MAVZU:
XALQARO HUQUQDA AHOLI TUSHUNCHASI, FUQAROLI VA FUQAROLIKKA EGA BO’LISH
REJA:
1.Xalqaro huquqda aholi tushunchasi
2.Fuqarolik va fuqarolikka ega Bo’lish
3. Fuqarolikni yo’qotish va fuqarosizlik
4. CHet el fuqarolari
Xalqaro huquqda aholi tushunchasi
Hozirgi kunga kelib, Yer yuzida aholi soni kundan kunga o’sib
borishi kuzatilmoqda.
Aholi deganda, ma‘lum bir davlat hududida yashab kelayotgan va ushbu davlatning yurisdiksiyasi ostidagi barcha jismoniy shaxslar nazarda tutiladi.
|
Ma‘lum hududda yashab kelayotgan jismoniy shaxslar mazkur
davlatda ega bo’lgan o’z huquqiy maqomiga ko’ra turli kategoriyalarga
tasniflanadi:
1. Fuqarolar;
2. Chet el fuqarolari, ya‘ni boshqa davlat fuqarolari bo‗lgan jismoniy
shaxslar;
3. Apatridlar, ya‘ni fuqarolikka ega bo‗lmagan shaxslar;
4. Bipatridlar, ya‘ni ikki fuqarolikka ega bo‗lgan shaxslar.
Lekin Latviyada, yana bir maxsus maqomga ega aholi kategoriyasi
mavjud, ya‘ni ―fuqaro emaslar‖. Ushbu qo‗shimcha maqom dunyo
bo‗yicha faqat Latviyada bor va ―fuqaro emaslar‖ turkumiga 400 mingga yaqin rus millatiga mansub jismoniy shaxslar kiradi. Ular asosiy siyosiy va fuqarolik huquqlariga ega emaslar. Ushbu holat xalqaro huquq normalariga zid, albatta. Barcha davlatlarda aholining huquqiy maqomi bir xil emas, albatta. Ma‘lumki, aholining huquqiy maqomi uning huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi va har bir davlatning ichki qonunchiligiga, siyosiy-iqtisodiy rivojlanganligiga ko‗ra shakllanadi. Har bir davlatda o‗rnatilgan siyosiy
tartibga ko‗ra, undan tashqari, davlatda diniy qarashlarning o‗rniga,
ma‘naviy milliy urf-odatlarga ko‗ra belgilanadi. Va albatta, har bir
davlatning o‗z milliy qonunchiligada fuqarolar, apatridlar, bipatridlar, chet el fuqarolarning huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy aktlar mavjud. Shubhasiz, faqat davlat fuqarolari davlat oldida eng keng doirada huquq va majburiyatlarga egadirlar. Ma‘lumki, SBSEning 1989-yilgi Vena Yakunlovchi hujjati va 1966-yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‗g‗risidagi xalqaro Paktga binoan, har bir davlatning milliy, ya‘ni ichki qonunchiligi xalqaro huquqning normalariga moslashtirilishi lozim. Masalan, O‗zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi xalqaro huquq normalariga mos ravishda yaratilgan, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida aks ettirilgan normalarga muvofiqlashtirilgan. Shunday qilib, ma‘lum bir davlat hududida yashab kelayotgan barcha jismoniy shaxslar mazkur davlat yurisdiksiya ostida, fuqarolar esa maxsus yurisdiksiya ostida hisoblanadi. Faqat diplomatik va konsullik vakolatxona xodimlari, maxsus missiyalar xizmatchilari va ularning oila a‘zolari mazkur davlat yurisdiksiyasi ostida bo‗lmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |