O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA MENEJMENT” KAFEDRASI
“STRATEGIK MENEJMENT” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: Yangi mahsulotni ishlab chiqish strategiyalari.
BAJARDI: III kurs K-10-20 guruh "Menejment" yo'nalishi talabasi Usmonjonov Shohijahon
TEKSHIRDI: Safina Nafisa
TEKSHIRILGAN SANA:________________________
BAHO: _________________________________
ANDIJON-2023
REJA:
Kirish.
Yangi mahsulotni ishlab chiqish strategiyalarining nazariy – uslubiy asoslari.
“Agrobank” ATB Jalaquduq filialining rivojlanish tarixi.
“Agrobank” ATB Jalaquduq filialining asosiy ko’rsatkichlarining strategik tahlili.
“Agrobank” ATB Jalaquduq filialining yangi mahsulotni ishlab chiqish strategiyalarini takomillashtirish yo’llari.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishda o’zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarini ilg’ab olish, ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil qilish, optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, ko’p variantli yechimlardan muqobil yechimni tanlash, tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida korxonani strategik boshqarish muhim dolzarb masaladir.
Raqobatning o’sib borayotganligi bilan tavsiflanadigan bugungi biznes muhiti korxona va tashkilotlardan turli – tuman strategiyalarni ishlab chiqish va ular asosida samarali faoliyatni tashkil etishni talab qilmoqda. Buning uchun korxona va tashkilot rahbarlari strategik boshqarishga oid yetarlicha bilim va tajribalarga ega bo’lishlari kerak. Darvoqe, ko’plab mahalliy xo’jalik sub’ektlarining boshqaruv xodimlari raqobatchilarni ortda qoldirish maqsadida turli xil qarorlarni qabul qilishlariga qaramasdan, ularning faoliyati zamonaviy boshqaruv nuqtai-nazaridan qaraganda, ma’lum bir strategiyalarga mujassamlashtirilmagan. Bu esa o’z navbatida mahalliy korxona va tashkilotlarning kelgusidagi faoliyat istiqbollarini baholash va belgilashda ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
Rivojlangan biznes muhitini strategik qarorlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Strategik qarorlar har qanday korxona va tashkilotning joriy va kelgusidagi asosiy faoliyati mazmunini belgilab berib, buning natijasida biznes sub’ektlari tashqi muhit omillariga qarshi o’zlarining samarali faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Darhaqiqat, har qanday biznesning samarali tashkil etilishi va rivojlanishini uning tashqi muhitidagi o’zgarishlarning o’z vaqtida hisobga olinishi va shunga yarasha strategiyalarning ishlab chiqilishi belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |