Sifatni ta’minlash konsepsiyasi GMP talabi asosida va GXPni hisobga olgan farmatsevtik mahsulotni sotuvga chiqarish tizimi bo‘lib, u keng qamrovli tashkiliy jarayonlar yig‘indisidan iborat. Mahsulotning hayot siklini to‘la ifodalashi, ya’ni uning sifati, yaratilishi, ishlab chiqarilishi, ishlab chiqarish loyihalarini tuzish, sifat nazorati va sotilishi kabi barcha bosqichlarda teng ta’minlashi zarur. Mazkur tizim sifatni erkin nazorat qilishni ta’minlaydi va tartibga solib turadi. Farmatsevtik sifat tizimining Konsepsiyasi, tashkil etilishi va hujjatlashtirilishi tushunarli va ishlatishga qulay, shuningdek konsepsiya elementlari mahsulotning har bir hayotiy bosqichlari uchun mos bo‘lishi kerak. “Sifatni ta’minlash” tushunchasi “sifatni nazorat qilish”dan farq etadi: sifatni nazorat qilishda oxirgi natijada mahsulotning sifatli qismi sifatsizdan ajratiladi. Sifatni ta’minlash mahsulot sifatini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |