Nalbandyan Mikael Lazarevich (1829-1866) - arman materialist mutafakkiri, revolyutsion demokrat, sotsialist utopist, ma’rifattchi, shoir va publitsist. Moskva universitetining tabiiyot fako’ltetini tamomlagan, progressiv arman jurnali "Shimol yodusi"ga hamkorlik qilgan. Chet elda bo’lgan choida Gertsen gruppasi bilan aloqa bolagan; umumrus ozodlik kurashida aktiv qatnashgan. O’z faoliyatida Nalbandyan rus-arman do’stligini
Mustahkamlash g’oyasiga asoslanib, arman xalqining ozodligini rus antikrepostnik revolyutsiyasining alabasi bilan bolagan, burjua millatchilarga va liberallarga qathiy suratda qarshi chiqqan. O’z falsafiy qarashlari jihatidan Nalbandyan materialist bo’lib, materializmni dialektika bilan qqshishga urinardi. Bilish nazariyasida Nalbandyan hissiy narsa bilan ratsional narsaning, deduktsiya bilan induktsiyaning birligiga asoslanardi, umumiy tushunchalar va ideyalarning tabiatini idealistlarcha tushunishni tanqid qilardi. Nalbandyan Kant, Fixte, Gegel’ filosofiyasini, ayniqsa ularning siyosiy qarashlarini himoya qilardi; bu ideyalarni u yirik shoir va yozuvchi sifatida o’zining badiiy faoliyatida gavdalantirardi. Nalbandyanning ideyalari XIX asrdagi arman progressiv madaniyatining manbalaridan biri bo’lib qoldi. Asosiy asarlari: "Ikki satr" (1861), "Dehtsonchilik to’gri yo’ldir" (1862), "Gegel va uning zamoni" (1863) va boshqalar.
Sen-Simon de Ruvrua Anri Klod (1760-1825) - frantso’z utopist sotsialisti. Frantso’z burjua revolyutsiyasi vaqtida yakobinchilarga qqshildi; ABARBODShda mustaqillik uchun urushda qatnashdi. Sen-Simon frantso’z materialistlarining fikrlariga qqshilib, deizmga va idealizmga qarshi chiqtsi, ularga "fizitsizmni", ya’ni tabiatni o’rganishni qarama-qarshi qqydi. U determinizmni qattiq turib himoya qildi, uni insoniyat jamiyati taraqqiyotiga joriy etdi va tarixiy qonuniyat ideyasini asoslashga alohida e’tibor berdi. Tarix ham xuddi tabiiyot ilmi singari, ijobiy fan bo’lmoi lozim, deb hisoblardi u. Sen-Simonning fikricha, har bir ijtimoiy sistema tarixda ola tashlangan qadamdir. Biroq u ilmiy bilimlarning, axloq va dinning ilgarilab ketishini ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlari deb hisoblardi. Tegishincha tarix taraqqiyotining uch fazasini: teologik (dinning hukmronlik davri), bu davr qo’ldorlik va feodal jamiyatlarini o’z ichiga oladi, metafizik (feodal va diniy sistemalarning emirilish davri) va pozitiv fazani (kelajakdagi ijtimoiy tuzumni) bosib o’tadi. Tarixga idealistik qarashidanqathiy nazar, ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektivligi haqidagi g’oya, jamiyat taraqqiyotida mulkning va sinflarning roli haqidagi farazlar Sen-Simonning o’lkan xizmatidir. Sen-Simonning sotsiologik kontseptsiyasi oldin o’tgan tarixning qonuniyatli natijasi sifatida yangi ijtimoiy tuzum barpo etishning tarixiy zarurligini asoslash maqsadlariga xizmat qiladi. Sen-Simonning fikricha, kelgusi jamiyat ilmiy va planli ravishda tashqil etilgan yirik sanoatga asoslanadi, ammo unda xususiy mulk va sinflar saqlanib qoladi. Unda fan va sanoat, olimlar va sanoatchilar hukmron rolini o’ynaydilar. Sen-Simon ishchilarni ham, fabrikantlarni ham, savdogar va bankirlarni ham sanoatchilar qatoriga qqshgan. Hammaning mehnat qilish huquqi taominlanmoi lozim; har bir kishi qobiliyatiga yarasha ishlaydi. Kelgusi jamiyatda kishilarni boshqarish o’rnini narsalarni saranjomlash va ishlab chiqarishga rahbarlik qilish egallaydi. Sen-Simon qarashlarining utopik harakteri ayniqsa shunda yaqqol ko’rindiki, u yangi jamiyatni yaratuvchi proletariatning va eski jamiyatni qayta qurish vositasi bo’lgan revolyutsiyaning tarixiy rolini tushunmasdi. "Pozitiya" (ijobiy) filosofiyani propaganda qilish yo’li bilan kishilarning hayotini oqilona tashqil etishga erishish mumkinligiga soddafahmlik bilan umid bolardi. Sen-Simonning vafotidan keyin uning ta’limotini B. P. Anfanten (1796-1864) va S. A. Bazar (1791-1832) propaganda qildilar. Biroq ko’p o’tmay sen-simonchilar maktabi aynib diniy sektaga aylanib ketdi va Sen-Simon ta’limotining zaif tomonlarini himoya qila boshladi. Sen-Simonning asosiy asarlari: "Jenefada istitsomat tsshuvchining zamondoshlarga maktublari" (1802), "Inson hatsidagi fan ocherki" (1813-16), "Butun olam tortilishi hatsidagi asar" (1313-22), "Sanoat sistemasi to’grisida" (1821), "Sanoatchilarning maslaknomasi" (1823-24), "Yangi xristianlik" (1825).
Do'stlaringiz bilan baham: |