Blanki Lui Ogyust (1805-81) - frantso’z utopik kommunisti. atokli revolyutsioner, 1830 va 1848 yillardagi revolyutsiyalarning qatnashchisi; ikki marta o’lim jazosiga hukm qilingan, umrining derli yarmini qamokda o’tkazgan
Blankining dunyoqarashi XVIII asrdagi ma’rifattchilik filosofiyasi ta’siri ostida, shuningdek utopik sotsializm, boshlicha babuvizm (babyofchilik) ta’siri ostida shakllandi. Umumfilosofik qarashlariga ko’ra materialist bo’lgan Blanki tarixiy taraqqiyotni idealistlarcha izohlab, uni ma’rifatt tarqatishdan kelib chiqadi, deb hisoblardi. Blanki tarixning asosiy mazmunini vahshiylarning absolyut individualizmdan boshlab bir qancha fazalar orqali kommunizmga - "kelajak jamiyatga", "tsvilizatsiya tojiga" tomon harakat qilishdan iborat, deb hisoblardi. Ayni vaqtda Blanki tarixda sotsial kuchlar kurashini ko’rardi, kapitalistik jamiyat ziddiyatlarini keskin tanqid qilardi va sotsial revolyutsiya tarafdori edi. Biroq u ilgari surgan fitna taktikasi xato edi va blankistlar uyushtirgan Qo’zg’olonlarni barbod bo’lishga olib kelgan edi. Revolyutsida revolyutsion partiya boshchilik qilgan mehnatkashlar ommasi qatnashgandagina uning muvaffaqiyat qozonishi mumkinligini Blanki tushunmas edi. Blankizm boshqa mamlakatlardagi, jumladan Rossiyadagi (Narodniklik) revolyutsion harakatiga ta’sir ko’rsatdi. Blankining asosiy asari "Sotsial tantsid" (1885).
Brey Jon Frensis (1809-1895) - ingliz sotsialist-utopisti, ekonomist, ishchilar harakatining arbobi. O’z-o’zicha qqib ma’lumot olgan ishchi. U insoniyat taraqqiyotininig harakatlantiruvchi kuchi kishilarning moddiy ehtiyojlarida deb, mehnatkashlar ko’lfat-azoblarining ildizi ayirboshlash sistemasida deb bilardi. U ta’lim berib aytar ediki, qiymatni faqat mehnat yaratadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni va mehnatni umumlashtirmoq zarur. Kelajakdagi kommunistik jamiyat Ouen idealiga yaqinroq tarzda namoyon bo’ladi. bu jamiyatga ayrim sohalarda to’ziladigan ipshab chiqarish ishchi kooperativlari orqali va ularni birlashtiruvchi rayon va milliy markazlar vositasi bilan hamda mehnat po’llari, ayirboshlash bozorlari va banklar orqali boradi. Bu ideyalar Prudonga va uning maktabiga ta’sir ko’rsatdi. Chartistlar harakatining faol qatnashchisi bo’lgan Brey jamiyatdagi sinfiy ziddiyatlarni hamda kommunizm faqat ishchilar sinfining harakati tufayli qurilishi mumkinligini yaqqol anglardi, lekin kommunizmga reformalar orqali boriladi, deb hisoblardi. "Mehnatga nsbatan adolatsizliklar va ularni bartaraf tsilish vositalari..." (1839) va "Utopiyadai sayohat" (1841) kitoblarida u Angliya va AQSh misolida kapitalizmni qattiq tanqid qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |