Mavzu: XIX asrning ikkinchi yarmida o’zbekistonda siyosiy-huquqiy fikrlar


BMIning nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur ishdan



Download 0,57 Mb.
bet3/12
Sana07.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#755393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
007 XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA O’ZBEKISTONDA SIYOSIY HUQUQIY FIKRLAR

BMIning nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur ishdan oliy o’quv yurtlaridagi O’zbekistonda siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi, O’zbekistonning davlat va huquq tarixi kabi fanlardan XIX asrning ikkinchi yarmida O’zbekistonda shakllangan siyosiy-huquqiy qarashlarni o’rganishda keng foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, to’rt paragrf, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I Bob. XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA O’ZBEKISTON SIYOSIY-HUQUQIY TARIXIDA YANGI DAVR

    1. XIX asrning ikkinchi yarmida O’zbekiston taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatlari

XIX asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo tarixida yangi davr boshlandi. 60-70 yillar davomida O’rta Osiyo rus chorizmi tomonidan bosib olindi va Rossiya
mustamlakasiga aylantirildi. Chorizm bu yerda o’zining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirdi. Bu siyosat O’rta Osiyoni xomashyo manbaiga aylantirishga, mahalliy aholini qoloqlik va nodonlikda saqlashga, milliy madaniyatning har qanday ko’rinishlarini yo’q qilishga qaratilgan edi. Chorizm O’rta Osiyoda mana shu mustamlakachilik maqsadlarni amalga oshirishga moslashtirilgan idora etish usulini o’rnatdi.
Mustamlaka ma’muriy tizimini Turkiston general-gubernatori boshqarar edi,
viloyatlarda xarbiy gubernatorlar, uyezdlarda uyezd boshliqlari va ularga bo’ysungan uchastka pristavlari idora qilar edilar. Mustamlakachilarning mahalliy aholiga bo’lgan munosabatlarini Sirdaryo viloyati xarbiy gubernatorining uezd boshliqlari va pristavlarga yozgan quyidagi ko’rgazmasidan aniq ko’rish mumkin. «Mahalliy aholi, deyiladi unda, bizni faqat material sifatida qiziqtirishi kerak. Ulardan yaqin kelajakda, musulmon dinida bo’lsa ham, oddiy rus dehqonlarini tayyorlamoq zarur. Kimki bunga bo’ysunmasa, uning xarob bo’lishi shubhasizdir: ular yersiz gado bo’lib, o’lib ketishadi yoki Rossiya ulardan voz kechadi. Buning xammasini nazarda tutmoq zarur, biroq bu mavzuda ortiqcha gap qilinmasin»1.
Chorizm o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun mahalliy hukmron doiralardan ham foydalandi. Shu niyatda chorizm Turkistonda «mahalliy» ma’muriy organlarni tuzdi. Bu organlar mahalliy aholi vakillaridan «saylangan» mingboshi, ellikboshi, qozilar va ularning mahkamalaridan iborat edi. Ular mustamlaka hokimiyatining tayanchi bo’lib xizmat qildi. Senator K.Palen bu xaqda, rus ma’muriy organlari mahalliy boylar orqali idora qilishni qulay deb biladi, chunki hukumat buyruqlari shular orqali amalga oshadi, deb yozgan edi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O’rta Osiyo iqtisodiy jihatdan ham qoloq
o’lkalardan biri edi. Bu yerda asosan, feodal munosabatlari hukm surardi.
CHorizmning butun siyosati bu yerda feodal zulmi va tartiblarini saqlab qolishga
qaratilgan edi. Biroq, chor hukumatining bu urinishlariga qaramay, o’lkada obyektiv ravishda kapitalistik munosabatlar asta-sekin rivojlana boshladi. Rus kapitalizmi qoloq milliy o’lkalarni, xususan Turkistonni ham, tovar oboroti doirasiga tortdi.
O’rta Osiyoning kapitalistik munosabatlar ta’siri doirasiga tortilishida temir yo’llar qurilishi muhim omillardan biri bo’ldi. Kapitalistik munosabatlarning O’rta Osiyoga kirib kelishi, qishloq xo’jaligi maxsulotini qayta ishlaydigan bir necha sanoat korxonalari vujudga kelishiga, shahar aholisining ko’payishiga sabab bo’ldi1.
Kapitalistik munosabatlar asta-sekin qishloq xo’jaligiga ham kira boshladi. Bu jarayon dehqonlar ommasini yanada qashshoqlashtirdi, ularning yersizlanishini tezlashtirdi. Bu hol Farg’ona vodiysida tez bordi, chunki bu yer paxta sotishga ixtisoslashgan yirik rayonlardan edi.
Eng yaxshi yerlar va ishlab chiqarish qurollari boylarning qo’lida to’plangan edi. Mustamlaka Turkistonda yirik sanoatning yo’qligi sababli yerdan ajralgan
dehqonlar qishloqda qolib, boylarning yerlarini asoratli shartlar bilan ijaraga olardilar, aholining asosiy qismini tashkil qilgan dehqonlarning katta bir qismi chorakorlik bilan yashashga majbur edi. Dehqonlarning ahvolini turli soliqlar yanada og’irlashtirardi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayotda yuz bera boshlagan o’zgarishlar madaniy hayotda ham o’z ifodasini topa boshladi.
Chorizm O’rta Osiyoni bosib olganidan keyin, madaniy hayotda o’zgarish
yasashni xayoliga ham keltirmadi, chunki u mahalliy xalqlarni nodonlikda saqlashdan manfaatdor edi. Chorizm o’zining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishda musulmon ruhoniylarning faoliyatini o’z maqsadlariga muvofiq yo’lga solishga harakat qildi. Chorizm musulmon ruhoniylarining katta kuch ekanligini, mahalliy aholining ma’naviy hayotida katta rol o’ynashini nazarda tutib, ularning kuchini bo’shashtirishga, mustaqilligini cheklashga qaratilgan bir qancha tadbirlarni ham amalga oshirdi. Chorizm O’rta Osiyo boyliklarini aniqlash va ekspluatatsiya qilish va undan imkoniyat boricha ko’proq foyda olish maqsadida o’lkani tabiati, iqtisodiy imkoniyatlarini, mahalliy aholining turmush tarzi, urf-odatlarini o’rganishga kirishdi. Bu ishga rus ziyolilari jalb qilingan edi.
O’rta Osiyoda ilmiy jamiyat va muassasalar paydo bo’la boshladi. Bularning
ayrimlarining faoliyatida mahalliy millat vakillari ham qatnashdilar. Toshkent,
Samarqand, Farg’ona, Qo’qon, Xiva va boshqa shaharlarda pochta, telegraf va
bosmaxonalarning vujudga kelishi, o’zbek tilida gazeta va jurnallar chop qilinishi
mahalliy aholining jahon madaniyatidan bahramand bo’lishiga muayyan hissa bo’ldi.
Turkistonda yuz bera boshlagan o’zgarishlar mahalliy xalqlarning ilg’or
namoyondalari orasida ilm-fanga, yangi maorif tizimiga qiziqishni kuchaytirdi. Bu
jarayon feodal jamiyati negizida eski tartib va qarashlarga qarshi dadil kurashish
qobiliyatiga ega bo’lgan yangi ijtimoiy kuchlar o’ziga yo’l ochib bora boshlaganidan dalolat berardi. Buni biz xalq ommasining orzu-istaklarini ifoda etuvchi ma’rifatparvarlik harakatining shakllanishida yaqqol ko’ramiz1.
Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyo xonliklarining zabt etilishi
ushbu hududni tanazzulga yuz tutishiga, jahonning rivojlangan davlatlaridan ko’p sohalarda orqada qolib ketishiga, milliy qadriyatlarni toptalishiga olib keldi. Maorif sohasida ham imperiya manfaatlaridan kelib chiqib, mahalliy aholini savodsizlikda, qoloqlikda tutib turishga qaratilgan siyosat olib borildi.
Turkistonda mustamlakachillikka qarshi milliy ozodlik harakatlari
bilan bir qatorda mahalliy aholining aksariyat qismi o’zlikni saqlab
qolish, milliy madaniyatni asrash va rivojlantirishni bir kun bo’lsa ham
unutmadi. O’rta Osiyoga nisbatan Rossiya imperiyasining harbiy jihatdan
ustunligi mahalliy aholining ochiqdan-ochiq kurash olib borishiga imkon
bermadi. SHuning uchun ham Vatan millat, xalq qayg’usini tushungan
kishilar, ayniqsa, ziyolilar xalqni ozodlikka eltuvchi yo’l buning
ma’rifatini uyg’otish deb bildi. Ular xalqni ma’rifatli qilmasdan turib, mustaqillikni qo’lga kiritib bo’lmaydi, deb hisoblaganlar. Ziyolilar xalq orasida ilg’or g’oyalarni tarqatishda maorif tizimini asosiy vosita
deb bildilar. O’lka milliy ziyolilarining jamiyatni yangilashga va isloh qilishga qaratilgan harakati marifparvarlik va jadidchilik nomi bilan maydonga chiqdi1.
Har bir jamiyatdagi o’zgarishlar o’z davrining tarixiy sharoitidan
kelib chiqib namoyon bo’ladi. Bu o’zgarishlarga tarixiy shaxslar, ayniqsa
ziyolilarning o’rni kata bo’lib, ularning har biri o’ziga xos ilg’or g’oyalarni ilgari suradi. Ziyolilar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish yo’llarini topishga harakat qiladi. Xuddi shunday jarayon XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan Qrim, Kavkazorti, Turkiston protektoratga aylandi. Buxoro amirligi va Xiva xonligiga ham ro’y berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida mustamlaka zulmi ostidagi ziyolilar o’z xalqlarini ma’rifatli qilish va ularning taraqqiyot darajasini ko’tarishga qaratilgan harakatlarni boshladilar2.
O’rta Osiyoning milliy ma’rifatparvarlik va taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlariga ko’ra, Turkiston, Buxoro va Xiva jadidlariga bo’linadi. Turkiston jadidchiligining asosiy tarkibini ziyolilar tashkil qilib, ular Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashning oldingi saflarida turdi. Ular podsho hukumatining xomashyo manbaiga aylantirgan Turkistonning kelajagini mustaqil, rivojlangan davlat sifatida ko’rishini orzu qilganlar.
XX asrning boshlarida shakllangan taraqqiyparvarlik kuchlari davlatning boshqaruv tizimi zamon talablariga javob bermasligini, ularning turmush darajasi
past ekanligini va uni o’zgartirish lozimligni chuqur anglagandilar3.
Turli mamlakatlarda ma’rifatchilik harakatlari o’ziga xos, milliy
xususiyatlarga ega bo’lgan, ammo ularning mushtarak jihatlari ham mavjud
edi. Bu jihatlar Turkiston jadidlari faoliyatida ham namoyon bo’ldi.
Jumladan, ular mavjud tuzum, uning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy
sohalardagi barcha salbiy ko’rinishlarga va kamchiliklariga qarshi kurashish;
maorif, erkinlik, hayotning insoniy-madaniy jihatlarini shakllantirishi, ularni qo’llab-quvvatlash va himoya qilish, ma’naviy va axloqiy me’yorlarni takomillashtirish; xalq ommasi manfaatlarini himoya qilish, xalq farovonligini oshirishga sidqidildan intilish yo’lidan bordilar.
Ma’rifatparvarlar Turkistonda azaldan mavjud bo’lgan, ya’ni
Alisher Navoiy, Mirzo Bedil va Boborahim Mashrabdan qolgan merosdan
foydalangan holda Turkistonda demokratik va taraqqiyparvar g’oyalarni
davom ettirdilar. Turkiston ilg’or ziyolilari erishgan yutuqlari orasida
eng salmoqligi hukmron mafkuradan mustaqil bo’lgan xalq ta’limi
tizimining yaratilish hamda milliy matbuotga asos solinishi edi. Bu esa
o’z navbatida progressiv g’oyalarni tarqatish uchun muhim vosita bo’lib xizmat
qildi. Turkistonda jadidchilik harakatining boshlanishi masalasida yaqin
vaqtlargacha tarixchi va adabiyotshunos olimlar davrasida yakdillik bo’lgan.
Ular jadidchilikning XX asr boshlarida Rossiya, Turkiya va Eronda ro’y
bergan inqiloiy harakatlar ta’sirida maydonga kelgani haqida yagona
fikrda bo’lganlar. Ammo keyingi yillarda xuddi shu masalada o’zgacha
fikrlar ham o’rtaga tashlanmoqda. O’zbek xalqi tarixining xorijiy
tadqiqotchilaridan biri Boymirza Hayitning fikriga ko’ra, jadidchilik
XIX asrning oxirlarida boshlangan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab siyosiy huquqiy
ta’limotlarning asosiy g’oyasi ma’rifatchilik bo’lib, ushbu g’oya
namoyondalari Sattorxon Abdulg’afforov, Muqimiy, Furqat, Ahmad
Donish, Berdaq kabilarning qarashlarini misol qilish mumkin. Ularning fikriga ko’ra, ushbu jamiyatdagi adolatsizlikning asosiy sababi jamiyat a’zolarining qoloqligidadir. Shu uchun ham ular o’z qarashlarida xalqning ozod bo’lishini, mustamlakachilik zulmini yo’qotishni asosiy vazifa deb hisoblashgan1.
Chor Rossiyasi ma’murlarining Turkiston o’lkasida yerli xalq
vakillarini qorong’ulik zulmat va zabunlikda saqlashga qaratilgan
mustamlakachilik va zo’rlik siyosatiga qaramasdan XIX asrning
oxiri XX asr boshlarida o’lkada milliy maorif, fan va madaniyat
taraqqiyoti to’xtab qolgan emas. Ammo ushbu masalada ham Chor Rossiyasi ma’murlarining Turkiston o’lkasida yerli xalq vakillarini qorong’ilik zulmat va zabunlikda saqlashga qaratilgan mustamlakachilik va zo’rlik siyosatiga qaramasdan XIX asrning oxiri XX asr boshlarida o’lkada milliy maorif, fan va madaniyat taraqqiyoti to’xtab qolgan emas. Ammo ushbu masalada ham Sovet hokimiyati yillarida kommunistik mafkura ta’siri ostida manqurtlik va qullarcha tobelik dunyoqarashida shakllangan mahalliy olimlar o’z asarlarida chorizm davrida yuritilgan maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosatni ko’pirtirib maqtadilar.
Chor Rossiyasi bosqiniga qadar o’lkadagi bu sohadagi ahvolni kamsitib yerga urdilar. Ular 1897-yil o’lkada savodli o’zbeklar – 1,6 foizni, qozoqlar – 1 foizni, turkmanlar – 0,7, qirg’izlar – 0,6 foizni tashkil etgan, aholining savodxonligi shundan keyingi yillarda ham oshmagan, O’zbekistonda har 100 kishining 98 tasi
savodsiz edi, deb keldilar. “O’rta Osiyo xalqlari inqilobgacha deyarli yoppasiga savodsiz edi. 1897-yili o’zbeklarning atigi 1,9 foizi o’qish va imzo chekishni bilardi.
1897-yilgi Butunrossiya aholi ro’yxatiga ko’ra savodlilar o’lkada 1,8 foizni tashkil etgan, ya’ni inqilobgacha Turkiston deyarli yoppa savodsiz o’lka edi”. “O’zbekxalqi deyarli yalpi savodsiz edi. Savodlilar 1,5–2 protsentdan oshmasdi” kabi fikrlarni yozdilar, targ’ib qiladilar. Hatto ayrim olimlar vatanga, o’z xalqiga xiyonat qilgan va bosqinchi Rossiya hukmdorlari tomoniga o’tgan Saidazimboy singari savdogarlarni Toshkentda o’z uyida rus-tuzem maktabi ochdi deb osmonga ko’tarib maqtaydilar. Aslida esa rus-tuzem maktablari asosan tilmochlar – tarjimonlar tayyorlashga mo’ljallab tashkil etilgan edi1.
Ammo sovet davrida bu kabi da’volarni inkor etuvchi xolisona tadqiqotlar ham e’lon qilinadi. Tarixchi olim Pyotr Geronovich Kim o’zining “Uydirma va haqiqat” maqolasida o’zimizdan chiqqan “olimlar”ga qonuniy savol bilan murojaat qiladi: Xo’sh, savodsiz xalq butun dunyo xalqlarining faxr-u iftixoriga aylangan Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkent va Xivadagi Go’ri Amir, Shohi Zinda, Bibixonim kabi koshonalarni va boshqa ko’plab osori-atiqalarni qanday qilib bunyod etgan ekan? Savodsiz xalq qay yo’l bilan jahonga Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beruniy kabi olamga mashhur allomalarni yetkazib berdi ekan? Savodsiz xalq Navoiy, Ulug’bek Forobiy, Jomiy va boshqa ko’plab shoir-u fozillari bilan olamga dong taratganining siri nimada? Furqat, Muqimiy, A.Avloniy, M.Behbudiy kabi
minglab ma’rifatparvarlari bo’lgan xalqning savodsizligiga ishonish mumkinmi?
P.G.Kim bunday yozadi: “Endi manbalarda keltirilgan faktlarga asoslanib, 1897-yili Rossiya, Belorussiya va Turkistonda aholining, maktablarning, ulardagi o’quvchilarning sonlarini kuzatsak bu o’lkalardagi savodxonlikning darajasi oydinlashadi.Rossiyada aholining umumiy soni – 126.388.800, maktablarsoni – 33,401, o’quvchi soni – 2.318.100, aholining umumiy soniganisbatan o’quvchilar – 1,8 foizni tashkil etgan holda, aholining savodxonligi – 21 foiz; Belorussiyada aholining umumiy soni –6.492.857, maktablar soni – 2.263, o’quvchilar soni – 125.418,aholining umumiy soniga nisbatan o’quvchilar – 1,9 foizni tashkil etgan holda aholining savodxonligi – 24.7 foiz; Turkistonda aholining umumiy soni – 3.792.774, maktablar soni – 6.027, o’quvchilar soni – 64015, aholining umumiy soniga nisbatan o’quvchilar – 1,7 foizni tashkil etgan holda aholining savodxonligi- 19,55 foiz bo’lgan2.
Axir mustamlaka Turkistonidagi juda ko’p eski maktablarda oliy ta’lim beradigan o’quv yurtlarida ajdodlarimiz farzandlari ta’lim olganliklari, madrasalarda mudarrislar, mahallalarda savodxon ayollar otinoyilik qilib, shariat (fiqh) qonunchiligidan ta’lim-tarbiya berganlari, o’sha o’quv muassasalarida ko’plab yurtdoshlarimiz o’qib, zamonasining savodli kishilari bo’lib yetishganini unutmaslik kerak. XX asr boshlarida butun o’lka bo’yicha jadid maktablarining necha tarmog’i yuzaga kelganini ham e’tibordan chiqarmaslik lozim Sovet hokimiyati yillarida kommunistik mafkura ta’siri ostida manqurtlik va qullarcha tobelik dunyoqarashida shakllangan mahalliy olimlar o’z asarlarida chorizm davrida yuritilgan maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosatni ko’pirtirib maqtadilar.
XX asr boshlarida butun o’lka bo’yicha jadid maktablarining necha tarmog’i yuzaga kelganini ham e’tibordan chiqarmaslik lozim. XIX asrning ikkinchi yarmida o’lkaning ijtimoiy madaniy hayotida albatta ba’zi bir ijobiy o’zgarish va yangiliklar ham bo’ldi. Bu o’zgarishlar va yangiliklar mustamlakachilar tomonidan yerli xalqlarning talab va ehtiyojlarini qondirish
maqsadida ro’yobga chiqarilgani yo’q. Balki, birinchi navbatda
va asosan bosqinchilarning talablari va manfaatlari nuqtayi nazaridan amalga oshirildi. Ana shunday yangilik va o’zgarishlardan biri o’lkada aholiga xizmat qiluvchi madaniy-ma’rifiy muassasalarining paydo bo’lishidir.
1870-yilda Toshkentda kutubxona tashkil qilinadi. Kutubxona uchun Peterburg va Moskvadan 1867-yilda yuborilgan dastlabki kitoblar zo’r qiyinchiliklar bilan 1868-yilda Toshkentga yetib kelgan edi. Bu kitoblar asosan O’rta Osiyoni va unga qo’shni bo’lgan mamlakatlarni o’rganishga va boshqa masalalarga aloqador adabiyotlar edi. Kutubxona fondi mutlaqo rus tilida bo’lib, uning o’quvchilari ham asosan rus ofitserlari, amaldorlari, va ularning oilalaridan iborat edi. Dastlabki kitobxonlar to’g’risidagi ma’lumot 1870-yil may oyidan 1871-yil sentabrgacha bo’lgan davrga aloqadordir. Hammasi bo’lib 75 kitobxon bo’lgan, shundan 45 nafari ofitser, 19 nafari amaldor, 4 nafari savdogar, 2 kishi ruhoniy, bir kishi mahalliy maktab talabasi edi1.
Shunday bo’lsada, kutubxona har holda ma’rifiy ish bilan shug’ullandi va o’lkada XIX asr rus adabiyotining demokratik g’oyalarini tarqatish vazifasini o’tadi. Biroq 70–80-yillarda Rossiyada madaniyat va xalq maorifi 60-yillarda qo’lga kiritgan demokratik huquqlarni yo’q qilishga intilgan reaksiyaning
hujumi boshlanib ketdi. Bu hujumdan kutubxona ham chetda qolmadi. 1882-yil dekabrda Turkiston general-gubernatori M.G.Chernyayevning buyrug’i bilan alohida ishlar bo’yicha amaldor, “Peterburg xarobalari” asarining muallifi, reaksion yozuvchi V.V.Krestovskiy kutubxonani taftish qiladi. U o’zining Chernyayevga yozgan raportida: “Rus mualliflaridan Saltikov, Dobrolyubov, Pisarev, Nekrasov va Shiller (A.Mixaylov) asarlariga talab eng ko’p ekanligi ma’lum bo’ldi”, deb yozadi. Ushbu raportga asosan general Chernyayev 1883-yil 1-yanvardan e’tiboran kutubxona faoliyatini to’xtatish to’g’risida buyruq berdi. Jamoatchilikning talabi bilan 1889-yilda kutubxona yana o’z ish faoliyatini boshlaydi.
O’rta Osiyoni o’rganish bilan shug’ullangan taniqli rus olimlari — arxeolog V.L.Vyatkin, akademik V.V.Bartold va boshqalar kutubxonaga faol yordam berib turishgan, natijada kutubxona qimmatli asarlar va materiallar bilan to’lib borgan1.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida mustamlaka
Turkistonda har qanday og’ir muhit sharoitida bo’lsada ijtimoiy fan sohasida va badiiy ijodda qalam tebratgan, o’z xalqining dard-u hasrati bilan kuyib yongan va uning kelajak istiqboliga so’zsiz ishongan dono mutafakkir va yozuvchi shoirlar bo’ladi. Bu davrda tarix, badiiy ijod bobida asarlar yozgan adiblarning aksariyati mahalliy boylar, amaldor to’ralarning o’tkazgan zulmkorlik siyosatlaridan to’yib ado bo’lgan va Turkistonni o’z mustamlakasiga aylantirgan chor ma’murlaridan umid va najot kutgan xalq ommasining intilishlari, ezgu niyatlarini tarannum etdi. Ammo ular intilgan narsa quruq, amalga oshmaydigan orzusarob edi. Shunday bo’ldi ham, xalq orasidan yetishib chiqqan ijodkor farzandlar tez orada buni tushinib yeta boshlaydilar, hayot maktabi tobora ularning ko’zini ochib boradi.



    1. Download 0,57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish