11-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 25-mavzu XX asr oxiriga kelib Lotin Amerikasi mintaqasida 34 ta mustaqil davlat va bir necha qaram hududlar mavjud edi. Asr oxiriga kelib mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning neoliberal modeli oldingi o‘ringa chiqdi. Aslida bu model Augusto Pinochet davrida Chilida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi.
Augusto Pinochet
Mintaqada birinchi bo‘lib neoliberal islohotlar yo‘liga kirgan Meksikada 1994-yil dekabrda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz boshlandi.
Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og‘irlashdi.
Milliy valuta – peso keskin tushib ketdi, amalda milliy moliya tizimi izdan chiqdi, 20 ming korxona xonavayron bo‘ldi, mamlakat YIMi keskin tushib ketdi.
Meksika pesosi
1990-yillari «neoliberal islohot yutuqlarining namoyishi» bo‘lgan Argentina iqtisodiyoti qattiq zarar ko‘rdi.
2001-yili Argentinada defolt e’lon qilinishi jahon tarixidagi eng yirik bankrot holati bo‘lib, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi neoliberal tajribalarga nuqta qo‘ydi
XX asrning 90-yillarida Kolumbiyada qurollangan so‘l radikal harakat avj olib, ularning qo‘shinlari mamlakat hududining 40% ini nazorat qilardi. 1992-yili Peruda ham «Oydin yo‘l» qo‘zg‘olonchiterrorchilik tashkiloti faollashdi.
1994-yili Meksikada hindularning ommaviy qo‘zg‘oloni boshlandi.
XX asr oxiri – XXI asr boshlarida mintaqadagi mamlakatlar siyosiy hayotining boshqa bir xarakterli jihati kommunistik partiyalarning o‘z mavqeyini yo‘qotishi bo‘ldi. 1959-yilgi inqilobdan so‘ng o‘ziga xos kommunistik siyosiy rejim shakllangan Kubada ham shunday jarayonlar yuz berdi.
Sotsialistik tizim barbod bo‘lgandan so‘ng Kuba tashqi moddiy-texnik va moliyaviy yordamdan mahrum bo‘ldi.
XXI asr boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida integratsiyalashuv jarayonlari kuchaydi.
Bu jarayonlarning asosiy yo‘nalishi mintaqaviy erkin savdo zonalarini tuzish bo‘ldi.
2008-yildan mintaqadagi eng yirik uchta davlat – Braziliya, Meksika va Argentina G-20 («Katta yigirmalik») obro‘li klubiga a’zo bo‘lsa-da, jahon siyosatida hali katta rol o‘ynamaydi. Meksikada 1994 – 2010-yillari Meksikaga kiritilgan chet el investitsiyalari miqdori to‘rt marta o‘sdi.
Shuning 75 % i AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi.
Braziliya bugun dunyoning yirik iqtisodiyotlaridan biri, jadal rivojlanayotgan Xitoy, Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi va Rossiya bilan birgalikda BRIKS tashkilotining a’zosi hisoblanadi.
BRIKS tashkiloti a’zolari
Savol va topshiriqlar 1. Rivojlanishning neoliberal yo‘li Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun qanday ahamiyat kasb etdi va qanday muammolarni keltirib chiqardi? bilan munosabatlarida qanday modellar shakllandi? 3. XX asr oxiridan boshlab Lotin Amerikasi mamlakatlarida an’anaviy siyosiy partiyalarga aholi ishonchining so‘nib borishiga qanday jarayonlar sabab bo‘ldi? 4. Lotin Amerikasining yirik davlatlari XXI asrda qanday maqsadlarni oldiga qo‘yib rivojlanmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |