Mavzu: xalqaro huquqda aholi tushunchasi, fuqaroli va fuqarolikka EGA bo’lish



Download 27,48 Kb.
bet6/6
Sana23.06.2022
Hajmi27,48 Kb.
#694600
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSTAQIL ISHI

Chet el fuqarosi - ma‘lum bir davlatning fuqarosi bo‗lmagan, ammo uninh hududida doimiy yoki vaqtincha ravishda istiqomat qiladigan, va albatta boshqa bir davlatning fuqaroligiga ega bo‗lgan jismoniy shaxsdir.

Har bir davlat o‗z ixtiyoriga ko‗ra chet el fuqarolarining o‗z hududiga kiritish tartibini hamda ularning yashash shartlarini o‗z qonunchiligi asosida hal qiladi. Ma‘lumki, ko‗pchilik davlatlar o‗z hududiga chet el fuqarolarining kirib kelishi uchun ma‘lum vaqtga maxsus ruxsat(viza) berishlari kerak. Ma‘lum bir hududiy tashkilotlar doirasida mintaqaviy kelishuv asosida viza rejimi bekor qilingan. Masalan, MDH davlatlar doirasida 1992-yilgi MDH davlatlari fuqarolarining ishtirokchi davlatlar hududida vizasiz harakatlanishi to‗g‗risidagi Kelishuv asosida vizasiz rejim qo‗llaniladi. Yevropa Ittifoqi doirasida esa ham a‘zo davlatlar uchun vizasiz rejim o‗rnatilgan. Chet el fuqarolari uchun yagona viza doirasi, ya‘ni Shengen zonasi mavjud. Har bir davlatda chet el fuqarolari uchun o‗z huquqiy rejimi mavjud, ya‘ni ularning huquq va majburiyatlarini davlatning ichki qonunchiligi va xalqaro huquq normalari doirasida belgilanadi. Davlatlar amaliyotida quyidagi chet el fuqarolari uchun huquqiy rejimlarga rioya qilinadi:


milliy rejim – mazkur davlatning chet el fuqarolariga davlatning
o‗zini fuqarolariga mansub bo‗lgan barcha huquqlarni taqdim etish. Ya‘ni chet el fuqarolari davlatning o‗zini fuqarolari bilan huquqlari
tenglashtirilish;
maxsus rejim –milliy qonunchilikka ko‗ra yoki xalqaro huquqiy
normalarga rioya qilgan holda chet el fuqarolari uchun maxsus huquqlar
taqdim etish;
ko‗proq qulaylik yaratish rejimi – chet el fuqarolari uchun
maksimal darajada davlat tomonidan qulayliklar yaratish. Mazkur rejim
asosan davlatlararo shartnomalarda e‘tirof etilgandan so‗ng amalga
oshiriladi.
Hozirgi zamon xalqaro huquqida davlat tomonidan o‗z fuqarolarining boshqa davlat hududida himoya qilinishi diplomatik va konsullik vakolatxonalari orqali amalga oshiriladi. Chet el fuqarolari harbiy xizmatni ado etmaydi, lekin ba‘zi davlatlarda (Rossiya, AQSH, Fransiya) shartnoma asosida harbiy hizmatgayo‗llanishlari mumkin.
Chet el fuqarosining oddiy fuqarolardan ikki barobar mas‘uliyati
ko‗proq bo‗ladi, chunki u istiqomat qilayotgan yurisdiksiya ostida hamda o‗z davlatining yurisdiksiyasi ostida hisoblanadi va ikkala davlat oldida majburiyatlari mavjud. Chet ellik fuqarolarning maqomi xalqaro huquqda 1985-yilgi BMTning fuqaro bo‗lmagan shaxslarga tegishli inson huquqlari Deklaratsiyasida hamda 1928 yilgi Amerikalararo chet elliklar maqomi to‗g‗risida Konvensiyalarda aks ettirilgan. Ushbu hujjatlarda har bir davlatning chet elliklarga nisbatan o‗z rejim o‗rnatish huquqi, har bir chet el fuqarosiga o‗z davlatining diplomatik va konsullik vakolatxonasiga murojaat qilish imkoniyatini yaratib berilishi, chet el fuqarolarining istiqomat qilayotgan davlat oldidagi majburiyatlari va boshqalar belgilangan. 1966-yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‗g‗risidagi xalqaro Paktda belgilangan har bir huquq fuqarolar va chet el fuqarolari uchun bir xilda kamsitishsiz davlat tomonidan ta‘minlanishi shartligi ta‘kidlangan. Ba‘zi istisno holatlarda ma‘lum huquqlar faqat fuqarolarga yoki faqat chet el fuqarolariga tegishli bo‗lishi mumkin.
Barcha chet el fuqarolari istiqomat qilayotgan davlat oldida javobgarlikga egadirlar. Ko‗pincha chet el fuqarolari istiqomat qilayotgan davlat hududida jinoyat sodir etganlarida, mazkur davlat qonunchiligi bo‗yicha javobgarlikga tortiladilar (Rossiya Federatsiyasi). Lekin ushbu holatda ikki davlat o‗rtasidagi ikkit omonlama shartnomalarda yoki boshqa xalqaro shartnomalarda belgilanligiga qarab chet el fuqarosi javobgarlik amalga oshiriladi. 1963-yilgi Konsullik aloqalari bo‗yicha Vena Konvensiyasining 36-moddasiga ko‗ra chet el fuqarolari istiqomat qilayotgan davlat vakolatli organlari konsullik vakolatxonasiga mazkur okrugga tegishli fuqaro qamoqqa olingani haqida ma‘lumot berishi shart. Masalan, ushbu Konvensiyaning normasining buzganligida AQSHni ayblab bir qator davlatlar (Meksika, Paragvay, GFR) BMTning Xalqaro sudiga murojaat qilganlar.
Download 27,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish