Ouenning ijodiy merosining ahamiyati
O’zining hamma omadsizliklariga qaramay Ouen Evropaning akliy rivojlanish tarixida yodda qoladi.
U birinchi marta fabrika qonuniyatiga turtki berdi, davlat aralashuvining zaruratini ko’rsatdi va ishsizlik bilan kurash vazifasini aniq qqydi. U savdo foydasini chetga chiqaradigan talabgorni ishlab chikaruvchiga aylantirish vazifasini o’zida qamrab olgan kooperativ harakatning otasi hisoblanadi.
Ouenning ishlari XIX asrning ikkinchi yarmidagi iqtisodiy fikrlarning ilhomi bo’lib xizmat qildi va kommunizm g’oyalarining ilhomchisi bo’ldi. Ouen g’oyalari Karl Marks, Fridrix Engels kabilar tomnidan ham g’oya sifatida olindi. Kommunalar tajriba va
alakalarikibutslarning qurilishiga va 1917 yildan so’ng sovet Rossiyasidagi birinchi kommunistik tajribalarga o’rnak bo’lib xizmat qildi.
Ouen kapitalistik sistemaning salbiy tomonlarini boshqa utopistlarga qaraganda yaxshiroq bilardi va sanoat revolyutsiyasi sharoitida mazkur salbiy tomonlarni keskin tanqid qilib chiqqan edi. Ouen Filantropik faoliyat (xayriya ishlari) bilan shug’ullanardi va fabrika qonunchiligining birinchi asoschisi edi. So’ngra u tanqid tiini xususiy mulkka, uni muqaddaslashtiruvchi dinga va barjuacha nikohga qarshi qaratdi. Ouen -ratsionalizmning muxlisi, u ateist edi-yu, lekin baozi jihatlardan deizm tomoniga oib turardi. Sotsial tuzumning insonga hal qiluvchi ta’sirini qayd qilib ko’rsatardi. Tarixni insonning o’z-o’zini bilishida tadrijiy progress deb idealistlarcha talqin qilardi; sotsial illatning ildizi kishilarning nodoshshgida deb bilardi. "Yangi axloqiy (ya’ni sotsialistik) dunyoni" tayyorlovchi tadbirlar orasida Ouen tarbiyaga g’oyat katta ahamiyat berardi. U pedagogika nazariyasi va praktikasiga ko’pgina muvaffaqiyatli g’oyalarni kiritdi. 1820 yilga kelganda Ouenning asosiy ideyalari tarkib topdi, bu ideyalar sistemasini u keyin sotsialistik sistema deb atay boshladi. Bu sistemaning printsiplari - mulkning va mehnatning umumiyligi, aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatni birga qqshib olib borish, shaxsni har tomonlama kamol topdirish, huquqtsa tenglikdan iborat edi. Ouenning sotsialistik ta’limotida sanoat va dehqonchilik mehnati qqshilib ketadi, lekin dehqonchilik afzalroq ko’riladi. Kelajakdagi sinfsiz jamiyat - o’z-o’zini boshqaruvchi jamoalarning erkin federatsiyasidan iborat bo’lib, bu jamoalardan har biri 300 dan 2000 gacha kishini birlashtiradi. Ouen asosiy e’tiborni taqsimotga berardi. U sotsial revolyutsiyaning zarurligini tushunmasdan, jamiyatni o’zgartish ishida burjua hukumatlariga umid bolardi. U mehnat kommunalari (asosiylari - AQShda 1825 yildan 1829 yilgacha "Yangi garmoniya", Angliyada 1839 yildan 1945 yilgacha "Garmoni-xol") va ayirboshlash bozorlari tashqil etdi; bularning hammasi halokatga uchradi. Ouen buyuk utopistlardan o’z faoliyatini ishchilar sinfi takdiri bilan bolagan birdan-bir kishidir; XIX asrning 30-yillari boshlarida u ingliz kasaba soyuzi va kooperativchilik harakatida aktif qatnashdi; uning ideyalari o’sha vaqtda sindikalizmni bir qadar oldindan bildirgan edi. Garchi Ouen ishilar sinfining tarixiy rolini tushunmagan bo’lsa-da, umrining oxirigacha uning tomonida turdi.
Bellers Jon (1654-1725) - ingliz mayda burjua utopisti, filantrop, ekonomist, qiymatning mehnat nazariyasi salaflaridan biri. Merkantilistlarga qarama-qarshi ularoq, Bellers mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishning majud usulini o’zgartish zarurligini ta’kidla ko’rsatgan edi. Kooperatsiya printsipini birinchilar qatorida ilgari surgan edi. "...Ishlab chiqarish kollejlarining to’zilishi haqida takliflar" degan asarida (1695) u ishlab chiqarish vositalariga koolektiv egalki kilishga va mehnatni "mehnat qilmagan kishi ovqat emaydi" printsipiga muvofiq oqilona tashqil etishga asoslangan ishlab chiqarish kooperatsiyasi planini keng bayon qilgan edi. Bellers sotsial straxovaniya va mehnat tarbiyasi zarurligini ta’kidlab ko’rsatgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |