo’lagiga o’tish yoki yo’lning qarama-qarshi bo’lagiga chiqishni talab qiladi va natijada yo’l – transport hodisalarining sodir bo’lish ehtimoli keskin oshadi. Ushbu yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan bo’lib, qoidabuzar EKOIHning 1 baravari miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Mashg’ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan ta’lim oluvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
2. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.
Mavzu: Ogohlantiruvchi ishoralarni berish qoidalariga rioya etmaslikning xavfli oqibatlari
Ogohlantiruvchi ishoralarni berishda foydalaniladigan yorug’lik va tovush ishoralarini o’zboshimchalik bilan o’zgartirish yoki boshqa turdagilari bilan almashtirish taqiqlanadi. CHunki bu harakatning boshqa qatnashchilarini chalg’itadi. SHu bilan birga, quvib o’tish xavfli manyovr bo’lib, haydovchidan boshqa harakat bo’lagiga o’tish yoki yo’lning qarama-qarshi bo’lagiga chiqishni talab qiladi va natijada yo’l – transport hodisalarining sodir bo’lish ehtimoli keskin oshadi. Ushbu yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan bo’lib, qoidabuzar EKOIHning 1 baravari miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |