2-jadval. “Agrobank” ATB Jalaquduq filialining xususiyatlari. Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Bank tarixi 1988 yil - Bank 1988 yil 1 yanvarda O'zSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining bo'linmasi sifatida O'zSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan.
1990 yil - 18.07.1990 yildagi SSSR Vazirlar Maxkamasining №703 sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqqan xolda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi O'zbek aksionerlik tijorat bank "Uzagroprombank" tashkil etish to'g'risidagi qaror qabul qilindi.
1993 yil - mamlakatning tarixida birinchi marta "Uzagroprombank" tomonidan Turkiya "Ziroat Banki" bilan birgalikda "UT Bank - O'zbekiston - Turkiya" qo'shma banki ta'sis etildi.
1994 yil - "Uzagroprombank" birinchi bo'lib nominal qiymati 1000 so'mlik bo'lgan 100 mln so'mlik aksiyalarni chiqardi.
1995 yil - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 iyuldagi №294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki "Uzagroprombank" asosida yangi ochiq aksiyonerlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
1997 yil - "Paxta-Bank" SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi.
1998 yil - OATB "Paxta Bank" Osiyo-Tinch okeani qishloq xo'jaligini kreditlash assotsiatsiyasining (APRAKA) a'zosi bo'ldi.
1999 yil - OATB "Paxta Bank" qishloq xo'jaligini kreditlash Xalqaro Kenfederatsiyasi (KIKA) ning teng huquqli a'zosiga aylandi .
2000 yil - Evropa tiklanish va taraqqiyot banki keridt linyasini jalb etish bo'yicha bitm imzoladi.
2001 yil - "Paxta Bank"ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi.
2001 yil - Eksimbank va Xitoy Xalq respublikasining kredit liniyasi ochildi.
2003,2004,2007,2008,2009 - Britaniyaning "FT Business Financial Times" gazetas va "The Banker" jurnali fikriga binoan bank O'zbekiston respublikasida "Yil banki" sifatida tan olindi.
2007 yil - "Paxta Bank" O'zbekiston Respublikasidagi tijorat banklar ichida birinchi bo'lib Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasining to'liq xalqaro reytingini olishga muvaffaq bo'ldi.
2008 yil - Axolining omonatlarini jalb qilish bo'yicha banklar aro tanlovda "Eng yaxshi emitent bank" nominatsiyasi bo'yicha Paxtabank 1 - o'rin soxibi bo'ldi hamda "Qishloq joylarida joylashgan axoli omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi bank filiali" nominatsiyasi bo'yicha "OATB Paxtabank"ning Chust filiali 1 - o'rin soxibiga aylandi hamda diplom va bosh sovrin "Damas" avtomabili bilan taqdirlandi.
2009 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta-Bank" asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
2010 yil - Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasining 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi.
2013 yil - Turkiyaning "Ziroat" bankidan 5 million AQSh dollari miqdorida kredit linyalari jalb qilinishi bo'yicha shrtnoma imzolandi.
Hozirgi kunda bank o’z mijozlariga qulayliklar yaratish maqsadida o’zining tizimini raqamlashtirilgan elektron holatga bosqichma – bosqich o’tkazmmoqda. Shu vaqtgacha bank o’z mijozlariga kredit olishning ONLINE shaklini joriy etgan va olingan kreditlarni to’lashni osonlashtirish uchun, ya’ni uydan chiqmagan holda “Agrobank Mobile” ilovasi orqali to’lash imkoniyatini joriy etgan. Bundan tashqari “Agrobank Mobile” ilovasi orqali bank mijozlari electron tarzda plastic kartalariga buyurtma berishi, plastik kartalarini online boshqarishi, pul mablag’arini erkin konvertatsiya qilishi, boshqa davlat to’lovlariga to’lovlarni amalga oshirishlari, omonatlar ochishi va boshqa bank xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Ilova Android va IOS operatsion tizimlari uchun tayyorlangan.
Bank o`zining tijorat faoliyati davomida bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta`minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va deposit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investititsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi Farmoniga amal qiladi hamda mijozlar va kontragentlar uchun ham, aksiyadorlar, potensial investorlar va regulyator uchun eng yuksak darajada, ochiq no`lib qolgan holda, ishonchlilik, likvidlik va mustaqillik prinsiplariga qat`iy rioya etadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-son va 2017 yil 12 sentabrdagi PQ-3270-son Qarorlarining bank tizimini institutsional rivojlantirshni yanada isloh qilish, tijorat banklarining kapitallashuv, barqarorligi va likvidliligi darajasini xalqaro standardlarga muvofiq oshirish, ko`rsatilaytogan bank xizmatlari spektrini kengaytirish bo`yicha ijrosini taminlash, shuningdek, milliy va xalqaro reyting agentliklaridan yuqori ko`rsatkichlarini qo`lga kiritish maqsadida doimiy ravishda o’zining xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirib bormoqda va xalqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar bilan keng ko’lamda hamkorlik qilmoqda.
Bankka oid ma’lumotlarni internetdagi rasmiy veb sayti www.agrobank.uz orqali yoki telegramdagi rasmiy t.me_agrobank kanali orqali olishingiz va bankdagi yangiliklardan boxabar bo’lishingiz mumkin.
Bankning boshqaruv kengashi.
F.I.Sh.
Egallab turgan lavozimi
Haydarov Axadbek Yaxyobekovich
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vaziri o'rinbosari, Kengash raisi
Darvishev Nurbek Muratovich
O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi, Loyihalarni amalga oshirishni monitoring qilish boshqarmasining infrastruktura, mashinasozlik va metallurgiya sanoati loyihalarini monitoring qilish bo'limi boshlig'i - Kengash a’zosi
Rustamov Erkin Erkamovich
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, tadbirkorlikni qo'llab -quvvatlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining birinchi o'rinbosari - Kengash a’zosi
Mirzayev To'lqin Eshqobilovich
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi , boshqarma boshlig'i - Kengash a’zosi
Ortiqov Shahobiddin Hamroyevich
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va hududlarni rivojlantirish masalalari bo'yicha vazir maslahatchisi - Kengash a’zosi
Zaynutdinov Xurshid Davronovich
Bank Esxata, Kuzatuv kengashi a’zosi, Mustaqil direktor - Mustaqil a'zo
Axmedov Umid Masharipovich
Microsoft (Daniya) - Sun'iy intellekt yechimlari arxitekturasi departamenti direktori - Mustaqil a'zo
Xamraxudjayev Ne'matxon Yaxyoxanovich
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va hududiy filiallar bilan ishlash fakulteti dekani, iqtisod fanlari nomzodi - Mustaqil a'zo
Kadirova Durdona Lukmanovna
Triamant Grupp, Turnxaut, Belgiya ijrochi jamoasi a'zosi; Korporativ moliya va investorlar bilan aloqalar bo'limi boshlig'i; Biznes starategiyasi bo'yicha maslahatchi - Mustaqil a'zo