Utopik sotsializm (grek. II— yqq; 1oro& — o’rin, ya’ni o’rni yqq demakdir) — jamiyat haqidagi ta’limotning ilmiy bilimdan oldingi taraqqiyot bosqichi, bu bosqich mol-mulkning mushtarakligiga, hamma uchun majburiy mehnatga va mahso’lotlarni teng taqsimlashga asoslanar edi. "Utopiya" terminini ideal jamiyatni bildirish uchun birinchi bo’lib T. Mor ishlatgan (ideal jamiyat barpo etilgan uydirma orolni u shunday deb atagan). Keyinchalik bu termin uydirma, amalga oshirib bo’lmaydigan ijtimoiy tartiblarni tavsiflashda qqllanila boshlagan. Xususiy mulkka asoslangan mavjud tuzumni tanqid qilar, ideal kelajak tuzum manzarasini tasvirlab ko’rsatar, ijtimoiy mulk zarurligini nazariy jihatdan asoslashga urinar ekanlar, sotsialist-utopistlar ko’pgina genial ideyalarni va farazlarni aytganlar. Xuddi shuning uchun ham utopik sotsializm ingliz siyosiy iqtisodi va nemis klassik filosofiyasi bilan bir qatorda ilmiy sotsializmning g’oyaviy manbalaridan biridir. Xususiy mulkni qoralash va mol-mulkning mushtarakligini ko’klarga ko’tarib mao’tashni Qadimgi Gretsiya va Rimning ayrim yozuvchilarida, o’rta asr "eretik"larida, feodalizmdavridagi baozi dehqon Qo’zg’olonlarining programmalarida va dehqon ideologlarida ham uchratish mumkin, bu esa antagonistik jamiyatlardagi tengsizlikka va kishini kishi tomonidan ekspluatatsiya qilishga tabiiy reaktsiya bo’lgan edi. Kapitalizm paydo bo’lib, rivojlanib borgani sariva proletariatning ozmi-ko’pmi rivojlangan o’tmishdoshlari shakllanib borgan sari utopik sotsializm ham tobora ko’proq tarixiy realizm belgilariga ega bo’la boradi, nazariya sifatida murakkablashadi, tarmoqlanib, turli maktablar va yo’nalishlarni tashqil etadi. Utopik sotsializmning sistematik rivojlanishi kapitalizm tug’ilib kelayotgan davrda, Uy’onish va Reformatsiya davrida boshlanadi. (Chexiyada — Ya. Guska, Gurmaniyada — Myuntser, Angliyada -Mor, Italiyada - Kampanella va boshqalar). Utopik sotsializm Evropadagi burjua revolyutsiyalari davrida yanada rivojlanib, bu davrda proletariat o’tmishdoshlarining ideologiyasi bo’lib qoldi (Frantsiyada — Mel’e, Mabli, Morelli, babuvizm. Angliyada — Lilbern, Uinstenli). Kapitalizm gurkirab taraqqiyot qilayotgan davrda utopik sotsializm juda rivojlanib ketdi, chunki bu davrda burjua revolyutsiyasi ideologlarining xom xayollari ko’kka sovurilgan, kapitalistik jamiyatning ziddiyatlari esa tobora yaqqol ko’rina boshlagan edi. (Frantsiyada - Sen-Simon va Fur’e, Angliyada - Ouen). Biroq tarixni tushunishda materialistik pozitsiyalarda turish va jamiyatni sotsialistik asosda o’zgartirishning haqiqiy kuchini ochib berish utopik sotsializmning hech bir vaqiliga muyassar bo’lmadi. Buning ustiga ular mavjud ijtimoiy munosabatlarni o’zgartishning real yo’llarini tushunmas, revolyutsiyalardan voz kechar, sotsializm g’oyalarini propaganda qilish yordami bilan ishonar edilar
Do'stlaringiz bilan baham: |