Mavzu: Yangi mahsulotni ishlab chiqish strategiyalari


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Download 0,55 Mb.
bet2/13
Sana15.12.2022
Hajmi0,55 Mb.
#886623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi Strategik menejment (Usmonjonov Shohijahon)

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi shundaki, hozirgi jadallik bilan rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti davrida har qanday korxona va tashkilot raqobat kurashida mag’lub bo’lmaslik uchun, bozordagi o’z o’rnini yo’qotmaslik uchun bozorga, iste’molchilarga albatta yangi mahsulotlarni taklif etib turishi shart. Zamon o’zgargan sari iste’molchilarning ishlab chiqarilayotgan va ko’rsatilayotgan xizmatlarga bo’lgan talabi o’zgarib bormoqda. Bunday sharoitda bir holatda qotib qolgan tashkilot yoki korxona albatta inqirozga uchraydi. Yangi mahsulotni bozorga olib kirish esa albatta har qanday tashkilot uchun kata xavflarni va yo’qotishlarni keltirib chiqaradi. Bunday xavflar darajasini kamaytirish uchun esa puxta o’ylangan, ilmiy asoslangan strategiya zarurdir.
Kurs ishi ob’ekti sifatida “Agrobank” ATB Jalaquduq filialini tanlandi.
Kurs ishi maqsadi. “Agrobank” ATB Jalaquduq filiali misolida yangi mahsulot ishlab chiqish strategiyalarini nazariy jihatdan o’rgangan bilimlarimizni amaliy jihatdan mustahkamlash va oshirishdir.
Kurs ishi vazifalari:

  1. Yangi mahsulotni ishlab chiqish strategiyalarining nazariy – uslubiy asoslarini o’rganish;

  2. “Agrobank” ATB Jalaquduq filialining rivojlanish tarixini o’rganish;

  3. “Agrobank” ATB Jalaquduq filialining asosiy ko’rsatkichlarining strategik tahlilini amalga oshirish va ularni o’rganish;

  4. “Agrobank” ATB Jalaquduq filialining yangi mahsulotni ishlab chiqish strategiyalarini takomillashtirish yo’llarini aniqlash.




  1. Yangi mahsulotni ishlab chiqish strategiyalarining nazariy – uslubiy asoslari.

Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash, iste’molchilarning talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo'lgan turli yo'llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir.
Firmani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funksiya va bo’linmalarni o’z ichiga oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar. Strategik tanlash - bu biznes yechimlar va raqobatga bardoshlilik harakatlarini yagona tizimga boglash demakdir.
Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funksiyalaridan biridir. Ba’zi menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni hayotga tadbiq eta olmaydilar. Boshqalari o’rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni mohirona amalga oshiradilar. Strategiya qanchalik yaxshi o’ylangan va mohirona amalga oshirilgan bo’lsa, kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi tashkil etilgan kompaniyalar ham kutilmagan noxush vaziyatlarga duch keladi. Pirovard natijada yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan holatlarga, kuchli raqobatga va ichki muammolarga qaramay muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi.
Strategik menejment kompaniyaning uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga ta’alluqlidir. Aytish mumkinki, strategiyani (harakatlar tarzini) va uning aniq vositalarini ifodalash boshqaruvning negizini tashkil qiladi va kompaniyada menejmentning yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib xizmat qiladi.
Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:

  • firma biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish;

  • firmaning tashqi muhitini tahlil qilish;

  • undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;

  • firma yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab chiqish;

  • diversiyalangan firmaning portfelini tahlil qilish;

  • uning tashkiliy strukturasini loyihalash;

  • integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;

  • «strategiya - struktura - nazorat» majmuasini boshqarish;

  • firma faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fe’l-atvor me’yorlarni belgilash;

  • kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash;

  • strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish.

Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda foydalaniladigan tashkiliy xatti-harakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir.
Biznes sohasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va uzoq muddatli vazifalarni (dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish strategik rejani tashkil qiladi.
Strategiya tuzish 6 bosqichdan iborat bo’lib, bular quyidagilar:
1-bosqich. Maqsad va vazifalarni aniqlash;
2-bosqich Tashqi muhitni tahlil qilish;
3-bosqich. Korxonaning ichki muhitini tahlil qilish;
4-bosqich. Bir nechta variantlarni tuzish va ulardan eng muqobilini tanlash;
5-bosqich. Strategiyani amalga oshirish va jarayonni boshqarish;
6-bosqich. Bajarilgan strategiyani tahlil qilish.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish