Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) - Osiyo va Tinch okeani mintaqasi
mamlakatlarining rivojlanish loyihalari uchun uzoq muddatga kredit ajratish bilan
shug’ullanadigan yirik davlatlararo moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Osiyo
Taraqqiyot Banki 1966 yilning 22 avgustida 15 ta mamlakat tomonidan shartnoma
imzolanishi bilan tashkil etilgan. Bank o’zining o’z kredit faoliyatini 1966 yil 19
dekabrda boshladi.
Osiyo taraqqiyot bankini tuzishdan maqsad - Osiyo va Tinch okeani
mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam
berishdan iborat.
Bugungi kunda OTBga 67 ta a’zo davlat Osiyo, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi
mamlakatlari, shuningdek, Evropa va Amerikaning sanoati rivojlangan 19 ta davlati
hisoblanib, OTB vakillari har yili ushbu tashkilotga a’zo va faol rivojlanayotgan
davlatlarning birida OTB Boshqaruvi, ushbu mamlakatning moliya vazirligi va
markaziy banki rahbarlari ishtirokida uchrashuv o’tkazadi.
OTB shtab - kvartirasi Manila shahrida (Filippin) joylashgan bo’lib, OTB
prezidenti 5 yil muddatga saylanadi.
OTB faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
– investitsiya loyihalarini moliyalashda uzoq muddatli va imtiyozli shartlar bilan
40 yilgacha bo’lgan kreditlarni yiliga 1 % dan berish; tijorat kreditlarini 3 yillik
imtiyozli davr bilan 15 yilgacha berish7;
– rivojlanayotgan a’zo mamlakatlarga ularning iqtisodiy rivojlanish rejalarini
muvofiqlashtirish, shuningdek, moliyalashga tayyorlash va loyihalarni hamda
rivojlanish dasturini amalga oshirishga yordam berish;
Bank o’z a’zolariga, tuzilmaviy va tarmoq iqtisodini davlat tasarrufidan chiqarish,
xususiylashtirishni isloh qilish, bu bilan mamlakatlarni jahon iqtisodiy hamjamiyatiga
uyg’unlashuviga ko’maklashadi.
ETTBning ta’sischilari bo’lib 40 mamlakat – Albaniyadan tashqari hamma
Evropa mamlakatlari, AQSh, Kanada, Meksika, Marokko, Misr, Isroil, Yaponiya, Yangi
Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, shuningdek, EIK va Evropa Investitsiya Banki
hisoblanadi. SSSR, Chexoslovakiya va Yugoslaviya parchalanganidan keyin paydo
bo’lgan yangi davlatlar uning a’zolari bo’lishdi. Uning a’zolari sifatida XVF a’zosi
bo’lgan har qanday mamlakat bo’lishi mumkin. 2010 yil holatiga ko’ra ETTB
aktsionerlari bo’lib 60 dan ortiq mamlakat hisoblanadi.
Shuningdek ETTB quyidagi faoliyat turlarini moliyalashtirmaydi:
2. Mudofaa sanoati.
3. Tamaki sanoati.
4. Xalqaro huquqiy me’yorlarda taqiqlangan vositalarni ishlab chiqarish.
5. Qimor biznesi.
6. Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlar va jarayonlar.
ETTB kredit-moliya siyosatining muhim yo’nalishlaridan moliyaviy sektor,
energetika, telekommunikatsiya infratuzilmasi, transport va agrobiznesni ajratib
ko’rsatish mumkin. Alohida holda xususiylashtirish sohasi ham muhim o’rin egallaydi.
Hozirgi kunda ETTB kredit liniyalaridan dunyodagi ko’pchilik mamlakatlar o’z
iqtisodiyotini rivojlantirishda foydalanib kelmoqda. Ushbu tashkilot tomonidan
ajratilayotgan mablag’lar jahon iqtisodiy holatini yaxshilanishiga ta’sir ko’rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |