Xozirgi kunda dori vositalari muomalasidagi sifat tushunchasini mustahkamlaydigan asosiy xuquqiy hujjat bu O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunidir (2009 y). Unga ko‘ra dori vositalarining sifati –dori vostiasiga belgilangan maqsadga muvofiq ist’emolchilar talablarini qondirish qobiliyatini beruvchi xususiyatlar yig‘indisi va uning me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga javob berishidir. Dori mahsulotining talab darajada sifatli bo‘lishiga erishmoq uchun faqatgina uni ishlab chiqarish jarayonini tekshirish yordamida emas, balki tadqiqotlarning har bir bosqichida, ya’ni xom ashyo, olinish usuli, foydalanilayotgan reaktivlar va asbob uskunalar-jihozlar, tahlil usullari, ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlanishi, tashilishi, tarqatilishi, klinikagacha va klinikadan so‘ngi tadqiqotlar va boshqa bosqichlarda sifat nazorati olib borilishi kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |