Mavzu: XIX asrning ikkinchi yarmida o’zbekistonda siyosiy-huquqiy fikrlar

MA’RIFATPARVARLIK HARAKATIDAGI SIYOSIY-HUQUQIY FIKRLAR

Download 0,57 Mb.
bet4/12
Sana07.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#755393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
007 XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA O’ZBEKISTONDA SIYOSIY HUQUQIY FIKRLAR

MA’RIFATPARVARLIK HARAKATIDAGI SIYOSIY-HUQUQIY FIKRLAR

XIX asrlar O’rta Osiyo hayotida murakkab va keskin burilish davri bo’ldi. Uning murakkabligi avvalo, Amir Temur imperiyasining parchalanishi hamda vorislar o’rtasidagi nizolar bilan bog’liqdir. Doimiy ixtiloflar maydoniga aylanib qolgan Movarounnahr Shayboniyxon lashkarlari tomonidan bosib olinadi. Yurtda egasizlik, boshboshdoqlik hukm suradi. Mana shunday sharoitda haqiqiy ilm o’rnini diniy aqidaviy qarashlar egallaydi. Natijada aniq va tabiiy fanlar quvg’inga uchraydi, ayniqsa matematika va astronomiya orqada qoladi. Buning oqibatida ilm-fan rivojining darajasi keskin pasayib ketadi. Ayni paytda bu davr oldingi mutafakkirlarning ilg’or g’oyalarining o’zaro faol ta’siri zaiflashuvi bilan xarakterlanadi. Din bevosita davlat siyosatining asosiga, hokimiyat uning rahnomalari qo’lida manfaatlarini niqoblovchi mafkuraga aylanadi. Natijada jamiyatda diniy tazyiq kuchayadi. Har qanday ijodiy hur fikr ta’qibga olinadi1. Shunga qaramay O’rta Osiyoda ijtimoiy fikr, falsafa, adabiyot, tarix, musiqa fanlari, me’morchilik, tasviriy san’at rivojlandi, qator madrasa va machitlar qurildi. Jumladan, Ibn Muhammad Yusuf Al-Qorabog’iy, Muhammad SHarif, Mashrab va So’fi Olloyor, Nodira, Uvaysiy, Dilshod, Komil Xorazmiy, Avaz O’tar, Bedil, Fuzuliy, Ahmad Donish, Muqimiy, Ogahiy, Furqat, Mulla Olim Mahdum Hoji ijodiyotida ilg’or ijtimoiy g’oyalar yaratiladi.
E’tirofli jihati shundaki, shu davr ijodkorlari qaysi sohada ijod qilmasin, shaxs va ziyoliylikka xos qudratda ularning asosiy diqqati xalq va uning turmush dardi bilan bevosita bog’liq bo’lganligiga amin bo’lamiz. Mullo Olim Mahdum Hoji “Tarixi Turkiston” asarida shunday deydi. «Turkiston xonlari vaqtidagi musulmoniyalar nihoyat darajada ahvoli olamidin xabarsiz bo’ldilar. Zolim hakamlarga rost va to’g’ri so’zni aytadurg’onlar qolmay, zolimlar uchun besh-o’n tillo badaliga ertadan kechgacha xushomad so’zlar aytib, alar qanday so’z aytsa, ma’qul deydurg’onlar bo’lg’on edilar. Ilmu maorifda bo’lsa Turkistonda o’tgan Ibn Sino, Forobiy, Ulug’bek, Aliqushchi o’rniga o’lturg’on olim, faylasufi zamon deganlarimiz izzatu nafs va riyokorlikga tabdil bo’lub, jahl balosig’a mubtalo bo’lg’on edilar. Hakam va ulug’larimiz fuqarolardin o’z joyig’a va masrafig’a sarf qilmay, o’z xohishlarig’a xarj va sarf qilar edi. Hukumat ishida mutlaqo muntazam qoida va qonun yo’q edi. Fuqarolar olarning o’z molidek hisob qilinur edi»2.
Mavjud manbalar milliy davlatchilik tariximizni tanazzulga tortgan siyosiy kurashlar va o’zaro ixtiloflarning sabablarini o’rganish, undan saboqlar chiqarish imkoniyatlarini beradi. Ma’lumki, Movarounnahr davlatchilik tarixi va uning taraqqiyotini islom falsafasidan ayri holda ko’ra olmaymiz. Ajdodlarimiz dunyoviy va diniy ilmlarni bevosita uyg’un tarzda olib borishgan. U xoh diniy, xoh dunyoviy yo’nalishda bo’lmasin, uning asosida inson - jamiyat - davlat muammosi yotadi. Faqat biryoqlama diniy mafkuraga asoslangan munosabat, so’ngra mustamlakachilik siyosati adolatli jamiyat qurishga qaratilgan ilg’or, milliy madaniy merosini ta’qib ostiga oladi. Natijada fan va ta’limot o’z zaminidan ayrilgan aqidalar va mavhum g’oyalar ta’siriga tushib qoldi. Ammo tarixning ana shunday murakkab davrida ham Vatanimiz hududida hurriyat bilan yo’g’rilgan ijtimoiy - siyosiy qarashlar to’xtagan emas. Aksincha, bunday istak har bir vatandoshimiz qalbida umummilliy istiqlol g’oyasining vujudga kelishiga turtki bo’ldi. Ana shunday g’oyalarni ishlab chiqishda XX asrning boshlarida shakllangan jadidchilik harakatini alohida o’rganish lozim.
Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyo xonliklarining zabt etilishi
ushbu hududni tanazzulga yuz tutishiga, jahonning rivojlangan
davlatlaridan ko’p sohalarda orqada qolib ketishiga, milliy qadriyatlarni
toptalishiga olib keldi. Maorif sohasida ham imperiya manfaatlaridan
kelib chiqib, mahalliy aholini savodsizlikda, qoloqlikda tutib turishga
qaratilgan siyosat olib borildi. Turkistonda mustamlakachillikka qarshi milliy ozodlik harakatlari bilan bir qatorda mahalliy aholining aksariyat qismi o’zlikni saqlab qolish, milliy madaniyatni asrash va rivojlantirishni bir kun bo’lsa ham unutmadi. O’rta Osiyoga nisbatan Rossiya imperiyasining harbiy jihatdan ustunligi mahalliy aholining ochiqdan-ochiq kurash olib borishiga imkon bermadi. Shuning uchun ham Vatan millat, xalq qayg’usini tushungan kishilar, ayniqsa, ziyolilar xalqni ozodlikka eltuvchi yo’l bu uning ma’rifatini uyg’otish deb bildi. Ular xalqni marifatli qilmasdan turib, mustaqillikni qo’lga kiritib bo’lmadi, deb hisoblaganlar. Ziyolilar xalq orasida ilg’or g’oyalarni tarqatishda maorif tizimini asosiy vosita deb bildilar. O’lka milliy ziyolilarining jamiyatni yangilashga va isloh qilishga qaratilgan harakati marifatparvarlik va jadidchilik nomi bilan maydonga chiqdi1.
Har bir jamiyatdagi o’zgarishlar o’z davrining tarixiy sharoitidan
kelib chiqib namoyon bo’ladi. Bu o’zgarishlarga tarixiy shaxslar, ayniqsa
ziyolilarning o’rni katta bo’lib, ularning har biri o’ziga xos ilg’or g’oyalarni ilgari suradi. Ziyolilar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal
qilish yo’llarini topishga harakat qiladi. Xuddi shunday jarayon XIX
asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan Qrim,
Kakazorti, Turkiston, protektoratga aylandi. Buxoro amirligi va Xiva
xonligiga ham ro’y berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida mustamlaka zulmi
ostidagi ziyolilar o’z xalqlarini ma’rifatli qilish va ularning taraqqiyot
darajasini ko’tarishga qaratilgan harakatlarni boshladilar1.
Turkistonning yangi ziyolilari dastlabki yaratgan pyesalarida XX asr kadriyatlarini himoya kilish, ijtimoiy ongni davr darajasiga ko`tarish g`oyalarini yoritdi. Turkistonda mustamlakachi ma’murlar, shuningdek amirlar, xonlar va din peshvolarining jadid matbuotiga qarshi olib borgan kurashi jadidlarni madaniy islohotdan siyosiy qarshilik ko’rsatishga olib keldi. Jadidlarning dastlabki siyosiy harakatlarida ma’rifiy va xayriya jamiyatlarini tuzish, firqalar tashkil etish, mavjud tuzum kamchiliklarini fosh etish yaqqol ko’zga tashlanadi2
Shuning uchun ham jadidlarga chor ma’murlari ham xon va amirlar ham qattiq qarshilik ko’rsatishdi, joylarda ularning faoliyatini taqiqlashdi.
Turkiston o’lkasida millat istiqbolini o’ylovchi ma’rifatparvar va
taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari hunarmandlar,
dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ma`rifatparvarlik
g’oyalarining Turkistonda keng yoyilishida “Tarjimon” gazetasi katta o’rin
tutdi3.
Ismoil Gaspralining 1893 yilda Toshkent, Buxoro va Samarqandga
tashrifi marifatchilik g’oyalarining keyingi rivojiga turtki bo’ldi. 1893
yilda Buxoro amirligida birinchi yangi usul maktabi faoliyat ko’rsata
boshladi. Keyinchalik bunday maktablar boshqa hududlarda keng tarqaldi.
O’rta Osiyo jadidlari marifatparvarlik yo’lida Qrim ziyolilari
tajribalarini o’rganish bilan birga, boshqa mamlakatdagi
taraqqiyparvarlarning ilg’or g’oyalaridan ham foydalanganlar. O’rta Osiyo
taraqqiyparvarlik harakati ishtirokchilarining yoshi boshqa mamlakatlar
progressiv harakat vakillaridan ajralib turgan. 1910-yilda ularning eng
yoshi Abdulhamid Sulaymon o’g’li CHo’lpon – 13 yoshda, eng kattasi Mahmudxo’ja Bebudiy– 36 yoshda bo’lgan1.
Taraqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi ikki bosqichda bo’ldi. Birinchi bosichda ma’rifatparvalikdan boshlangan jadidchilik harakati 1917-yilga kelib o’zining ikkinchi bosiqichi siyosiy ko’rinishdagi harakatga aylandi2.
O’rta Osiyoning milliy ma`rifatparvarlik va taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlariga ko’ra, Turkiston, Buxoro va Xiva jadidlariga bo’linadi. Turkiston jadidchiligining asosiy tarkibini ziyolilar tashkil qilib, ular Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashning oldingi saflarida turdi. Ular podsho hukumatining xomashyo manbaiga aylantirgan Turkistonning kelajagini mustaqil, rivojlangan davlat sifatida ko’rishini orzu qilganlar.
XX asrning boshlarida shakllangan taraqqiyparvarlik kuchlari davlatning boshqaruv tizimi zamon talablariga javob bermasligini, ularning turmush darajasi
past ekanligini va uni o’zgartirish lozimligni chuqur anglagandilar3.
Turkiston mintaqasi xalqlari hayotida hech qaysi harakat jadidchilik
singari ulkan ta’sir kuchiga ega bo’lmagan. Jadidchilik harakati XIX asr
oxiri - XX asr boshlarida Turkiston mintaqasi, Kavkaz, Qrim, Tatariston
hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy harakat hisoblanadi. Jadidchilik harakati dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy (1851-1914) rahbarligida Qrim tatarlari
o’rtasida vujudga kelgan4.
Bu harakat namoyandalari ko’pincha o’zlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. O’sha davrning ilg’or taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib etgan edilar
Ma'rifatparvarlar Turkistonda azaldan mavjud bo'lgan, ya'ni Alisher Navoiy, Mirzo Bedil va Boborahim Mashrabdan qolgan merosdan foydalangan holda Turkistonda demokratik va taraqqiyparvar g'oyalarni davom ettirdilar. Turkiston ilg'or ziyolilari erishgan yutuqlari orasida eng salmoqligi hukmron mafkuradan mustaqil bo'lgan xalq ta'limi tizimining yaratilish hamda milliy matbuotga asos solinishi edi. Shu bilan birga Komil Xorazmiy, Muqimiy, Furqat, Abay, Mulla Nafas, Zinhoriy singari ma'rifatparvarlar shoirlarning ham milliy ozodlik yo’lida ko’rsatgan fidoiyliklari ham tahsinga loyiqdir.
Turkiston ma'rifatparvarlari o'lkani, jamiyatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish borasida ham o'ziga qarashlarga ega edi. O'rta Osiyo taraqqiyparvarlari o'z faoliyatlari davomida o'lka xalqlarining ijtimoiy hayoti, turmush tarzi, kasb-kori, shart-sharoitlaridan xabardor bo'lganlar. Xalqning ahvoli yildan yilga og'irlashib borayotganligini, turli kasb egalari o'z sohalarining yetuk mutaxassisi emasligi sababli millat kelajagi yo'lida foyda keltirmayotganliklarini angladilar.
Ularning fikricha, mamlakatning iqtisodiy mustaqiligini, ta'minlamay turib, siyosiy va huquqiy erkinlikka erishish mumkin emas edi. Buning uchun birinchi navbatda, yerni, yerosti va yerusti boyliklarini, suvni Turkiston xalqlarining umumiy boyligi deb e'lon qilish, barcha sohalarni rivojlantirishga qodir mahalliy kadrlarni tayyorlash, zavod va fabrikalar qurib, mahsulotlarni o'lkaning o'zida ishlab chiqarishni zarur deb bildilar.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston zaminidagi eng ilg'or fikrli ziyolilar ongida paydo bo'lgan milliy uyg'onish ma'rifatchilikda yaqqol namoyon bo'ldi. Yangicha ma'rifatchilikning namoyondalari keng miqyosli amaliy faoliyatlari bilan o'z g'oyalarining jamiyat hayotida mustahkamlanib barqaror bo'lishi, oxir pirovardida milliy ozodlik, siyosiy mustaqillik kurashlariga o'sib o'tishi uchun zamin yarata boshladilar. Bu davr Turkistonda ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivojida yangi bosqich edi. Ana shu bosqichda yerli xalqning madaniy-ma'rifiy hayotida shu qadar ko'p o'zgarishlar yuz berdiki, uni hech mubolag'asiz Renesans, ya'ni Uyg'onish hodisasigagina qiyoslash mumkin

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish