Mavzu: Xalqaro xisob-kitoblar shakillari va ularni qo`llash imkoniyatlari


Xalqaro hisob-kitoblarning shakillari va uni mamlakatimizda qo`llash imkoniyatlari



Download 59,3 Kb.
bet3/5
Sana30.12.2021
Hajmi59,3 Kb.
#194053
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi kamol

Xalqaro hisob-kitoblarning shakillari va uni mamlakatimizda qo`llash imkoniyatlari.


Xalqaro hisob-kitoblardagi o’zgartirishlarning paydo bo’lishi hamda ularning yanada takomillashib borishi tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining rivojlanishi hamda baynalmilallashuvi bilan bog’liqdir. Tovarlarni ishlab chiqarish va ularni sotish davrlarini o’zaro muvofiq kelmasligi hamda iste'mol bozorlarining uzoqligi tufayli xalqaro muomaladagi qiymatlar harakatining nisbatan mustaqil bo’lib qolgan shakli xalqaro hisob-kitoblarda o’z aksini topadi. Xalqaro hisob-kitoblar tovarlar va xizmatlar bilan tashqi savdo hamda notijorat operatsiyalar, kreditlar va mamlakatlararo kapitallar harakati bo’yicha hisob-kitoblarni qamrab oladi.
Xalqaro hisob-kitoblar - turli mamlakatlar fuqarolari va yuridik shaxslari o’rtasida iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy munosabatlar tufayli vujudga keladigan pul talablari va majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni muvofiqlashtirishdir. Xalqaro hisob-kitoblar bir tomondan, amaliyotda shakllangan va Xalqaro hujjatlar hamda udumlar bilan mustahkamlangan to’lovlarni amalga oshirish shartlari va tartibini, ikkinchi tomondan ushbu hisob-kitoblarni amalga oshirish yuzasidan kunlik amaliy faoliyatni o’z ichiga oladi. Hisob-kitoblarning eng katta hajmi bank hisobvaraqlarida yozuvlarni amalga oshirish orqali naqdsiz pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda jahonning eng yirik banklari xalqaro hisob-kitoblarda yetakchilik rolini o’ynaydi. Mazkur banklarning xalqaro hisob-kitoblarga bo’lgan ta'sir darajasi ular joylashgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari, milliy valyutasining ishlatilish ko’lamlari, ixtisoslashganligi, moliyaviy ahvoli, ishbilarmonlik mavqei, vakil banklar tizimiga bevosita bog’liqdir.
Banklar hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o’zlarining xorijiy bo’limlari va xorijiy banklar bilan o’rnatilgan vakillik munosabatlaridan foydalanadilar. Xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari o’rnatilganda "loro" (xorijiy banklarning mazkur bankda ochgan hisobvarag'i) va "nostro" (mazkur bankning xorijiy banklarda ochgan hisobvarag'i) hisobvaraqlari ochiladi. Vakillik munosabatlari hisob-kitoblar tartibi, vositachilik haqining hajmi, ishlatilib bo’lingan mablag’larni to’latish uslublarini belgilab beradi. Xalqaro hisob-kitoblarni o’z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun banklar odatda kutilayotgan to’lovlarning tarkibiy tuzilishi hamda muddatlariga muvofiq ravishda zarur bo’lgan va turli valyutalarda ifodalangan valyuta pozitsiyalarini ta'minlab turadilar hamda o’z valyuta zahiralarini diversifikatsiyalash siyosatini o’tkazadilar. Banklar nisbatan yuqori foyda olish maqsadida o’z valyuta aktivlarini jahon ssuda kapitallari bozorida, shu jumladan Yevrobozorda joylashtirishni afzal ko’rgan holda "nostro" hisobvaraqlaridagi minimal qoldiqlarni ta'minlashga harakat qiladilar.

Xalqaro hisob-kitoblar borasidagi banklar faoliyati bir tomondan milliy qonunchilik bilan muvofiqlashtiriladi, boshqa tomondan esa o’rnatilgan qoidalar va udumlar yoki alohida hujjatlar bilan mustahkamlangan ko’rinishda mavjud bo’lgan, shakllangan amaliyot bilan belgilanadi.


Milliy valyuta, xalqaro hisob-kitob valyuta birliklari va oltinning xalqaro hisob-kitoblardagi roli. Yetakchi davlatlarning milliy kredit pullari joriy xalqaro hisob-kitoblarda qadimdan ishlatilgan. Birinchi jahon urushigacha funt sterlinglarda ifodalangan o’tkaziladigan veksellar (tarttalar) Xalqaro hisob-kitoblarning 80 foiziga xizmat ko’rsatgan. Mamlakatlarning notekis rivojlanishi oqibatida funt sterlinglarning xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi 1948 yilda 40 foizga va 1990 yillarning boshida 5 foizgacha pasaydi, aksincha AQSh dollarining ulushi esa 1982 yilda deyarli 75 foizgacha ko’tarildi, so’ngra 1990 yillarda 55 foizgacha pasaydi. Chunki nemis markasi, yapon ienasi, Shveysariya franki va boshqa yetakchi valyutalar ham xalqaro hisob-kitob vositalari sifatida ishlatila boshlandi. 1970 yillardan boshlab xalqaro hisob-kitob valyuta birliklari SDR (asosan davlatlar aro hisob-kitoblarda) va EKYUning (rasmiy va xususiy sektorda valyuta bahosi hamda to’lov valyutasi sifatida) ishlatilishi yangilik sifatida namoyon bo’ldi.
Demak, to’lov hisob-kitob munosabatlari rivojining tarixiy qonuniyati oltinni kredit pullar tomonidan nafaqat ichki, balki xalqaro hisob-kitoblardan siqib chiqarish tamoyiliga bo’ysungandir. Ushbuning xususiyatli tomoni shundaki, oltin standartining hukmronligi davrida ham oltin to’lov balansi passiv sal'dosini so’ndirish vositasi bo’lib xizmat qilgan. Oltin standartini va oltinni kredit pullarga almashinishini bekor qilinishi bilan xalqaro majburiyatlarni oltin bilan to’lashga bo’lgan zarurat yo’qoldi. Biroq ko’zda tutilmagan holatlar (urushlar, tabiiy ofatlar, iqtisodiy larzalar va boshqa shu kabilar)da yoki boshqa imkoniyatlar holmagan paytda oltin favqulodda jahon pullari sifatida ishlatiladi. Masalan, ikkinchi jahon urushi yillarida ko’pchilik xalqaro to’lovlar standart oltin quymalar bilan so’ndirilar edi. Urushdan so’ng davlatlararo ko’p tomonlama kliring (1950-1958 yillar Yevropa to’lov ittifoqi) bo’yicha sal'do oltin bilan (avval 40%, 1955 yildan boshlab esa 75%) so’ndirilar edi. Mamlakatlar zamonaviy sharoitda tashqi savdo shartnomalari va kredit bitimlari bo’yicha majburiyatlar qaysi xorijiy valyutada ifodalangan bo’lsa, o’sha valyutaga rasmiy oltin zahiralarining bir qismini sotishga qaror qiladilar. Demak, bugungi kunda oltin Xalqaro hisob-kitoblarda oltin bozorlaridagi operatsiyalar orqali ishlatiladi.
Xalqaro hisob-kitoblarda asosan milliy valyutalarning ishlatilishi ulardan foydalanish samaradorligini kurs tebranishlari hamda ushbu valyutalar emitentlari bo’lmish mamlakatlarning iqtisodiy va valyuta siyosatiga bog’liqligini kuchaytiradi. Xalqaro hisob-kitoblarning holati bir qator omillarga bog’liqdir: mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar; valyuta qonunchiligi; Xalqaro savdo qoidalari hamda udumlari; bank amaliyotlari; tashqi savdo shartnomalari va kredit bitimlarining shartlari.
Tashqi iqtisodiy bitimlarning valyuta-moliyaviy va to’lov shartlari. Xalqaro savdo shartnomalari bo’yicha hisob-kitoblar o’ta murakkab bo’lib, bank hodimlarining yuqori malakaga ega bo’lishliligini talab etadi. To’lov olinishining tezligi va kafolati hamda banklar orqali operatsiyalar o’tkazishning xarajatlar summasi hisob-kitoblar shakllari va shartlarining tanloviga bog’liqdir. Shu sababli tashqi savdo bo’yicha hamkorlar muzokaralar borasida to’lov shartlarining ikir-chikirlarini kelishib oladi va so’ngra ushbu shartlarni shartnomaga kiritib rasmiylashtiradi. Shartnomalarning valyuta-moliyaviy va to’lov shartlari tuzilayotgan paytda eksportyor manfaatlarini importyor manfaatlariga teskari ekanligi odatda ko’zga tashlanadi. Bunda eksportyor valyutaning maksimal summasiga nihoyatda qisqa vaqt ichida ega bo’lishni xohlaydi, importyor esa aksincha iloji boricha kam miqdordagi valyutaning hajmini to’lash, tovarlar olinishini tezlashtirish hamda mazkur tovarlar to’la sotilgunga qadar to’lov muddatini iloji boricha kechiktirishdan manfaatdordir. Bitimlarning valyuta-moliyaviy va to’lov shartlarini tanlanishi mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlarning xarakteri, kontragentlar kuchlarining o’zaro nisbati, ularning ushbu sohadagi malakasi va mazkur tovar bilan savdoning an'analari hamda udumlariga bog’liqdir. hukumatlararo kelishuvlar hisob-kitoblarning umumiy tamoyillarini belgilaydi, tashqi savdo shartnomalarida esa ushbu hisob-kitoblar amalga oshirilishining batafsil shartlari ko’rsatiladi. Mazkur shartlar quyidagi asosiy elementlarni o’z ichiga oladi: baho valyutasi; to’lov valyutasi; to’lov shartlari; to’lov vositalari; hisob-kitob shakllari hamda ushbu hisob-kitoblarni amalga oshiradigan banklar.
Baho valyutasi va to’lov valyutasi. Baho valyutasi va to’lov valyutasi tanloviga (baho darajasi, kredit bo’yicha foiz stavkasi katta-kichikligidan farqli o’laroq) ma'lum bir darajada bitimning valyuta samaradorligi bog’liqdir. eksport va import shartnoma baholari turlichadir hamda ular ushbu shartnomalarga kiritiladigan, tovarlarni eksportyordan importyorga etib berilishi bilan bog’liq (eksportyor mamlakat omborida saqlanishi, portgacha bo’lgan yo’l va portdagi saqlanish, chet eldagi yo’l, xorijdagi ombor hamda importyorga tovarlarni yetkazish xarajatlari) qo’shimcha xarajatlarga bog’liqdir. Tovarlar baholarini aniqlashning quyidagi besh asosiy tamoyili mavjud:
1.Shartnomani tuzayotgan paytda baholar qat’iy belgilanadi hamda ushbu shartnoma ijrosi mobaynida belgilangan baholar o’zgarmaydi. Ushbu uslub jahon bozorida baholarning pasayishi tendensiyasi mavjud bo’lgan paytda qo’llaniladi.


2.Shartnomaga qo’l qo’yilayotgan paytda bahoni (tovar yetkazilish kuniga bo’lgan u yoki bu tovar bozorining kotirovkalari asosida) belgilash tamoyili qayd etiladi, bahoning o’zi esa bitimning ijrosi mobaynida belgilanadi. Ushbu uslub odatda bozor baholarining ko’tarilishi tendensiyasida qo’llaniladi.
3.Shartnoma tuzilayotgan paytda baho qat’iy belgilanadi, ammo bozor bahosi shartnomadagi bahoga nisbatan aytaylik 5%dan ortiqroq hajmga o’zgarsa, u o’zgarishi mumkin.
4.Xarajatlarni tashkil etuvchi elementlar hajmini o’zgarishiga bog’liq bo’lgan sirpanuvchan baho. Masalan, jihoz (asbob-uskuna)lar yetkazib berilishiga buyurtma berilganda, yuqori kon'yunktura sharoitlarida buyurtmachi manfaatlarida cheklovlar kiritiladi (baho o’zgarishining umumiy chegarasi yoki baho "sirpanishi"ni xarajatlarning bir qismiga va qisqa muddatga tarhalishini).
5.Aralash shakli: bahoning bir qismi qat’iy belgilanadi, bir qismi esa sirpanuvchan shaklda o’rnatiladi.
Baho valyutasi bu, tovarga bo’lgan baho ifodalanadigan valyutadir. Tovarning bahosi qat’iy belgilanadigan valyutani tanlashda tovarning turi va yuqorida aytib o’tilgan xalqaro hisob-kitoblarga ta'sir etuvchi omillar, ayniqsa hukumatlararo kelishuvlarning shartlari hamda Xalqaro udumlar katta ahamiyat kasb etadi. Ba'zida shartnomaning bahosi, valyuta xavf-xatarlarini sug’urtalash maqsadida bir nechta (ikki va undan ko’p) valyutada yoki standart (SDR, EKYU- 1999 yilda "Yevro"ga o’zgartirilgan) valyuta savatida ko’rsatiladi.
To’lov valyutasi bu, importyor (yoki qarz oluvchi) majburiyatlari so’ndirilishi kerak bo’lgan valyutadir. Valyuta kursining barqarorsizligi sharoitida baholar nisbatan barqaror bo’lgan valyutada, to’lov esa odatda importyor mamlakat valyutasida belgilanadi. Agarda baho valyutasi va to’lov valyutasi o’zaro muvofiq kelmasa, unda shartnomada bir valyutani ikkinchi valyutaga qayta hisoblanish kursi o’zaro kelishiladi (yoki XVF SDR negizida qayd etiladigan pariteti, yoki valyutalarning bozor kursi bo’yicha). Shartnomada qayta hisoblanish shartlari belgilanadi: 1)ma'lum bir turdagi to’lov vositasining kursi - trattasiz to’lovlar yuzasidan telegraf pul o’tkazmasi yoki kredit bilan bog’liq hisob-kitoblar bo’yicha vekselni; 2)ma'lum bir valyuta bozorida (sotuvchi, sotib oluvchi yoki uchinchi tarafning) tuzatish va muvofiqlashtirishlar vaqti aniqlab olinadi (masalan, to’lov amalga oshirilishidan bir kun avval yoki to’lov kuni); 3)qayta hisoblash amalga oshiriladigan kurs kelishib olinadi: odatda o’rtacha kurs, ba'zida valyuta bozorini ochilishiga, yopilishiga bo’lgan sotuvchi yoki sotib oluvchi kurslari, yoki kunning o’rtacha kursi.
Baho va to’lov valyutalarining o’zaro muvofiq kelmasligi - bu, valyuta tavakkalchiligini sug’urta qilishning eng odiy uslublaridan biridir. Agarda baho valyutasining kursi (masalan AQSh dollarining) pasaygan bo’lsa, unda to’lov summasi (fransuz franklarida) mutanosib ravishda kamayadi va aksincha. Baho valyutasi kursining pasayishi xavf-xatari eksportyor (kreditor) zimmasiga, uning ko’tarilish xatari esa importyor zimmasiga tushadi.
To’lov shartlari tashqi iqtisodiy bitimlarning muhim elementidir. Ularning ichida quyidagilar farqlanadi: naqdli to’lovlar, kredit taqdim etilishi bilan hisob-kitoblar, naqdli to’lov bo’yicha opsionli kredit (tanlov huquqi bilan).
Xalqaro hisob-kitoblardagi naqdli to’lov tushunchasi deganda eksport tovarlari sotib oluvchiga yetkazib berilganidan so’ng ularga pul to’lanishi yoki tovarlar shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib berilganligi to’g’risida guvohlik beruvchi hujjatlarga qarshi bo’lgan to’lov ko’zda tutiladi. Biroq zamonaviy sharoitlarda tovar importyor mamlakatiga ko’p holatlarda to’lov amalga oshirilishi lozim bo’lgan hujjatlardan avval etib keladi va sotib oluvchi tovarlarni ularga haq to’lanishidan avval saqlash (trast) tilxati, bank kafolati evaziga olishi mumkin. Shunday qilib, tovarlar so’nggi manzil portiga yetkazib berilganidan so’ng to’lov amalga oshiriladi, tovarlar jo’natilganligi to’g’risidagi ogohnomaga qarshi amalga oshiriladigan to’lovlar bundan mustasno. Kontragentlar kelishuviga hamda sotilayotgan tovarlar xususiyatlariga bog’liq bo’lgan holda importyor ma'lum bir bosqichda to’lovni amalga oshiradi: jo’natilish portida tovarlarni yuklash ishlari tugaganligi tasdiqini olgandan so’ng; tovar hujjatlarining komplekti (schyot-faktura, konosament, sug’urta polisi va boshqalar)ga qarshi; ba'zida to’lovni 5-7 kunga, neft yetkazib berish bo’yicha esa 30 kunga kechiktirish bilan; so’nggi manzil bo’lgan portda importyor tomonidan tovarni qabul qilib olinib bo’lgandan so’ng. Tovarning turiga bog’liq bo’lgan holda ba'zi holatlarda hisob-kitoblarning aralash shartlaridan foydalaniladi: qisman hisob-kitob- tovar hujjatlari topshirilganidan so’ng amalga oshadigan to’lov; yakuniy hisob-kitob- tovarlar qabul qilib olinganidan so’ng (tovarlar so’nggi manzil portiga etib kelganidan so’ng sotib oluvchi tomonidan qabul qilib olinadi va ularning sifat xarakteristikalari tekshiriladi, chunki transportirovka davrida ularning sifati buzilgan bo’lishi mumkin).
Xalqaro to’lovlar valyutalar o’zaro almashuvi hamda tashqi savdo ishtirokchilari tomonidan bir-biriga kreditlar taqdim etish jarayonlari bilan chambarchas bog’lanib ketadi. Xalqaro valyuta-kredit va hisob-kitob operatsiyalarining o’zaro bog’liqligi ushbuda o’z ifodasini topadi. Sotilayotgan tovarning turiga (masalan, mashinalar va jihozlar) hamda sotuvchilar bozorida raqobatning kuchayishi va yangi mahsulot iste'mol bozorlarini kengaytirish maqsadida ularning kreditdan foydalanishga qaratilgan intilishlariga qarab tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha hisob-kitoblar tijorat kreditidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Tijorat krediti tovar sotuvchisi tomonidan sotib oluvchiga bir necha oydan 5-8 yilgacha, alohida holatlarda esa bundan ham katta muddatlarga taqdim etiladi. Tashqi savdo operatsiyalarida importyor tijorat krediti evaziga uni so’ndirishga qaratilgan, oddiy veksel shaklidagi qarz majburiyatini yozib beradi yoki eksportyor tomonidan berilgan o’tkaziladigan veksellar-trattalarda to’lovni amalga oshirishga yozma tarzdagi rozilik (aksept) beradi.
Tovar qiymatining ma'lum bir qismiga tijorat hujjatlari taqdim etilganidan so’ng, qolgan qismiga esa shartnomada belgilangan davrdan so’ng haq to’langanda tijorat krediti shaklidagi tovarlar uchun hisob-kitoblar naqdli to’lovlar bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin. Tashqi savdo shartnomai ijrosining ma'lum bir bosqichida shartnomadagi taraflar, tijorat kreditidan tashqari, bir-birlarini majburan kreditlashlari mumkin. Masalan, bo’nak shaklidagi to’lovlarda importyor eksportyorni, ochiq hisobvaraq bo’yicha hisob-kitoblarda esa sotuvchi sotib oluvchini kreditlaydi.
Hisob-kitoblar shartlarining muqobil shakli naqdli to’lovning opsionli kreditidir. Agarda importyor sotib olingan tovar uchun to’lovni kechiktirish huquqidan foydalansa, unda u naqdli to’lovda taqdim etiladigan diskont (skidka)dan mahrum bo’ladi. Hisob-kitoblar xalqaro muomalada ishlatiladigan turli xil to’lov vositalari, ya'ni veksellar, to’lov topshiriqnomalari, bank o’tkazmalari (pochta va telegraf), cheklar, plastik kartochkalari yordamida amalga oshiriladi. Xorijiy instrumentlar (Foreign items, ingl.) - boshqa mamlakatda deponentga olingan hamda ushbu mamlakatda to’lanishi lozim bo’lgan cheklar, veksellar (oddiy va o’tkaziladigan) va muomalaning boshqa kredit vositalari. Shartnoma to’lov shartlarining eng murakkab qismi bo’lib hisob-kitob turini tanlash hamda ushbu hisob-kitoblarni amalga oshirish ikir-chikirlarini shakllantirib izohlash hisoblanadi. Kontragentlarning bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan manfaatlarini xalqaro iqtisodiy munosabatlarda o’zaro bog’lash va ularning to’lov munosabatlarini tashkil etish hisob-kitoblarning turli shakllaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.


Shakllangan amaliyotga muvofiq zamonaviy sharoitda xalqaro hisob-kitoblarning quyidagi shakllari qo’llaniladi: hujjatli (dokumentar) akkreditiv, inkasso, bank pul o’tkazmasi, ochiq hisobvaraq, bo’nak. Bundan tashqari veksellar va cheklardan foydalanilgan holda hisob-kitoblar amalga oshiriladi. hisob-kitoblarning alohida turlari bo’yicha banklarning kafolat berish bilan bog’liq operatsiyalari xalqaro hisob-kitoblar bilan bog’liqdir (masalan, inkasso, bo’nak, ochiq hisobvaraq). Ushbu kafolatlar tashqi savdo ishtirokchilari tomonidan shartnoma bo’yicha o’z zimmasiga olgan majburiyatlar bajarilishining qo’shimcha ta'minoti bo’lib hisoblanadi. Xalqaro hisob-kitoblarning tarixan quyidagi xususiyatlari shakllangan:
1. Importyor va eksportyorlar hamda ularning banklari tashqi savdo shartnomai shartlaridan tashqarida bo’lgan rasmiylashtirish, jo’natish, tovardan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar va to’lov hujjatlarini qayta ishlash, to’lovlarni amalga oshirish bilan bog’liq ma'lum bir munosabatlarga kiradilar. Ularning o’rtasidagi majburiyatlar hajmi va javobgarlik taqsimoti hisob-kitobning aniq bir shakliga bog’liqdir.
2. Xalqaro hisob-kitoblar me'joriy milliy huquqiy dalolatnomalar hamda Xalqaro bank qoidalari va udumlari bilan muvofiqlashtiriladi. AQShdagi birxillashtirilgan savdo Kodeksi hisob-kitoblarga, shu jumladan xalqaro hisob-kitoblarga aloqador me'yorlarni o’z ichiga olgan.
3. Xalqaro hisob-kitoblar soddalashtirish ob’yektidir, bu xo’jalik aloqalarining baynalmilallashuvi hamda bank operatsiyalarining universallashuvi bilan asoslangandir. 1930 va 1931 yillarda Jenevada bo’lib o’tgan konferensiyalarda veksel va chek muomalalari borasidagi qonunchilikni soddalashtirishga hamda ulardan xalqaro hisob-kitoblarda foydalanish murakkabliklarini bartaraf etishga qaratilgan Xalqaro "Veksel" va "Chek" konvensiyalari qabul qilingan. Veksel bo’yicha birxillashtirilgan qonun ko’pchilik mamlakatlarda ushbu boradagi milliy qonunchilikning zamini bo’lib xizmat qiladi. Xalqaro savdo huquqi bo’yicha BMTning Komissiyasi veksel qonunchiligining yanada soddalashtirilishini amalga oshiradi. XX asrning boshida Parijda tashkil etilgan Xalqaro savdo palatasi dokumentar akkreditivlar va inkasso uchun Soddalashtirilgan qoidalar hamda udumlarni ishlab chiqadi va chop etadi. Masalan, inkasso bo’yicha dastlabki qoidalar 1936 yilda ishlab chiqilgan hamda 1967, 1978, 1995 yillarda qayta ishlangan edi (1996 yilning yanvar oyidan boshlab kuchga kirgan). Dunyo banklarining ko’pchiligi akkreditiv va inkasso bo’yicha mazkur Soddalashtirilgan qoidalarga qo’shilishi to’g’risida e'lon qildilar. Xalqaro savdo palatasi shartnoma kafolatlari bo’yicha qoidalarini ishlab chiqdi hamda to’lov kafolatlari yuzasidan qoidalarni tayyorlash yuzasidan ish olib bormoqda.
4. Xalqaro hisob-kitoblar odatda dokumentar xarakterga ega, ya'ni moliyaviy va tijorat hujjatlari mavjud bo’lgandagina ijro etiladi. Moliyaviy hujjatlarga oddiy va o’tkaziladigan veksellar, cheklar, to’lov tilhatlari kiradi. Tijorat hujjatlari tarkibiga esa: a)schyot-fakturalar; b)mahsulot jo’natilganligi yoki uni yuklashga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (konosamentlar, temir yo’l, avtomobil' va aviatsiya yuk hatlari, pochta kvitantsiyalari, aralash yuk tashishlarga bo’lgan kombinatsiyalashgan transport hujjatlari); v)dengiz (daryo, okean) orqali yuk tashishlarni sug’urtalovchi sug’urta kompaniyalari yoki ular agentlarining sug’urta hujjatlari, chunki eksportga mo’ljallangan yuklar odatda sug’urta qilinadi; g)boshqa hujjatlar - tovarlar kelib chiqishi, og’irligi, sifati yoki tovarlar tekshirilganligi hamda ular chegarani bosib o’tganligi to’g’risida guvohlik beruvchi sertifikatlar, firibgarlik va boshqa shu kabi qonunbuzarliklarni oldini olish maqsadida importyor mamlakat bojxona xizmatlarini yukning maqsadi haqida habardor etish uchun bojxona hamda konsullik schyot-fakturalari kiradi. Bank yuqorida zikr etilgan hujjatlarning mazmuni va taxlamining butligini tekshiradi. Shu bilan birgalikda bir qator tashkilotlar (Xalqaro savdo palatasi, Parij, SVIFT va boshqalar) tomonidan elektron shartnomalari, elektron moliyaviy instrumentlar va hisob-kitoblar (shu jumladan akkreditivlar), elektron transport hujjatlari tushunchalarini o’z ichiga olgan elektron "qog’ozsiz" savdo texnologiyasi konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda.
5. Xalqaro to’lovlar turli valyutalarda amalga oshiriladi. Shu sababli ular valyuta operatsiyalari, valyutalar oldi-sotdisi bilan yaqindan bog’liqdir. Ularni amalga oshirilish samaradorligiga valyuta kurslarining dinamikasi ta'sir etadi.
6. Xalqaro savdo palatasi tomonidan chop etilgan kafolatlar - (demand guarantees)ning Soddalashtirilgan qoidalari qo’llaniladi. Mazkur hujjatning matni tuzilayotgan kafolat matniga kiritilishi zarur bo’lgan asosiy qoidalarni o’z ichiga olgan, ular quyidagilar:
1) agarda kafolat beruvchiga mukofot to’lanmagan bo’lsa kafolatni talab qilib olib bo’lmaydi;
2) bitim to’g’risida batafsil ma'lumot;
3) e'tirozni taqdim etish uchun zarur bo’lgan hujjatlar (odatda benefitsiar banki tomonidan tekshiriladi);
4) kafolat muddati tugashini ko’rsatuvchi sana va benefitsiar tomonidan hujjatlarni kafolat beruvchi bankka taqdim etish sanasini qayd etilishi;
5) harakat muddati tugaganidan so’ng kafolat qaytarilgan bo’lishi lozim, chunki endi u hech qanday kuchga ega emas.
Xalqaro hisob-kitoblar turining tanloviga quyidagi omillar ta'sir etadi:
a)tashqi savdo bitimining ob’yekti bo’lmish tovarning turi (hisob-kitob turlari mashina va jihozlar yoki oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishida bir-biridan farqlanadi). Ayrim tovarlarni – yog’och, halla yetkazib berilishida amaliyot tomonidan yaratilgan an'anaviy shakllar qo’llaniladi;
b) kredit bitimining mavjudligi;
v) kontragentlarning o’zaro kelisha olish xarakterini belgilovchi tashqi iqtisodiy bitimlar bo’yicha to’lov layo?atliligi va nufuzi;
g) jahon bozorlarida ushbu tovar turiga bo’lgan talab va taklifning darajasi.
Xalqaro hisob-kitoblarning shartlari va shakllari shartnomada o’zaro kelishiladi.




  1. Download 59,3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish