Investitsion bahslarni hal qilish bo’yicha xalqaro markaz (ing. ICSID –
International Centre for Settlement of Investment Disputes) – yuqorida ko’rib o’tgan
tashkilotlarimizdek Jahon banki guruhiga kiruvchi mustaqil xalqaro tashkilot bo’lishi
bilan qatorda BMTning maxsus tashkiloti hisoblanadi. Investitsion bahslarni hal qilish
bo’yicha xalqaro markazning maqsadi bo’lib, xalqaro investitsion bahslarni hal qilish va
tomonlarni o’zaro murosaga keltirish uchun huquqiy imkoniyatlarni ta’minlash
hisoblanadi. Markaz xususiy investitsiyalar yo’lidagi tashqi iqtisodiy to’siqlarni bartaraf
etishga qaratilgan hamda davlatlar va xususiy investorlar o’rtasidagi bahslarni hal
qiluvchi xalqaro mustaqil arbitraj tashkiloti sifatida qaraladi.
XX asrning 60-yillarida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan
mamlakatlar xamkorligini kengaytirish va ushbu mintaqalardagi o’ziga xos
muammolarni echish uchun mintaqaviy rivojlanish banklari tashkil etildi.
Mintaqaviy valyuta-kredit tashkilotlarining maqsadi bo’lib, mintaqa
mamlakatlarida ijtimoiy taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanishni qo’llab-quvvatlash,
qashshoqlik va qarzdorlik darajasini kamaytirish hamda xususiy sektor rivojlanishiga
ko’maklashish hisoblanadi.
Mintaqaviy valyuta-kredit tashkilotlarining resurslari xalqaro kapital bozorlaridan
o’zlashtirish orqali jalb etilgan mablag’lardan, ustav kapitallaridan, shuningdek, texnik
yordam ko’rsatish va imtiyozli kreditlash uchun asosan a’zo mamlakatlar badallari
hisobiga tashkil topgan maxsus fondlar mablag’laridan tashkil topadi.
Ushbu tashkilotlarning operatsiyalari iqtisodiy rivojlanishning barcha
yo’nalishlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga mo’ljallangan, lekin ustuvor yo’nalish
bo’lib iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmalar (energetika, transport, kommunikatsiya va
boshq.) rivojlanishini moliyalashtirish hisoblanadi. Banklar resurslarining sezilarli qismi
sanoatni kreditlashga yo’naltiriladi.
Mintaqaviy valyuta-kredit tashkilotlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari
quyidagilardan iborat:
- rivojlanish loyihalari va investitsiya dasturlariga o’z mablag’larini qo’yish
hamda kreditlar ajratish. Eksport-import va tijorat tashkilotlari bilan birgalikdagi
loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etish. Bunda kreditlashning turli usullaridan
foydalaniladi: aniq loyihalarni moliyalashtirish uchun qarzlar, tuzilmaviy qayta qurishni
o’tkazish uchun qarzlar, tiklash qarzlari, kredit liniyalari va boshqalar.
- a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida xususiy
investitsiyalarni oshirishni rag’batlantirish;
- rivojlanish loyihalari va mintaqaviy dasturlarni tayyorlashda, shuningdek
ushbu dastur va loyihalarni amalga oshirishda texnik yordam ko’rsatish va maslahatlar
berish.
Xalqaro moliya tashkilotlari ichida Bazeldagi Xalqaro hisob-kitoblar banki
(ing. Bank for International Settlements (BIS)) muhim o’rin egallaydi (XHKB, 1930 yil,
Bazel). Xalqaro hisob-kitoblar banki 1930 yilda 6 davlatning (Belgiya, Buyuk
Britaniya, Germaniya, Italiya, Frantsiya, Yaponiya) hukumatlararo kelishuvi hamda
ushbu davlatlarning o’z hududida faoliyat ko’rsatadigan Shveytsariya bilan
konventsiyasi asosida tuzilgan. Hozirda Xalqaro hisob-kitoblar banki 34 mamlakatning
markaziy banklaridan iborat. Xalqaro hisob-kitoblar banki ularga kreditlar beradi va depozitlarini qabul qiladi hamda ularning xamkorligiga yordam beradi. Xalqaro hisobkitoblar bankining muhim xususiyati bo’lib, xalqaro hisob-kitoblarda valyuta kliringi
bo’yicha hamda a’zo mamlakatlarning boshqa hisob-kitoblarida bank-agent
funktsiyasini bajarish hisoblanadi.
Shuningdek, Xalqaro hisob-kitoblar banki etakchi valyuta kurslarini ushlab turish
maqsadida markaziy baklarning jamoaviy valyuta interventsiyasini tashkil etadi,
xukumatlararo kreditlarda vasiy bo’ladi hamda evro bozor holatini nazorat qilib turadi.
1982 yildan boshlab XHKB XVF kreditlarini kutayotgan ayrim mamlakatlarning
xalqaro valyuta likvidliligi inqiroziga yo’l qo’ymaslik uchun markaziy banklarning
kafolati evaziga oraliq kreditlar bermoqda. Bunday kreditlarni Vengriya, Meksika,
Braziliya, Argentina va Yugoslaviya mamlakatlari olgan.
XHKB – etakchi axborot-tadqiqot markazi ham bo’lib hisoblanadi. U o’zining
tadqiqotlari asosida davriy nashrlarni chop etib boradi.
Nizom bo’yicha XHKBiga 2 asosiy funktsiya yuklatilgan: 1) markaziy banklar
o’rtasida hamkorlikka ko’mak berish, xalqaro moliya operatsiyalari uchun qulay shartsharoitlar yaratish; 2) o’z a’zolarining xalqaro hisob-kitoblarini o’tkazish bo’yicha agent
yoki ishonchli shaxs sifatida harakat qilish. Bulardan kelib chiqqan holda XHKB
quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
– oltin oldi-sotdisi va saqlanishi;
– markaziy banklar bilan depozit-ssuda operatsiyalari;
– alohida bitimlar bo’yicha hukumat ulushlarni qabul qilish;
– valyuta va qimmatbaho qog’ozlar bilan (aktsiyalardan tashqari) operatsiyalar;
– markaziy banklarning muxbiri yoki agenti sifatida jahon (valyuta, kredit,
qimmatbaho qog’ozlar, oltin) bozorlarida operatsiyalar;
– o’zaro xalqaro hisob-kitoblarga ko’mak berish maqsadida markaziy banklar
bilan bitimlar tuzish.
XHKB resurslarining asosiy manbai – markaziy banklarning chet el valyutasida
yoki oltindagi qisqa muddatli (3 oygacha) omonatlari. Ular bo’yicha foizlar to’lash
uchun bank ularni bozor sharoitlarida boshqa markaziy banklarga, xalqaro tashkilotlarga
joylashtiradi. XHKBining asosiy aktiv operatsiyasi bo’lib markaziy banklarga chet el
valyutasidagi kreditlar berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |