Mavzu: XIX asrning ikkinchi yarmida o’zbekistonda siyosiy-huquqiy fikrlar



Download 0,57 Mb.
bet7/12
Sana07.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#755393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
007 XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA O’ZBEKISTONDA SIYOSIY HUQUQIY FIKRLAR

Anbar Otin XIX asrning II yarmi XX asrning boshlarida Qo’qonda yashab, ijod etgan ma’rifatparvar shaxsdir. U zamondoshlarining izidan borib, o’z qarashlarida xalq tashvishlarini ifodalagan. “Ichkari” tutquni bo’lgan, ustiga qattiq jismoniy azoblarga duchor bo’lib, ko’p yillar bir joyda yotgan bu matonatli ayol hayot bilan aloqa izlagan, davr hayoti bilan hamnafas bulishga intilgan. O’zining qarashlari orqali jamiyat hayoti voqealariga o’zining ilg’or qarashlarini ifodalagan.
Anbar Otin vorislarining bergan ma’lumotlaricha u, 1870 yilda Qo’qonda Buzrukxuja (hozirgi “Yangi hayot”) mahallasida tug’ilgan. Otasi Farmonqul mashhur shoira Uvaysiyning jiyanidir1.
Anbar Otin ma’rifatparvar ustozlarining izidan borib, siyosiy qarashlari jamiyat hayotidagi roliga katta mas’uliyat bilan qaradi. U adolatni hukmron sinflarning maddohiga aylantirgan feodal toifa vakillarini qattiq tanqid qiladi. Ayniqsa u bu siyosiy-huquqiy qarashlarning yirik vakillari Muhiy, Haziniy Kamiiylar qarashlari haqida tanqidiy fikrlar aytadi2.
Anbar Otin butun siyosiy qarashlarida haqiqat uchun kurashdi, xalq baxt-saodatini o’yladi. Anbar otin ma’rifatparvarlar izidan borib, ularning erksevar an’anasini davom ettirdi va rivojlantirdi. O’zbek ayollarining to’rt devor ichkarisida kechirayotgan qayg’u va g’amga to’la hayotini qoraladi. Ularning ozodlikka, erkka intilishini jo’shqin satrlarda tarannum etdi.
Uning siyosiy qarashlaridagi ideal qahramoni sog’lom zakovatli, otashin qalb egasi, zamondan zulm ko’rgan, ammo mag’rur o’zbek ayolidir. Bu o’zbek ayolining ilm-ma’rifat olish u yoqda tursin yorug’ dunyoni ko’rishga ham haqqi yo’q edi. Bu ayollar taqdiridan ta’sirlangan shoira o’zbek ayollarini g’aflat uyqusidan uyg’onishga, o’z haq-huquqi uchun kurashga da’vat qiladi:
Mandek yotma, uyg’ongil, ey zamoni Fargona,
Erlardek bel bog’la endi bo’lib mardona.
Garchi, Anbar Otin sinfiy kurash va uning mohiyatini tushunib yetmasa-da, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni o’z ko’zi bilan ko’rib, uni o’z siyosiy qarashlarida ifodaladi. Anbar Otin o’zining taqdiri bilan xalqining, Vatanining taqdirini birday tasvirlaydi. Hukmronlar tomonidan qashshoqlikka mahkum etilgan, jaholatda qolgan xalqining taqdiri uni behad qayg’urtiradi.
Shoira butun ko’rgan-kechirganlari asosida mavjud tuzum haqida shunday xulosaga keladi:
Ey, Anbar otincha, faryod etma ko’p,
Bu zamonda zolimlardur ish boshi.
Mavjud tartiblarni tanqid qilgan, qoralagan Anbar Otin kelajakdan umidvor bo’ladi. Ertaning porloq bo’lishiga ishonib, kelajakka umid bilan qaraydi.
Bu davrda ijtimoiy fikrda vujudga kelgan yangi mazmun ilg’or goyalar shu davrning ilg’or fikrli demokrat ma’rifatparvarlari Muqimiy, Furqat va Avaz qarashlarida o’z aksini topgan. U demo­krat ma’rifatparvarlar izidan borgan Anbar Otin qarashlarida ham yangi ijti­moiy ong yaqqol aks etgan.
Anbar Otinning dunyoqarashi xalqlar do’stligi g’oyasi bilan sug’orilgan. Anbar Otin barcha xalqlarga hurmat bilan qaraydi. U o’z davridagi irqiy kamsitishga, milliy adovat tarqatuvchilarga qarshi chiqadi. Ulug’ klassiklarimizning gumanizm bilan ijodlari ta’sirida tarbiyalangan Anbar Otin insonlar tuslarining qanday bo’lishiga qaramay, inson bo’lganliklari uchun hurmatga sazovordirlar, degan g’oyani olg’a suradi.
Anbar Otin ijtimoiy hayotdagi muhim masalalarga bag’ishlangan mushohadalarini xalq tilida sodda, chiroyli mubolag’a va simvo­lik so’zlar orqali obrazli qilib ifodaladi.
O’zbek ma’rifatparvari Gulxaniyning asl ismi Muhammad SHarif bo’lib, Gulxaniy uning taxallusidir. U XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida yashab ijod etdi.
Gulxaniyning tug’ilgan va vafot etgan yillari ha­qida ma’lumot yo’q. U Qorateginlik bo’lib, Qo’qon shahriga kelgan va go’laxlik qilgan. Keyin Umarxon saroyida navkar bo’lgan. Gulxaniy o’tkir siyosatchi, satirik shoir va yozuvchi edi1.
Gulxaniy yashagan vaqtlarda O’rta Osiyo uch xonlikka bo’lingan edi. Bu xonliklarda feodalizm allaqachonlar tushkunlik pallasiga kirgan edi. XIX asr boshla­rida dehqonlarning yersizlanishi keskin tus oldi, shahar va qishloq mehnatkashlari ustida bo’lgan xon, bek va feodallar zulmi tobora oshdi, yangi-yangi soliqlar paydo bo’ldi. Bular mehnatkash xalqning noroziligi va kurashini keskinlashtirdi. Katta shaharlarda, Farg’ona va Zarafshon vodiylarida qo’zg’olonlar ham ko’tarilib turdi.
Bu davrda o’zbek feodallari va urug’ boshliqlarining o’zaro urushlari ham feodalizm tushkunligi, yemirilishi va chirishini tezlashtirdi. O’zaro qonli urushlar mamlakat ittifoqini buzdi, ekin maydonlarini barbod qildi. Markaziy Buxoro hokimiyati feodallarning separatik (ajralish) harakatiga to’sqinlik qila olmadi, mamlakat handa xonliklarga va bekliklarga bo’linib ketdi. Har bir xonlik qulay fursatni poylab, o’zga xonlikka qarshi hujum boshlab turar edi. Hokim Muhammad Sharif Gulxaniy XIX asrning birinchi choragida o’zbek mehnatkashlarining og’ir hayotda kun kechirayotganligini ko’rgan ilg’or kishilardan biridir.
Gulxaniy o’zining zo’r talanti bilan xalqqa yaqin shaxs sifatida ko’zga ko’rindi. Uning siyosiy qarashlari saroy ahlining serhasham, serpardoz, “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” fikrlaridan farq qilgan. Lekin buni saroy ahli yoqtir- maydilar. Gulxaniy va Maxmurning qarashlarini kamsitadilar. Bu esa saroy ahlining xalqchil ma’rifatparvarlarga qarshi xuruji edi
Gulxaniy o’z yurtining qanday og’ir ahvolda solganligini, mehnatkashlarning shafqatsizlik bilan eks­pluatatsiya qilnnayotganligini ravshan ko’rdi. Gulxaniy musulmon dinining korchalonlarini qattiq tanqid qiladi. Ruhoniylarga nisbatan o’tkir iboralar ishlatib, ularni kallavaram, ochko’z, pulparastligini tasvirlaydi1. Gulxaniy bor vujudi bilan xalqqa tarafdorlik ko’rsatadi. Gap xalq to’g’risida borganida maqsadini dangal ifodalaydi.
Avaz o’zbek xalqining va ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotda jiddiy o’zgarishlar ro’y berayotgan bir davrda yashab ijod etdi.
Avaz 1884 yilda Xiva shahrida hunarmand sartarosh oilasida dunyoga keldi. Shoirning otasi Polvonniyoz O’tar Gadoyniyoz kosibchilik bilan shug’ullanar, u ayni paytda o’z davrining ma’rifatparvar kishilaridan biri edi. SHu bilan birga u dilkash suhbat egasi, siyosatchi, askiyaboz ham edi. Polvonniyoz usta O’tar nomi bilan shuhrat topadi. Usta O’tar ma’rifatparvarlikka bo’lgan katta qiziqishi bilan davr peshqadam ijodkorlari davralariga yaqin edi. Uning uyida Ogahiy, Komil, kabi ma’rifatparvarlar to’planib, badiiy-siyosiy temalarda qizg’in suhbatlar o’tkazar edilar. Tez-tez bo’lib turadigan bunday suhbatlarda zavq bilan qatnashgan yosh Avazda ma’rifatparvarlikka bo’lgan havas kundan-kunga jo’sh uradi1.
Yosh Avaz maktabda Navoiy, Fuzuliy, Xofiz va Bedil _kabi sharq allomalarining meroslari bilan yaqindan tanishadi. U ayniqsa, ustoz Navoiyning boy me’rosini qunt bilan o’rganadi. Munis, Ogahiy, Komil kabi yaqin zamondosh yozuvchilarning asarlarini chuqur mutolaa qiladi va ularning eng yaxshi traditsiyalari ruhida kamol topadi. Bu hol Avazning kelajakda o’z zamonining ilgor ijodkori bo’lib maydonga chiqishiga zamin yaratdi. Avaz juda yoshligidanoq she’rlar mashq qila boshlaydi va o’zining asarlari bilan adabiy hayotda talantli shoir sifatida taniladi. U yozgan g’azallar, ommabop qo’shiqlar xalq ichida kuyga solinib aytiladi, qo’lyozma sifatida qo’ldan-qo’lga o’tib tarqaladi.
Tabibiy Avazning she’riyatdagi salohiyati haqida “Majmuat ush- shuaro”da bunday yozgan edi:

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish