Vimpelkom
KaR-Tal
Qozog’iston
Telekommuni-
katsiyalar
100,0
425
2004
Vimpelkom
URS
Ukraina
Telekommuni-
katsiyalar
100,0
235
2014
Vimpelkom
Mobitel
Gruziya
Telekommuni-
katsiyalar
51,0
13
2014
Yevraz
xolding
Chiaturmargan
est
Gruziya
Rangli
metallurgiya
100,0
132
2016
Transmash
xolding
Lugansk
teplovoz
Ukraina
Mashinasozlik
76,0
58
2000
Xalqaro xo’jalik aloqalarining TMK kabi samarali shaklining imkoniyatlari MDH mamlakatlari
kompaniyalarining moliyaviy, texnik va ilmiy resurslarini birlashtirish uchun yana ham kengroq
qo’llanilmoqda. Bu kabi TMKlarni tuzish uchun moliyaviy sanoat guruhlari (MSG) asos
bo’lmoqda. MDH mamlakatlariga tegishli yuridik shaxslarni birlashtiruvchi bu guruhlar
transmilliy MSG - TMSG sifatida ro’yxatga olinadi. Ular yagona texnik struktura,
marketing,
moliyaviy siyosat o’tkazish maqsadida tashkil etiladi. Hukumatlararo kelishuvlar asosida TMSG
tashkil etilganda ularga davlatlararo moliyaviy sanoat guruhlari - DMSG maqomi beriladi. MDH
mamlakatlarini TMKlarining millati ular ro’yxatdan o’tgan joyga qarab aniqlanadi.
Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, O’zbekiston iqtisodiyotida ham transmilliy korporatsiyalarni
shakllantirish mamlakatning jahon xo’jaligida va xalqaro mehnat taqsimotida munosib o’rin
egallashiga, xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’minlovchi
muhim omil bo’lib xizmat qilishi mumkin. Jahon xo’jaligining globallashuvi sharoitida
O’zbekistonning transmilliy korporatsiyalarni vujudga keltirish
- ochiq iqtisodiyotni
shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlarning bir bo’g’ini sifatida
qaralmog’i lozim. Zero, TMK O’zbekistonning dunyo mamlakatlari orasidagi nufuzining yanada
ortib borishida muhim o’rin tutadi.
O’zbekiston transmilliy korporatsiyalarini shakllantirishning eng maqbul yo’llaridan biri, bu
O’zbekiston sarmoyalarini tasarruf etish orqali Yevrosiyo, Markaziy Osiyo integratsiyasi hamda
MDH doirasida xalqaro moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishdan iborat bo’lishi mumkin.
Shundan kelib chiqqan holda, O’zbekistonda ham moliya-sanoat guruhlarini
tashkil etish va
ularni milliy korxonalar hamda boshqa davlatlarning mavjud moliya-kredit tuzilmalari hisobidan
kengaytirish masalalarini ishlab chiqish lozim. Savdo va moliya-sanoat guruhlarini tashkil etish,
O’zbekistonning transmilliy korporatsiyalarini shakllantirish uchun maqsadga muvofiq va
ob’yektiv zarurat hisoblanadi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo integratsiyasi va MDH doirasida xam o’ziga
xos xalqaro
qo’shma konsernlarni tashkil etish mumkin. Bunday kompaniyalarning tashkil topishi, hamkor
mamlakatlarning sanoat ishlab chiqarishi sohasidagi xo’jalik sub’yektlari
orasida tarixiy
murakkab kooperatsiya aloqalarining qo’llab-quvvatlanishiga, Markaziy Osiyo va MDH
mamlakatlari o’rtasidagi integratsiya jarayonlarining tezlashishi va rivojlanishiga olib keladi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, sanoati rivojlangan mamlakatlar, shuningdek «yangi
industrial
mamlakatlar»ning transmilliy korporatsiyalari ular iqtisodiyotining asosi bo’lib xizmat qiladi.
Masalan, AQSh transmilliy korporatsiyalari mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarida muhim rol
o’ynaydi va tashqi savdo aylanmasining 2/3 qismi ular hissasiga to’g’ri keladi.
Bizning sharoitimizda ham ular moliyaviy va sanoat sarmoyalarining organik hamkorligini
ta’minlovchi xo’jalik sub’yektlari faoliyatini tashkil etishning nisbatan samarali shakli bo’la
olishi mumkin.
Moliya-sanoat guruhlari, ularni davlat tomonidan maqsadli qo’llab-quvvatlash
sharoitida O’zbekiston iqtisodiyoti uchun ilg’or o’zgarishlarni vujudga keltiruvchi iqtisodiy
o’sishning eksportga mo’ljallangan ob’ekti bo’lib xizmat qilishi lozim.
TMKni shakllantirish, o’z navbatida texnologik innovatsiya jarayonlarining
tezlashuviga ham
olib keladi. Bu esa, O’zbekistonda texnik taraqqiyotning ichki omillari uchun juda katta
imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, TMKlar mamlakatimizdagi
mavjud bandlik muammolarini
bartaraf etishda ham muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: