O`zbekistondaxalqaro hisob-kitoblarning muammoli holatlari va uni halqilish imkoniyatlari.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz suvereniteti va milliy mustaqilligini
qoʻlga kiritganidan keyingi dastlabki yillardan boshlaboq, jahon xoʻjalik
tizimi bilan uzoq vaqt davomida uzilib qolgan aloqalarni tiklashga,
xalqaro hamjamiyatga kiruvchi davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va boshqa
aloqalarni yoʻlga qoʻyishga kirishdi. Sobiq ittifoq davrida tashqi
siyosatni, shu jumladan tashqi iqtisodiy savdo siyosatini markaz tomonidan
amalga oshirilishi, davlat monopoliyasi ekanligi chet ellarga, xususan
Oʻzbekiston SSR ga oʻzga mamlakatlar bilan bevosita aloqa qilish imonini
bermas edi va bu hol amalda mamlakatimizni tashqi dunyodan ajratib qoʻydi,
jahon iqtisodiy-xoʻjalik tizimidan ajralib qolishiga olib keldi. Aslida
bu siyosatning maqsadi, mamlakatimizni bir tomonlama xom ashyo yetkazib
beruvchi regionga aylantirishga qaratilganligi maʼlum boʻldi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yoʻlga qoʻyilishi va keng
rivojlantirilishi Oʻzbekistonning tashqi dunyoga chiqishining asosiy
usullaridan biri boʻlib qoldi.
Mustaqillik yillarida tashqi iqtisodiy aloqalar tarkibiy jihatdan
oʻzgartirilib, xom ashyoni chetga chiqarishdan tayyor mahsulotlar, tugallangan
texnologiya natijalarini eksport qilishga oʻtila boshlandi. Jumladan, agar
1991 yilda eksportda paxtaning hissasi 77,6 foizni tashqil etgan boʻlsa,
2012 yilga kelib bu koʻrsatkich 8 foizni tashqil qildi. 2012 yilda eksport
hajmi sezilarli ravishda, yaʼni 11,6 foizga oʻsdi, eksport qilinayotgan
mahsulotlar tarkibida xomashyo boʻlmagan tayyor tovarlarning ulushi 70
foizdan ziyodni tashqil etdi.
Import hajmi 9 foizga oʻsib, uning tarkibida mashina va ishlab
chiqarish uskunalari importi 45,4 foizni tashqil qildi. Tashqi savdo
aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million dollardan oshdi
6. 2012 yilda tashqi savdo sohasida amalga oshirilgan kompleks chora-
tadbirlar respublika eksport salohiyatini rivojlantirish, sanoat
tarmoqlari va hududlarning eksportini taʼminlash, eksportning
geografiyasi va nomenklaturasini takomillashtirish, shuningdek
tariflarni tartibga solish chora-tadbirlari orqali importning tarkibini
optimallashtirish, maqsadli koʻrsatkichlarni bashorat qilish va ularning
bajarilishini monitoring qilish asosida muvozanatlashgan savdo
balansini taʼminlashga yoʻnaltirildi.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana
bir yoʻnalish – mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni
qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash
boʻyicha qabul qilingan amaliy choralar muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha
koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ularning barqaror ishlashini
taʼminlashga, 2012 yilda eksport hajmini 11,6 foiz oshirishga erishildi.
Bu oʻtgan yili tashqi savdo aylanmasini 2,3 milliard dollardan koʻproq
ijobiy saldo bilan yakunlash imkonini berdi.
Bunday natija, oʻz navbatida, mamlakatimiz toʻlov balansining
ishonchliligi va iqtisodiyotimiz barqarorligini yanada mustahkamlashga
imkon berdi.
2012 yilda Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini yanada
rivojlantirish borasida olib borilgan kompleks chora-tadbirlar va tashqi
iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan
ishlarning natijasida hajmi 28 mlrd. AQSH dollaridan ortiq tashqi savdo
aylanmasi taʼminlandi. Tashqi savdo aylanmasining saldosi 1.1 mlrd.
AQSH dollari atrofida boʻldi.
Oʻtgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-
quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning
eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy
siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror oʻstirish imkonini
bermoqda (4-rasm).
4-rasm. Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi dinamikasi7
Maʼlumotlardan koʻrinadiki, respublikamiz tashqi savdo aylanmasi
muttasil oʻsib bormoqda. Xususan, bu koʻrsatkich 2012 yilda 28 mlrd. AQSH
dollarini tashqil etib, 2008 yilga nisbatan 1,33 marta, 2011 yilga
nisbatan 10,5 foizga oʻsdi. Bu eksport hajmi 11,6 foizga oʻsgani holda
import hajmining 9 foizga oshishi natijasida roʻy berdi.
2000-2012 yillar davomida eksport va importni diversifikatsiya
qilish, uning tarkibini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar
natijasida mamlakatimiz eksportining tovar tarkibida ijobiy
siljishlar roʻy berdi. eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibida xomashyo
boʻlmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etdi.
2000-2012 yillarda respublikamiz importi tarkibida ijobiy
siljishlar roʻy berdi. 2012 yilda import tarkibida mashina va ishlab
chiqarish uskunalari importi 45,4 foizni tashkil qildi. Mamlakatni
modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish
tadbirlarining keng miyosda amalga oshirilishini taʼminlash jami import
hajmida mashina va uskunalar importi ulushining jadal oʻsishiga olib
keldi.
Tashqi savdo aylanmasi, xususan eksportning geografik tarkibida
MDH mamlakatlarining ulushi 2012 yil yakunlariga koʻra 40 foizni tashqil
etdi 2012 yilda mamlakatimiz korxonalari eksportining asosiy qismi
Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozogʻiston hissasiga toʻgʻri keldi.
5-rasm. Oʻzbekiston eksportining tarkibi8
Uzoq xorij davlatlariga qilingan eksportning jami eksportdagi
ulushi 2011 yilda 56,5 foizni, 2012 yilda esa 59,4 foizni tashqil etdi. Bu
mamlakatlar boʻyicha mamlakatimiz eksportining difersifikatsiyalashuv
darajasi nisbatan chuqurroq boʻlib, 2012 yil maʼlumotlariga koʻra Xitoy,
Shveysariya, Afgʻoniston, Turkiya, Eron, Germaniya, AQSHning mamlakatimiz eksportidagi ulushi yuqoridir. Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat davlat tashqi
siyosatining tarkibiy qismi sifatida davlatlarning suveren tengligi, kuch
ishlatmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal
etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalari va normalariga
asoslangan holda amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida belgilab qoʻyilgan. “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi
iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi,
“Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi, “Chet ellik investorlar
xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi
qonunlar tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy negiz
hisoblanadi.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi qonunning 3- moddasiga
muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat deganda, Oʻzbekiston Respublikasi
yuridik va jismoniy shaxslarining, shuningdek, halqaro tashqilotlar bilan
oʻzaro foydali iqtisodiy aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirishga
qaratilgan faoliyati tushuniladi", yaʼni Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra
tashqi iqtisodiy faoliyat, bu Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxslari
bilan xorijiy davlatlarga mansub yuridik va jismoniy shaxslar orasidagi
savdo-iqtisodiy va boshqa xoʻjalik aloqalaridan iborat. Davlat bu
faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solib borishi tashqi iqtisodiy
faoliyat olib borilishi uchun zarur qulay tashqiliy, iqtisodiy va boshqacha
shart-sharoitlarni yaratib berishi mumkin. Davlatning oʻzi ham subyekt
sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatda bevosita yoki oʻzining maxsus vakolat
berilgan tashqilotlari orqali ishtirok etishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yoʻlga qoʻyilishida va uning
ishtirokchilari tomonidan bu faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur
sharoitlar yaratilishida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo
iqtisodiy faoliyatiga oid milliy qonunchiligi tizimlari bilan bir
qatorda halqaro shartnomalar, shu jumladan, koʻp tomonlama va ikki
tomonlama bitimlar hamda turli ahdlashuvlar muhim ahamiyatga ega boʻladi.
1992 yil 15 maydagi “Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo
davlatlarning tashqi iqtisodiy faoliyat yoʻnalishida hamkorlik qilish
haqidagi kelishuv”ni shunday koʻp tomonlama shartnoma misolida koʻrsatish
mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan Oʻzbekiston
Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat
subyektlari hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyatni
amalga oshirishlari chogʻida quyidagi majburiyatlarga amal qilishlari
lozim:
Tashqi iqtisodiy faoliyat ham davlat tashqi siyosatining bir
yoʻnalishi sifatida, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va boshqa vositalar bilan
tartibga solinib boriladi. Bunda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:
tashqi iqtisodiy subyektlarining erkinligi va iqtisodiy
mustaqilligi;
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;
savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga
yoʻl qoʻyilmasligi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan oʻzaro manfaatdorlik;
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatga davlat taʼsiri quyidagi yoʻnalishlarda
amalga oshiriladi:
1. Iqtisodiy taraqqiyotga, barqarorlikka erishish maqsadida eksport-
import operatsiyalarini tartibga solish , bojxona va valyuta nazoratini
amalga oshirish yoʻli bilan.
2. Fuqarolar sogʻligini himoyalash va ekologik xavfsizlikni
taʼminlash yoʻnalishida, bunda muayyan tovarlarni Oʻzbekistonga olib
kirilishi paytida ularning sifat va kelib chiqish sertifikatlariga,
veterinariya, sanitariya guvohnomalariga ega boʻlishligi talab etiladi,
hamda bunday hujjatlarning mavjud boʻlmasligi ushbu tovarlarni
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan oʻtkazmasligiga sabab
boʻladi.
3. Oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun xorijiy bozorlarga keng
yoʻl ochilishini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha, bunda Oʻzbekistonning
xalqaro koʻp tomonlama va ikki tomonlama shartnoma va bitimlari, ayniqsa,
savdo-iqtisodiy masalalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda
rivojlantirishga oid shartnomalar tuzilishi, ratifikatsiya qilinishi,
Oʻzbekistonning halqaro tashqilotlarga aʼzo boʻlishi, ular faoliyatida
ishtirok etishi ushbu maqsadlarga xizmat qiladi.
4. Davlat ehtiyojlarini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha, bunda imtiyozli
shartlarda kreditlar berish, bojxona boji va boshqa toʻlovlardan ozod
qilish, valyutaning bir qismini majburiy sotish majburiyatidan ozod
qilish, kvotalar belgilab berish kabi qulay iqtisodiy shart-sharoitlar
yaratiladi va shu yoʻl bilan davlat ehtiyoji uchun mahsulot keltirilishi
qoʻllab- quvvatlanadi.
5. Oʻzbekistonlik tadbirkorlarning tashqi bozorda
raqobatbardoshligini taʼminlash va oshirib borish. Ana shu maqsadda
Oʻzbekiston Respublikasining “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi qonunida
kompensatsiya hamda dempingga qarshi bojlar qoʻllash, boshqa shakllarda
qulay shart-sharoitlar yaratib berish nazarda tutilgan.
6. Ayrim tarmoqlar taraqqiyotini ragʻbatlantirish yoʻnalishi boʻyicha,
bunda koʻproq Oʻzbekiston agrar-industrial mamlakat boʻlganligi tufayli
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, fermer va dehqon
xoʻjaliklari, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari har tomonlama
qoʻllab-quvvatlanmoqda hamda ularga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirilishi sohasida qulay sharoitlar yaratib berilmokda.
Oʻzbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat
toʻgʻrisida“gi qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekistonda tashqi
iqtisodiy faoliyatning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;
tashqi savdo faoliyati;
chet el investitsiyalarini jalb qilish ;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati.
Tashqi iqtisodiy faoliyat turli tuman shartnomalar (kontrakt,
kelishuv, bitimlar) tuzish orqali amalga oshiriladi.
Xoʻjalik shartnomalarining, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat
sohasidagi shartnomalarni tuzish va ijro etishga oid boʻlgan asosiy
prinsiplar hamda qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi
toʻgʻrisida”gi qonuni bilan belgilangan .
Import shartnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 30 sentyabrdagi 416 - sonli “Eksport-import
operatsiyalarining monitoringi yuritilishini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga muvofiq holda tuzilib,
import qiluvchilarning chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit
hisobvaraqlari mavjud boʻlgan vakolatli banklarda hisobga olinadi.
Import shartnomalarini (import shartnomasiga qoʻshimchalarni)
vakolatli banklarda hisobga qoʻyish uchun import qiluvchi tomonidan
quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
Ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilgan ariza;
shartnoma (qoʻshimcha kelishuv)ning asl nusxasi;
shartnoma (qoʻshimcha kelishuv)ning kseronusxasi;
qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan import
bitimi pasporti uch nusxada;
Import shartnomalari (qoʻshimcha kelishuvlar) ning vakolatli
banklarda hisobga olinishi, hujjatlar topshirilgan kun ham inobatga
olingan holda, ikki ish kunida amalga oshiriladi.
Vakolatli banklarda shartnomalar (qoʻshimcha kelishuvlarni) koʻrib
chiqish natijalari boʻyicha, topshirilgan hujjatlar belgilangan talablarga
muvofiq boʻlgan holda shartnoma (qoʻshimcha kelishuv) asl nusxasining har
bir varagʻi, uning kseronusxasi va import bitimi pasportining uch
nusxasida tashqi savdo shartnomalarini hisobga olish va ularni nazorat
qilish boʻlinmasi boshligʻining imzosi qoʻyilib, bankning toʻrtburchak muhri
bosiladi, shuningdek, import qiluvchiga shartnomaga identifikatsion raqam
berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Shartnoma (qoʻshimcha kelishuv) vakolatli bankda hisobga olinganidan
soʻng, import shartnomasi (qoʻshimcha kelishuv) haqidagi maʼlumotlar Tashqi
savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi. Shartnoma
(qoʻshimcha kelishuv)ning asl nusxasi va import bitimi pasportining ikki
nusxasi shartnoma (qoʻshimcha kelishuv)ni bojxona organlarida hisobga
qoʻyish uchun import qiluvchiga qaytarib beriladi. Import shartnomasi
(qoʻshimcha kelishuv)ni bojxona organlarida hisobga olish hujjatlar
topshirilgan kun hisobga olingan holda ikki ish kunida amalga oshiriladi.
Ayni paytda, ish va xizmatlarni import qilishga oid shartnomalar
bojxona organlarida hisobga olinmaydi. Tovarlar, ish va xizmatlar
birgalikda import qilinishi koʻzda tutilgan shartnomalar bundan mustasno.
Import qilinayotgan tovarlar (ish va xizmatlar) toʻlovi, import
qiluvchi tomonidan vakolatli bankda chet el valyutasidagi talab qilib
olinguncha depozit hisobvaragʻidan bank oʻtkazmasi, hujjatli akkreditivlar
uchun birxillashtirilgan qoida va odatlarga (Xalqaro savdo palatasining
1993 yildagi tahrirdagi № 500 nashri,) hamda inkasso buyicha
birxillashtirilgan qoidalarga (Xalqaro savdo palatasining 1995 yildagi
taxrirdagi № 522 nashri) muvofiq hisob-kitoblarning akkreditiv va
inkasso shakllarida amalga oshiriladi.
Boʻnak toʻlovlari, import qiluvchilar davlat roʻyxatidan oʻtgan manzil
boʻyicha bojxona organlarida shartnoma hisobga olinganidan soʻng, shartnoma
shartlariga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Tovar bojxonada “erkin muomalaga chiqarish uchun” tartibotida
rasmiylashtirilganidan soʻng, import qiluvchi tomonidan vakolatli bankka
kelib tushgan tovar uchun chet el valyutasini toʻlashga asos boʻlib xizmat
kiluvchi tovar kelib tushgani toʻgʻrisidagi bojxona xizmatining tegishli
belgilari qoʻyilgan tovarni olib kirish varaqchasi asl nusxasi taqdim
qilinadi.
Norezidentlar tomonidan import qiluvchilarga ishlar bajarilishi va
xizmatlar koʻrsatilishi koʻzda tutilgan shartnomalarning toʻlovi, taqdim
etilgan hujjatlar (bajarilgan ishlar boʻyicha dalolatnomalar, invoyslar,
toʻlovnoma) asosida hamda import bitimi pasportida mablagʻlarni oʻtkazish
sanasi va summasi qayd etilgan holda amalga oshiriladi.
Import qilinayotgan tovarlar (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan
xizmatlar) uchun toʻlov import qiluvchilar tomonidan vakolatli bankka
oʻrnatilgan tartibda tegishli hujjatlar taqdim etilgan kundan keyingi ish
kunidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Boʻnak toʻlovlari boʻyicha mablagʻlar qaytarilganda yoki vakil-bankning
vositachilik haqi import qiluvchining mablagʻlari hisobidan toʻlanishi
hisobiga import shartnomasi boʻyicha tovarlar toʻliq kelib tushmaganda,
ushbu mablagʻ debitorlik qarzi deb hisobga olinmasdan, import qiluvchi
balansining chiqim qismida hisobga olinishi lozim.
Vakolatli banklar import shartnomalarini bajarilishi yuzasidan
Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan shakllar va
sanalarda hisobot taqdim etib boradilar.
Vakolatli banklar tomonidan bojxona va soliq organlari bilan
import qiluvchilarning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha qonunchilikda
belgilangan tartibda maʼlumotlar almashinuvi amalga oshiriladi.
Vakolatli banklar va bojxona organlari zimmasiga, qonunchilikka
muvofiq, import shartnomalarining oʻz vaqtida va toʻgʻri hisobga olinishi
hamda toʻlov shakllarining toʻgʻri qoʻllanilishi uchun javobgarlik yuklanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-va 40-moddalari, Oʻzbekiston
Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonuni,
Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar
faoliyatiniig shartnomaviy-xuquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi qonuni,
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 94-moddasi, Oʻzbekiston
Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida” va “Tadbirkorlik
faoliyatining erkinligi kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari ustidan
valyuta nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994 yil 20
apreldagi PF-837-sonli farmoni va boshqa qonunchilik hujjatlariga
muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, u vakolatli banklar muassasalari
tomonidan eksport va barter bitimlari xisobini yuritish va ular ijrosi
ustidan nazoratni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Vakolatli banklarda bojxona tartibidan qatʼi nazar barcha eksport va
barter bitimlari, jumladan:
• chet el valyutasiga respublika tovar-xom ashyo birjalarida;
• tovarlarni qayta ishlash uchun;
• Oʻzbekiston investitsiyalari ishtirokida xorijda tashqil etilgan
korxonalarga jumladan, konsignatsiya asosida tovar yetkazib berish
uchun;
• hukumatlararo bitimlarga koʻra tovarlar yetkazib berish uchun
tuzilganlar hisobga olinadi.
Eksport qilinishi taqiqlangan tovarlarni olib chiqib ketishga doir
bitimlarning vakolatli banklar tomonidan hisobga olinishi man etiladi.
Eksport bitimlari eksportchilarning chet el valyutasidagi talab
qilib olinadigan depozit hisobvaraqlari ochilgan manzil boʻyicha vakolatli
banklar muassasalarida hisobga olinadi.
Belgilangan tartibda tuzilgan barter bitimlari eksportchilarning
chet el valyutasidagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaraqlari
ochilgan manzil boʻyicha vakolatli banklar muassasalarida hisobga olinadi.
Eksportchilar joʻnatilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun
tushum, ularning hisobvaraqlariga oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishi uchun
javobgardirlar.
Bunda oʻzbekistonlik eksportchilar tomonidan boshqa yuridik shaxslar
foydasiga amalga oshiriladigan trans-ferabel akkreditivlari va boshqa
toʻlov hujjatlarini qoʻllash yoʻli bilan tushumni boshqalarga berish
taqiqlanadi.
Firmalarning xorijiy banklardagi hisobvaraqlari orqali xorijiy
sheriklar bilan eksport operatsiyalari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarning
amalga oshirilishi man etiladi.
Vakolatli banklarda eksport va barter bitimlarini roʻyxatga olshm
maqsadida eksportchi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
• ilova qilingan shakl boʻyicha ariza;
• bitimning asl nusxasi;
• bitim nusxasi;
• maxsus tovarlar eksporti bitimlari boʻyicha - Tashqi iqtisodiy
aloqalar agentligi litsenziyasining nusxasi;
• barter bitimlarini hisobga olishda - Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Maqkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxri qokimliklari qarorining
nusxasi, Deqqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzolari yoki
ularning tayyorlov shirkatlari tomonidan tuzilgan meva-sabzavotlar
va ularni qayta ishlash maqsulotlarini chetga olib chiqishga oid
barter bitimlari boʻyicha - tuman va shahar hokimliklarining barter
operatsiyalarini amalga oshirish uchun bergan ruxsatnomasi va
Uyushmaga aʼzolik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida
roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan eksport bitimlari Oʻzbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida roʻyxatga olinganidan
soʻng vakolatli banklar tomonidan hisobga olinadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjalarida chet el valyutasiga tuzilgan
eksport bitimlari respublika tovar-xom ashyo birjalarida qayd
etilganidan va bojxona organlarida hisobga olinganidan soʻng vakolatli
banklarda roʻyxatga olinadi.
Vakolatli banklarda eksport va barter bitimlarini roʻyxatga olish
ikki ish kuni, Deqqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzolari tomonidan
tuzilgan bitimlar esa - bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Hisobga olingan har bir eksport (barter) bitimi boʻyicha vakolatli
bank uning ijrosi bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar ustidan nazoratni
olib boradi. Hisobga olingan bitimlar boʻyicha kelayotgan barcha tushum
eksportchilarning tranzit hisobvaragʻiga kiritiladi va bu haqda vakolatli
bank keyingi ish kunidan kechiktirmasdan belgilangan tartibda eksportchiga
xabar beradi. Agar toʻlov hujjatlariga muvofiq qaysi bitim boʻyicha
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti uchun pul mablagʻlari kelib
tushganligini aniqlashning imkoniyati boʻlmasa, eksportchi xabarni olgan
sanadan boshlab uch kun mobaynida vakolatli bankka tushum kelib tushgan
bitim boʻyicha ushbu bitimning raqami va tuzilgan sanasi toʻgʻrisida,
shuningdek, ular ijrosining bank tomonidan tegishlicha nazorat qilinishi
uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni taqdim etadi.
Eksport bitimlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartib va
miqdorda majburiy sotuv amalga oshiriladi.
Eksport qiluvchi va import qiluvchiga xizmat koʻrsatuvchi banklar
oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri vakillik munosabatlari mavjud boʻlmaganligi
tufayli, eskport bitimlari boʻyicha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi
banklari bilan vakillik munosabatlarini oʻrnatgan boshqa banklar orqali
amalga oshirilgan holatda va vakil-bankning vositachilik haqi eksportchi
hisobvaragʻiga kelib tushayotgan mablagʻlar hisobidan toʻlanganda, ushbu
xarajatlar debitorlik qarzi deb hisoblanmaydi va eksportchi balansining
xarajat qismida hisobga olinadi.
Tovar va xizmatlarni eksport va import qilish bilan bogʻliq xalqaro
hisob-kitob operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro
savdo palatasining Birxillashtirilgan qoida va taomillari hamda tegishli
meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Tijorat banklari xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishlari
uchun:
• Oʻzbekiston Respublikasining valyuta bilan ishlashga doir amaldagi
qonunchiligi, Xalqaro savdo palatasining inkasso, akkreditiv, bank
oʻtkazmalari va kafolatlarga tegishli Birxillashtirilgan qoida hamda
taomillarini, xalqaro hisob-kitoblar boʻyicha bank operatsiyalarini
bajarishning amaldagi tartibi, hukumatlararo va banklararo
bitimlarni bilish;
• akkreditiv xatlar, inkasso va oʻtkazma topshiriqnomalar, shuningdek
tovarga - ilova qilinadigan va boshqa hujjatlarning mazmunini bilish,
tushunish va ularni akkreditiv shartlariga muvofiqligini tekshira
olish darajasida chet tilini hamda bank atamalarini bilish;
• hisob-kitoblarni tekshirish va qiyoslanmagan summalarni tartibga
solish tartibini bilish;
• bank va mijoz manfaatlari nuqtai nazaridan olingan va qoʻyilgan
majburiyatlarni tahlil qila bilish;
• bank tijorat yozishmalarini chet tilida yuritish tajribasiga ega boʻlish.
Tovar va xizmatlar eksporti hamda importi boʻyicha hisob-kitoblar
amalga oshiriladigan ish uchastkasi mijozlar va xorijiy banklar bilan
toʻgʻri munosabat oʻrnata oladigan, tez-tez yuzaga keladigan
kelishmovchiliklarni xalqaro qoida va taomillarga muvofiq hal qilish
yoʻllarini topa oladigan, yuqori malakali xodimlar bilan taʼminlashni
talab qiladi. Shuni hisobga olish zarurki, hisob-kitoblarni amalga
oshirish vaqtida bank yoʻl qoʻygan har qanday xato jarima va burdsizlik
toʻlovi shaklidagi valyuta yoʻqotishlariga olib keladi. Bu soha
mutaxassislarining ish tajribasi xatolarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning
turini tushunish va ular boʻyicha javobgarlikni toʻgʻri belgilash uchun zarur
boʻladi. Bu esa yoʻqotishlarni iloji boricha kamaytirish imkonini beradi.
Tijorat banklari xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida muhim
va yetakchi oʻrinni egallaydi. Xalqaro hisob-kitoblar bankning statistik
maʼlumotlariga koʻra, hozirgi vaqtda xalqaro moliya bozorlaridagi
operatsiyalarning 50 foiziga yaqin qismi 10 ta tijorat bankning hissasiga
toʻgʻri keladi. Jahon oborotidagi toʻlovlarning 85 foizidan ortiq qismi
tijorat banklari orqali amalga oshirilmoqda. Xalqaro operatsiyalarning 56
foizi London, Nyu-York va Tokio bozorlarida amalga oshirilmoqda.
Mazkur maʼlumotlar shundan dalolat beradiki, birinchidan, tijorat
banklari xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim oʻrin
tutmoqda; ikkinchidan, tijorat banklari xalqaro munosabatlarda ishtirok
etayotgan subyektlarning toʻlov operatsiyalarining mutloq asosiy qismini
amalga oshirishni taʼminlamoqda; uchinchidan, XIM tizimida xalqaro
tijorat banklarining yuqori darajadagi mavqei yuzaga keldi, ular xalqaro
moliya bozorlaridagi operatsiyalarning yarmiga yaqinini amalga oshirmoqda;
toʻrtinchidan, moliyaviy aktivlar bilan amalga oshiriladigan xalqaro
operatsiyalarning asosiy qismini bir necha yirik moliyaviy markazlarga
toʻplanish tendensiyasi koʻzatilmoqda.
Xalqaro hisob-kitoblar – xorijiy valyutalardagi talab va
majburiyatlarni amalga oshirish va tartibga solish tizimi boʻlib, turli
mamlakatlarning xuquqiy va jismoniy shaxslari oʻrtasidagi iqtisodiy,
siyosiy va madaniy aloqalar munosabati bilan yuzaga keladi. Xalqaro hisob-
kitob munosabatlari, bir tomondan, toʻlovlarni amalga oshirish tartibi va
shartlarini oʻz ichiga olsa, ikkinchi tomondan, tijorat banklarining ularni
amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan kundalik faoliyatini oladi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va ajralmas tuzilmalaridan biri
hisoblanuvchi banklar tizimi va xalqaro munosabatlar doimo oʻzoro bogʻliq
shaklda rivojlanib kelgan. Shu bilan birga, banklar xalqaro
munosabatlarda hisob-kitoblarni amalga oshirish, xoʻjalik subyektlarini
kreditlash, xalqaro kapitallarni qayta taqsimlashda vositachi sifatida
ishtirok etish, tashqi munosabatlarda qatnashuvchi subyektlarga boshqa turli
xizmatlar koʻrsatish orqali mehnat unumdorligini hamda ishlab
chiqarishning samaradorligini oshirishga amalda yordam koʻrsatadilar.
Xalqaro tijorat banklari xalqaro miqyosida keng tarqalgan va
rivojlangan filial tarmoqlariga va banklararo vakillik hisob
varaqlariga ega boʻlib, bu ikki omil, pirovard natijada, ularning XIM
tizimidagi yuqori darajadagi mavqeini taʼminlashning birlamchi zaruriy
sharti hisoblanadi. Tijorat banklarining xalqaro vakillik munosabatlari
geografik yoʻnalishi, operatsiya turlari va munosabatlarning xarakteriga
koʻra farqlanadi.
Tijorat banklarining oʻzaro vakillik munosabatlari geografik
yoʻnalishiga koʻra ichki va tashqi munosabatlarga boʻlinadi. Ichki
munosabatlar deganda, bir mamlakat ichidagi tijorat banklari oʻrtasidagi
oʻrnatilgan oʻzaro vakillik munosabatlari tushuniladi. Xalqaro hisob-
kitoblarning asosiy qismi tashqi vakillik munosabatlari orqali amalga
oshiriladi. Bunda toʻlovlar “Nostro” va “Vostro” vakillik hisob varaqlari
orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining rivojlangan
xorijiy davlatlarning tijorat banklari bilan bir tomonlama tashqi
vakillik munosabatlariga ega ekanligi xalqaro operatsiyalar koʻlamini
kengaytirishga salbiy taʼsir qiladi. Masalaning mohiyati shundaki,
Respublikamizning yirik tijorat banklari rivojlangan xorijiy
davlatlarning tijorat banklarida oʻzlarining “Nostro” vakillik hisob
varagʻiga ega. Rivojlangan xorijiy davlatlarning tijorat banklari esa,
respublikamizning tijorat banklarida oʻzlarining “Vostro” vakillik
hisob varagʻiga ega emaslar.
Tijorat banklarining xalqaro vakillik munosabatlari
operatsiyalarining turi boʻyicha, ikkiga, yaʼni, mijozlarning operatsiyalari
va bankning oʻzini operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq
munosabatlarga boʻlinadi. Mijozlarning operatsiyalariga ularga trast
xizmati koʻrsatish operatsiyalari, mijozlarning tijorat operatsiyalari,
ularning majburiyatlari boʻyicha toʻlov topshiriqnomalari, cheklar,
hujjatlashtirilgan akkredetivlar va inkasso vositasida toʻlovlarni
amalga oshirish operatsiyalari, qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq opratsiyalar,
ularga kafolatlar berish va boshqa operatsiyalar kiradi.
Banklarning oʻz operatsiyalariga xorijiy valyutada kreditlar berish va
kreditlar olish, depozitlar qabul qilish, valyutalarni, qimmatli
qogʻozlarni sotib olish va sotish operatsiyalari kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining birontasi hozirgi
kunga qadar xalqaro qimmatli qogʻozlar bozorining listingiga kirmagan. Bu
esa, ularning xorijiy valyutadagi yozalgan qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq
operatsiyalarini rivojlantirishga toʻsqinlik qiladi.
Respublikamiz tijorat banklarining valyutalarni sotib olish
operatsiyalarining rivojlanish darajasi ularning imkoniyatlari
darajasidan ancha past. Bu holatning namoyon boʻlish shakllari quyida-
gilardan iborat:
a) Respublikamiz tijorat banklarining xalqaro valyuta
bozorlaridagi operatsiyalari miqdori juda kichik. Bu operatsiyalar asosan
import toʻlovlarini amalga oshirish bilan bogʻliq.
b) Respublikamiz tijorat banklarining valyuta opsionlari va valyuta
fyucherslari bilan bogʻliq muddatli operatsiyalari mavjud emas.
v) Mamlakatimiz banklarida svop operatsiyalari rivojlanmagan.
Tijorat banklarining xalqaro vakillik munosabatlari oʻzaro
munosabatlarning xarakteriga koʻra, hisob varagʻi ochish asosidagi va hisob
varagʻi ochmasdan turib oʻrnatiladigan munosabatlarga boʻlinadi.
Koʻpchilik holatlarda oʻzaro vakillik munosabatlari ikki tomonlama
yoki bir tomonlama hisob varaqlari ochish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda, hisob varaqlari ochmasdan turib ham oʻzaro vakillik
munosabatlarini oʻrnatish mumkin. Bunda xalqaro hisob-kitoblar uchinchi
bankda ochilgan hisob varagʻi orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob munosabatlarini oʻrnini
belgilovchi ikkinchi asosiy omil ularning xalqaro elektron toʻlov tizimiga
ulanishi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng, bank
sohasida olib borilgan islohatlar natijasida qisqa muddatda milliy
elektron toʻlovlar tizimi joriy etildi. Buning natijasida Oʻzbekiston
Respublikasi tijorat banklarida xoʻjalik subektlari oʻrtasida toʻlovlar
oʻtkazish vaqti keskin ravishda qisqardi.
Maʼlumotlarga koʻra, xoʻjalik subyektlari oʻrtasidagi toʻlov
topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar 1991 yil
respublika ichida 90 kunda, viloyat ichida 30 kunda amalga oshirilgan boʻlsa,
1997 yilga kelib ushbu hisob-kitoblar respublika ichida 15 minutda, viloyat
ichida 3 minutda amalga oshiriladigan boʻldi. Tijorat banklarida eng
zamonaviy texnalogiyalarga asoslangan elektron tizimni joriy qilinishi
ularni xalqaro elektron toʻlov tizimiga ulanishga imkon berdi.
Xalqaro elektron toʻlov tizimida yetakchi oʻrinni, shubhasiz, SWIFT
(Jahon banklararo moliyaviy telekomunikatsiyalar hamjamiyati) tizimi
egallaydi. Ushbu tizim 1973 yilda AQSH va Gʻarbiy Yevropa tijorat
banklarining tashabbusi bilan tuzilgan edi. Hozirgi kunda SWIFT
tizimining uch markazi mavjud boʻlib, ular Bryussel, Amsterdam va
AQSHning Kilperer shaharlarida joylashgan.
S.W.I.F.T. tizimi xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish vaqtini
sezilarli darajada qisqartirdi. Hozirgi vaqtda, S.W.I.F.T. tizimi orqali
har qanday dunyoning istalgan mamlakatiga 5 daqiqada yetkazalashi mumkin.
Holbuki, S.W.I.F.T. tizimi yuzaga keltirilganga qadar AQSH va Gʻarbiy
Yevropa mamlakatlarining xoʻjalik subyektlari oʻrtasida toʻlov
topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar bir
haftadan 10 kungacha choʻzilar edi.
Tijorat banklarining xalqaro munosabatlardagi hisob-kitob
operatsiyalarining oʻrni va ahamiyatini oshishiga sabab boʻlgan uchinchi omil
xalqaro hsiob-kitoblar boʻyicha xalqaro qoidalarni qabul qilishi boʻldi.
1930-1932 yillar mobaynida Xalqaro Savdo Palatasi tomonidan
hujjatlashtirilgan akkredetivlar va inkasso boʻyicha xalqaro qoidalar
qabul qilindi.
Xalqaro qoidalar xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
jarayonini osonlashtiradi va soddalashtiradi. Chunki ular mamlakatning
milliy qonunchiligidagi oʻzaro farqlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf
etish imkonini beradi.
Masalan, hujjatlashtirilgan akkredetivlar boʻyicha qabul qilingan
xalqaro qoida akkredetivlarning toʻrt asosiy shaklini mavjudligi va
ularning har biri bilan toʻlovlarni amalga oshirish tartibi aniq belgilab
qoʻyilgan. Hususan, chaqirib olinadigan akkredetivlar akkredetiv banki
tomonidan mustaqil ravishda bekor qilinishi yoki uning toʻlov shartlari
oʻzgartirilishi mumkin. Yoki tasdiqlangan hujjatlashtirilgan
akkredetivni olaylik. Ushbu akkredetiv uchinchi mamlakat banki tomonidan
siyosiy riskni bartaraf etish maqsadida tasdiqlandi va siyosiy risk yuz
bergan taqdirda akkredetiv summasi tasdiqlangan bank tomonidan toʻlab
beriladi.
Inkasso toʻgʻrisida xalqaro qoidada inkassoni ikki asosiy shaklining,
yaʼni sof inkasso va hujjatli inkassoning mavjud ekanligi eʼtirof
etilgani holda, har bir shakl boʻyicha xalqaro hisob-kitoblarni amalga
oshirish tartibi aniq belgilab qoʻyilgan. Masalan, sof inkassoda faqat
toʻlov hujjatlarini inkassoga qabul qilinadi va veksel akseptlangandan
soʻng tovarlar bilan bogʻliq hujjatlar importyorga oʻzatiladi. Hujjatli
inkassoda esa, faqat tijorat hujjatlari inkassoga qabul qilinadi yoki
tijorat hujjatlari toʻlov hujjatlari bilan birgalikda inkassoga qabul
qilinadi. Agar tijorat hujjatlarining oʻzi inkassoga qabul qilinsa, u
holda tovarlar bilan bogʻliq hujjatlar importyorga toʻlov haqiqatda amalga
oshirilgandan soʻng oʻzatiladi.
Yuqorida qayd etilgan xalqaro qoidalardan tashqari, veksel
muomalasi va cheklar boʻyicha xalqaro Jeneva konvensiyasi mavjud. Ushbu
konvensiyalarda veksellar va cheklardan xalqaro hisob-kitoblarda
foydalanishning huquqiy asoslari belgilab berilgan. Masalan,
banklarning orderli cheklari aniq taʼminlanganlik obyektiga ega emas.
Yaʼni, orderli chekni bank mijozining yozma koʻrsatmasiga asosan yozadi va
bunda mijozning joriy hisob varagʻida valyuta mablagʻlarining mavjudligi
yoki yoʻqligi inobatga olinmaydi.
Shuningdek, banklarning orderli cheklarini indossament yordamida
uchinchi shaxsga oʻzatish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik amaliyotida qoʻllanilayotgan hisob-
kitob cheklarini uchinchi shaxsga uzatish mumkin emas. Bundan tashqari, chek
summasi albatta alohida hisob raqamida deponent qilinadi.
Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob munosabatlari bir qator
oʻziga xos hususiyatlarga ega boʻlib, ular quyidagilardan iborat:
• Importyorlar va eksporterlar, ularning banklari tashqi savdo
shartnomasiga bevosita bogʻliq boʻlmagan oʻzaro munosabatga
kirishadilar. Mazkur oʻziga xos munosabat tovarlar bilan bogʻliq
hujjatlarni rasmiylashtirish, tekshirish, oʻzatish va toʻlovlarni
amalga oshirish natijasida yuzaga keladi.
• Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalari milliy
qonunchilik bilan, shuningdek, xalqaro qoidalar bilan tartibga
solinadi. AQSHda yagona savdo kodeksi mavjud boʻlib, unda
banklarning xalqaro hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish
uchun zarur boʻlgan huquqiy asoslar oʻz aksini topgan.
• Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob munosabatlari
unifikatsiya obyekti boʻlib, u xoʻjalik aloqalarining
baynalminallashuvi va bank operatsiyalarining universallashuviga
asoslangan.
• Banklarning xalqaro hisob-kitob operatsiyalarida ikki toʻlov sharti
qoʻllaniladi: a) Toʻlovlar hujjatlarga qarshi. b) Toʻlovlar akseptga
qarshi. Birinchi toʻlov shartida importyor toʻlovni amalga oshirgandan
keyingina unga tovarlar bilan bogʻliq hujjatlar beriladi.
Toʻlovning ikkinchi shartida importyor tomonidan veksel
akseptlangandan keyingina unga hujjatlar beriladi.
• Koʻpchilik rivojlanayotgan davlatlarda milliy valyutaning baholovchi
valyuta vazifasini bajara olmasligi va ushbu mamlakatlardagi
banklarning rivojlangan xorijiy davlatlarning banklari bilan bir
tomonlama vakillik munosabatlariga ega ekanligi tijorat
banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalarini rivojlanishiga
toʻsqinlik qilmoqda.
• Xalqaro hisob-kitob operatsiyalarining 90 foiziga yaqin qismi faqat
beshta valyutada amalga oshirilmoqda. Bularga AQSH dollari, yevro,
Yaponiya iyeni, Buyuk Britaniya funt sterlingi va Shveysariya franki
kiradi.
Mazkur valyutaning barchasini erkin suzib yuruvchi kurs rejimiga ega
ekanligi xalqaro hisob-kitob munosabatlarida valyuta riski muammosi va
toʻlov riski muammosini yuzaga keltirmoqda.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro tijorat banklari XIM tizimida
muhim va hal qiluvchi rolni oʻynamoqda. Ularning xalqaro hisob-
kitoblarni amalga oshirish borasidagi boy tajribasini ilmiy asosda
oʻrganish respublikamizning tijorat banklari uchun katta amaliy ahamiyatga
egadir.
Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalarini toʻgʻri
tasniflash asosida ularning samaradorligini baholash muhim ahamiyat kasb
etadi. Buning boisi shundaki, tijorat banki uchun toʻlov riski har bir
xalqaro hisob-kitob shaklida bir-biridan farq qiladi.
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob
operatsiyalari, iqtisodiy mohiyatiga koʻra, ikki yirik guruhga ajratiladi:
1. Sof toʻlovlar.
2. Hujjatlashtirilgan toʻlovlar.
Bunda turkumlash uchun mezon boʻlib, toʻlov shartlari hisoblanadi.
Masalan, sof toʻlovlar uchun uch toʻlov sharti xos:
a) tovarlar summasining maʼlum qismini oldindan toʻlash;
b) tovarlar summasini tovarni qabul qilib olgandan soʻng toʻlash;
v) ochiq hisob varaqlari boʻyicha hisoblashish.
Ushbu uchala shartdan kamida bittasi bajariladigan toʻlov shakli sof
toʻlov hisoblanadi. Shu boisdan ham, sof toʻlovlarga toʻlov
topshiriqnomalari va cheklar vositasidagi xalqaro hisob-kitoblar
kiritiladi.
Toʻlov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladigan hisob-
kitoblarda import summasi tovar qabul qilib olingandan soʻng amalga
oshiriladi. Bunda importyor birinchi navbatda tovarlar bilan bogʻliq
hujjatlarni oladi. Undan keyin esa, tovarlar bilan bogʻliq hujjatlar
orqali tovarlarni portdan yoki omborxonadan oladi. Importyor tovarni
sifatini haqiqatda tekshirgandan keyin toʻlov topshiriqnomasi yozadi.
Demak, tijorat banki uchun mazkur hisob-kitob shaklida toʻlov riski mavjud
emas. Bundan tashqari, ushbu toʻlov shakli importyor uchun qulay boʻlib,
eksportyorga toʻlov riskini yuzaga keltiradi. Bunday sharoitda toʻlov riski
muammosining chuqurlashishi debitor qarzdorlik summasining oshishiga va
mamlakat eksport tushumini kamayishiga olib kelishi mumkin. Bu holat esa,
oʻz navbatida, milliy valyutaning almashuv kursiga va eksportyorlarning
toʻlovga qobilligiga salbiy taʼsir qiladi.
Xalqaro savdoni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan xalqaro hisob-
kitob munosabatlarida tijorat banklarining orderli cheklaridan keng
koʻlamda foydalaniladi. Respublikamiz bank amaliyotida esa, hozirgi vaqtda
banklarning orderli cheklari muomalasi mavjud emas.
Tijorat banklarining orderli cheklari bilan amalga oshiriladigan
xalqaro hisob-kitob operatsiyalarida bank chekni mijozning yozma
koʻrsatmasiga asosan yozadi. Ammo bank tomonidan chek summasi alohida
balans hisobvaragʻida deponentlanmaydi. Demak, bunda bank uchun toʻlov
riski mavjud emas. Lekin, xalqaro amaliyot tajribalari shuni
koʻrsatmoqdaki, orderli cheklarning asosiy qismi, importyorlarning joriy
valyuta mablagʻlari yetmay qolgan sharoitda, tijorat banklarining
kreditlari hisobidan toʻlanmoqda. Demak, orderli cheklar tijorat banklari
uchun toʻlov riskini yuzaga keltirmasada, ular uchun yuqori daromad olish
manbai boʻlib qolmoqda.
Rivojlangan davlatlarning xoʻjalik amaliyotida ochiq hisob varaqlari
boʻyicha hisoblashishdan keng koʻlamda foydalaniladi. Bunda, odatda,
eksportyorning bankida mazkur tashqi savdo shartnomasini moliyalashtirish
uchun alohida balans hisob varagʻi ochiladi. Importyor har bir partiya
tovarning summasini tovar joʻnatilgunga qadar eksportyorning hisob
varagʻiga oʻtkazishi lozim. Eksportyor tovarni joʻnatgandan soʻng, uning banki
toʻlov summasini eksportyorning joriy valyuta hisob varagʻiga oʻtkazadi.
Ochiq hisob varaqlari boʻyicha hisoblashishda tijorat banki uchun
toʻlov riski mavjud emas, balki eksportyor uchun toʻlov riski mavjud.
Oʻzbekiston Respublikasi bank amaliyotida ochiq hisob varaqlari
boʻyicha hisoblashish mavjud emas.
Xulosa
Iktisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, ishlab
chikarishni doimiy ravishda modernizatsiyalash va texnologik jihatdan
yangilab borish iktisodiyotni isloh etishning strategik vazifalaridir.
Faqat shuning hisobidan iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishini
taʼminlash, jahon bozorida muvaffakiyatli raqobatlashish mumkin.
Albatta, bu borada koʻpgina ishlar qilinmoqda, ammo chuqur tarkibiy
oʻzgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiy tizim har sohasida yangicha
yondashuvni chuqur va samaradorlik nuqtai nazaridan fikr yuritishni talab
etadi.
Jahon iqtisodiy inqirozi davom etayotgan hozirgi sharoitda bunday
oʻzgarish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Nega deganda, bugungi kunda eksport
asosan xomashyo yetkazib berishdan iborat boʻlib, dunyo bozoridagi narx-navo
oʻyinlariga haddan tashqari bogʻlanib qolayotgani ayrim mamlakatlarda
valyuta tushumlarini kamaytiradigan, moliyaviy barqarorlikning
yomonlashuviga olib keladigan, iqtisodiyotni izdan chiqaradigan jiddiy
faktorga aylanmoqda.
2012 yilda tashqi savdo sohasida amalga oshirilgan kompleks chora-
tadbirlar respublika eksport salohiyatini rivojlantirish, sanoat
tarmoqlari va hududlarning eksportini taʼminlash, eksportning
geografiyasi va nomenklaturasini takomillashtirish, shuningdek
tariflarni tartibga solish chora-tadbirlari orqali importning tarkibini
optimallashtirish, maqsadli koʻrsatkichlarni bashorat qilish va ularning
bajarilishini monitoring qilish asosida muvozanatlashgan savdo
balansini taʼminlashga yoʻnaltirildi.
Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish
borasida olib borilgan kompleks chora-tadbirlar va tashqi iqtisodiy
faoliyatni takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning
natijasida hajmi 28 mlrd. AQSH dollaridan ortiq tashqi savdo aylanmasi
taʼminlandi. Tashqi savdo aylanmasining saldosi 1,1 mlrd. AQSH dollari
atrofida boʻldi.
Respublika tovarlar eksportining eng yirik miqdorlari
(xizmatlardan tashqari) Xitoy, Eron, Turkiya, Afgʻoniston, Buyuk Britaniya,
Singapur, AQSH, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Koreya, Germaniya
davlatlariga, MDH mamlakatlaridan esa – Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va
Qozogʻistonlarga toʻgʻri keldi.
Tijorat banklari tashqi iqtisodiy aloqalar tizimida muhim va
yetakchi oʻrinni egallaydi. Xalqaro hisob-kitoblar bankning statistik
maʼlumotlariga koʻra, hozirgi vaqtda xalqaro moliya bozorlaridagi
operatsiyalarning 50 foiziga yaqin qismi 10 ta tijorat bankning hissasiga
toʻgʻri keladi. Jahon oborotidagi toʻlovlarning 85 foizidan ortiq qismi
tijorat banklari orqali amalga oshirilmoqda. Xalqaro operatsiyalarning 56
foizi London, Nyu-York va Tokio bozorlarida amalga oshirilmoqda.
Mazkur maʼlumotlar shundan dalolat beradiki, birinchidan, tijorat
banklari tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim oʻrin
tutmoqda; ikkinchidan , tijorat banklari xalqaro munosabatlarda ishtirok
etayotgan subyektlarning toʻlov operatsiyalarining mutloq asosiy qismini
amalga oshirishni taʼminlamoqda; uchinchidan , tashqi iqtisodiy aloqalar
tizimida xalqaro tijorat banklarining yuqori darajadagi mavqei yuzaga
keldi, ular xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalarning yarmiga yaqinini
amalga oshirmoqda; toʻrtinchidan , moliyaviy aktivlar bilan amalga
oshiriladigan xalqaro operatsiyalarning asosiy qismini bir necha yirik
moliyaviy markazlarga toʻplanish tendensiyasi koʻzatilmoqda.
Bozor iqtisodiyotining muhim va ajralmas tuzilmalaridan biri
hisoblanuvchi banklar tizimi va xalqaro munosabatlar doimo oʻzoro bogʻliq
shaklda rivojlanib kelgan. Shu bilan birga, banklar xalqaro
munosabatlarda hisob-kitoblarni amalga oshirish, xoʻjalik subyektlarini
kreditlash, xalqaro kapitallarni qayta taqsimlashda vositachi sifatida
ishtirok etish, tashqi munosabatlarda qatnashuvchi subyektlarga boshqa turli
xizmatlar koʻrsatish orqali mehnat unumdorligini hamda ishlab
chiqarishning samaradorligini oshirishga amalda yordam koʻrsatadilar.
Oldimizga qoʻyilgan vazifalarga muvofiq ravishda olib borgan
nazariy va amaliy tatqiqotlarimiz natijasida biz quyidagi takliflarni
bermoqchimiz:
1. Xalqaro hisob-kitoblarni tashqil qilishda huquqiy
jihatlarini xalqaro myor boʻyicha muvofiqlashtirish;
2. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirilish tartibini har bir
hisob-kitob shaklining oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga
olgan holda amaliyotda qoʻllash.
3. Oʻzbekisiton tashqi iqtisodiy faoliyati, eksport-import
operatsiyalarida xalqaro hisob-kitoblarning qoʻllanilish
tartibini muvofiqlashtirish.
4. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida tijorat
banklarining xalqaro hisob-kitob munosabatlarini oʻrnini
rivojlantirish.
5. Oʻzbekiston uchun qulay boʻlgan hisob-kitob shakllari va ulardan
foydalanishni takomillashtirish, buning uchun tashqiq
iqtisodiy faoliyatda qatnashuvchilarning bu boradaga amaliy
koʻnikmasini shakllantirish.
6. Amaldagi hisob-kitob shakllarining Oʻzbekiston tashqi
iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini oshirish
lozim.
Bizningcha, nazariy va amaliy tadqiqotlarimiz natijasida chiqargan
xulosa va takliflarimizdan Oʻzbekiston xalqaro hisob-kitoblarini
rivojlantirishda foydalanish mumkin.
Shuningdek, fikr-mulohazalarimiz oliy taʼlim muassasalarida
nazariy va amaliy bilimlarimiz sifatini oshirishda oʻz samarasini
koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |