2.2. MA’RIFATPARVAR MUQiMIY, ZAVQIY, ANBAR OTIN VA AVAZ O’TAR QARASHLARIDA SIYOSIY-HUQUQIY MASALALARNING YORTILGANLIGI
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi o’zbek O’zbekistonda siyosiy-huquqiy qarashlarni ilgari surgan eng yirik vakil ma’rifatparlardan biri Muqimiydir. U yaratgan siyosiy-huquqiy qarashlarida xalqimizning chor mustamlakasi davridagi og’ir hayoti manzaralarini o’zida mujassam etgan. Muqimiyning asl ismi Muxammad Aminxo`ja bo`lib, u 1850 yilda Qo’qon shahrining Bekvachcha mahallasi (hozirgi Muqimiy ko’chasi)da dunyoga kelgan. Otasi Mirzaxo’ja Mirfozil o’g’li nonvoylik kasbi bilan shugullangan. Onasi Bibioysha Sayidolim Nodirshayx qizidir. Mirzaxo’ja bilan Bibioysha oilasida beshta farzand bulib, Muxammad Aminxo’ja uchinchisi edi. Muxammad Aminxo’ja xat-savodini mahallasidagi Abduhalil domlaning maktabida chiqargan. So’ngra, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Qo’qondagi Hokimoyim madrasasida va Buxoro madrasalarida tahsil olib, arab, fors tillarini chuqur o’zlashtirdi.
Muxammad Aminxo’ja 15 - 16 yoshlaridan boshlab “Muqimiy” taxallusida she’rlar yoza boshladi. Muqimiy yigirma besh, yigirma olti yoshlaridayos Qo’qon va uning atroflarida taniqli ma’rifatparvar sifatida el og’ziga tushdi. Afsuski, ayni shu davrda yurtimiz chor mustamlakasi asoratiga tushib qoldi1.
Siyosiy-ijtimoiy hayotdagi bu tanazzul, shubhasiz, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hayotga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Kishilarning o’z dinu shariatidan tobora uzoqlashishi oqibatida jamiyatda munofiqlik, yulg’ichlik va poraxo’rlik kabi illatlar avj olgan edi. Kambag’al odamning gapi hech kimga o’tmaydigan zamonda Muqimiy yashashga, ijod qilishga majbur bo’ldi. Muqimiy bir necha muddat Qo’qondagi yer o’lchash boshqarmasida ishlagan vaqtida bu ahvolni o’z ko’zi bilan ko’rdi.
Bu uning “Tanobchilar” she’rida ham aks etgan. Atrofda yuz berayotgan nohaqliklar, fojealar ma’rifatparvar siyosiy-huquqiy qarashlarining yanada o’tkirroq, keskinroq bo’lishiga olib keldi. Muqimiy xalq dardu quvonchlarini o’z siyosiy qarashlarida ifoda eta olgani uchun ham el o’rtasida mashhur bo’lib ketdi.
Muqimiy siyosiy-huquqiy qarashlari O’zbekiston tarixining murakkab bir davrlaridan birida, XIX asrning II yarmi, XX asr boshlarida o’tdi(1850 — 1903). U, yangi tarixiy davr etishtirgan ilg’or ma’rifatparvarlar Furqat, Zavqiy, Komil Xorazmiy, Avaz O’tar, Gulxaniy, Almaiy va shu singari siyosiy-huquqiy tafakkur namoyondalari safida bo’ldi.
Muqimiy O’zbekiston siyosiy-huquqiy qarashlar negizida ilg’or ma’rifatparvar sifatida yaratgan boy va salmoqdor ijodi bilangina emas, balki kuchli siyosiy harakatchilikning rahbari, boshchisi sifatida ham qadrli va qiymatlidir. Muqimiyning XIX asr II yarmidagi Qo’qon siyosiy muhitida tutgan vaziyati, O’zbekiston siyosiy-huquqiy fikrlar tizimi shakllanishida o’ynagan roli katta bo’ldi2.
Do'stlaringiz bilan baham: |