Xalqaro moliya tashkilotlarining maqsadi va faoliyatining mohiyati Xalqaro Valyuta fondi, XVF (ing. International Monetary Fund, IMF) –
Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ixtisoslashgan tashkilotlaridan bo’lib, shtabkvartirasi AQShning Vashington shahrida joylashgan. 1944 yil 22 iyulda BMTning
valyuta-moliya masalalari bo’yicha Bretton-Vudsdagi konferentsiyasida XVF
bitimining asosi ishlab chiqildi. XVF tashkil topgan rasmiy sana – 1945 yil 27 dekabr
bo’lib bunda, bitimning oxirgi varianti 29ta davlat tomonidan imzolandi. XVF o’z
faoliyatini 1947 yil 1 martdan Bretton-Vuds tizimining bir qismi sifatida boshladi. Shu
yili Frantsiya birinchi kreditni oldi. Hozirgi kunda XVF 186 davlatni birlashtirib, uning
tuzilmasida 133 mamlakatdan 2500 mutaxassis ishlaydi.
XVF – a’zo davlatlar o’rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish va
ularga to’lov balansining kamomadi bilan bog’liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet
el valyutasida qisqa va o’rta muddatli kreditlar berish yo’li bilan moliyaviy yordam
ko’rsatish uchun mo’ljallangan hukumatlararo tashkilotdir.
XVF Kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, uning maqsadlari
qatoriga quyidagilar kiradi:
– xalqaro valyutaviy muammolarni bartaraf etish borasida maslahatlar va
hamjihatlik mexanizmini ta’minlovchi doimiy institut orqali xalqaro valyutaviy
hamkorlikni rag’batlantirish;
– xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o’sishini qo’llab quvvatlash va
shu orqali bandlik va real daromadlarning etarlicha yuqori darajasini ushlab turish va
iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a’zo davlatlar resurslarining
samaradorligini oshirishga hissa qo’shish;
– a’zo davlatlar o’rtasida joriy bitimlarga doir ko’p tomonlama to’lovlar tizimini
tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi valyuta ayirboshlashdagi
cheklovlarni bekor qilishga ko’maklashish;
– a’zolarning umumiy resurslari hisobidan etarlicha xavfsiz asosda mablag’ bilan
ta’minlash orqali ularning ishonchini qozonish, va shuning asosida ularga to’lov
balansidagi nomuvofiqliklar(tartibsizliklar)ni milliy yoki xalqaro taraqqiyotga g’ov
bo’ladigan chora-tadbirlarsiz to’g’rilash imkonini berish;
– yuqoridagilarga muvofiq a’zo davlatlarning xalqaro to’lovlar balanslaridagi
nomuvofiqlik(muvozanatsizlik)larning davomiyligini qisqartirish va uning darajasini
pasaytirish.
XVF faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
– jahon valyuta tizimini nazorat qilish;
– pul siyosatidagi xalqaro xamkorlikga yordam berish;
– jahon savdosini kengaytirish;
– XVF a’zolarini kreditlash;
– valyuta ayirboshlash kurslarini barqarorlashtirish;
– debitor mamlakatlarga maslahatlar berish;
– SDR chiqarish orqali likvid mablag’larni yaratish;
– iqtisodiy siyosat va texnik yordam sohasida tavsiyalar ishlab chiqish.
– xalqaro moliya statistikasi standartlarini ishlab chiqish;
– xalqaro moliya statistikasi to’plamlarini e’lon qilish.
Jahon banki – 190dan ortiq rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarga
moliyaviy yordam ko’rsatuvchi xalqaro moliya tashkilotidir.
Jahon bankining bosh maqsadi – iqtisodiy o’sish davrini boshdan kechirayotgan
rivojlanayotgan mamlakatlarni kreditlash yo’li bilan kambag’allik darajasini pasaytirish
hisoblanadi. Kreditlar ushbu davlatdagi iqtisodiy o’sishni jadallashtirishga hamda
fuqarolarning hayot darajasini yaxshilanishiga imkon tug’diradi.
Hozirgi
faoliyatining
davrda
asosiy
Jahon banki ming yillik Deklaratsiyasiga
muvofiq
o’z
vazifalarini
belgilab
olgan.
Ming
yillikdagi
rivojlanish
maqsadlariga 2015 yilgacha erishish lozim bo’lib, u o’z ichiga quyidagilarni olgan:
– kambag’allik va ochlikga barham berish;
– umumiy boshlang’ich ta’limni ta’minlash;
– bolalar o’limini qisqartirish;
– onalik muhofazasini yaxshilash;
– VICh/SPID, malariya (bezgak) va boshqa kasalliklarga qarshi kurashish;
– atrof-muhitning barqaror rivojlanishini ta’minlash;
– rivojlanish maqsadlarida global xamkorlikni shakllantirish.
Jahon bankining Xalqaro valyuta fondidan farqi shundaki, Jahon banki faqatgina
rivojlanayotgan mamlakatlarga uzoq muddatli yordam ko’rsatadi, XVF faoliyati esa
mamlakatdagi vaqtinchalik moliyaviy inqirozni bartaraf qilishga yo’naltirilgan.
Jahon banki BMTning ixtisoslashtirilgan moliya instituti sifatida strategik
vazifalarni bajarish uchun eng qulay vositachi sifatida xizmat qilishga mo’ljallangandir,
ya’ni barcha a’zo mamlakatlarning iqtisodiyotini jahon xo’jaligi tizimi asosiy
markazlari bilan integratsiya qilishdir.
“Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
(International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro rivojlanish
assotsiatsiyasini (International Development Association) qamrab oladi. “Jahon banki
guruhi” atamasi esa, 5 ta tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya
korporatsiyasi (International Financial Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash
bo’yicha ko’p tomonlama agentlik (Multilateral Investment Guarantee Agency),
Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazini (International Center for
Settlement of Investment Disputes) o’z ichiga oladi2.
Jahon bankining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
– rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiya faoliyati;
– iqtisodiy masalalar bo’yicha maslahat va tahliliy faoliyat;
– amalga oshiriladigan dasturlar va ko’rsatiladigan xizmatlar tarkibi va
tuzilmasini muntazam to’g’irlab borish;
– boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasida resurslarni taqsimlashda vositachilik
qilish.
Har uch yilda Jahon banki guruhi tomonidan “Jahon banki guruhi faoliyatining
strategiyasi” nomli hujjat ishlab chiqiladi, ushbu hujjatdan mamlakatlar bilan bo’ladigan
xamkorlikda foydalaniladi. Strategiyaga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlari va
kambag’allik muammolarini hal qilish bo’yicha dastur hamda loyihalar kiritiladi.
O’zining faoliyati bo’yicha Jahon banki ma’lum tamoyillarga amal qiladi,
jumladan:
– rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o’sishiga yordam beruvchi
samarali kapital qo’yilmalar uchun resurslar ajratish;
– resurslar qaytishi ehtimolligi darajasini hisobga olgan holda iqtisodiy
mulohazalardan kelib chiqib investitsion qarorlar qabul qilish;
– bitta ishtirokchi mamlakat doirasida berilgan resurslarni ishlatishga
cheklovlarning mavjud emasligi;
– xodimlar faoliyatining boshqa sub’ektlarga, jumladan, mamlakatlar
xukumatiga emas balki faqatgina bank manfaatlariga yo’naltirilganligi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Jahon banki tashkilotlari guruhi dunyodagi
yirik moliyaviy mablag’lar manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
U o’zining moliyaviy resurlarini kambag’al mamlakatlardagi kambag’allik
darajasini pasaytirish hamda iqtisodiy o’sishni jadallashtirish, shuningdek, xayot sifatini
yaxshilashga sarflaydi.
Yuqorida qayd etilgan tashkilotlarning faoliyatini quyidagi ma’lumotlar asosida
ko’rib chiqamiz.