Mavzu: Web resurslarini yaratish va ularning dasturiy va texnik muammolarini o’rganish


Elektron axborot ta’lim resurslarga doir normativ xujjatlar



Download 1,49 Mb.
bet26/64
Sana25.01.2022
Hajmi1,49 Mb.
#409741
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
Bog'liq
Kamolov A MDI tayyor

1.3. Elektron axborot ta’lim resurslarga doir normativ xujjatlar

EATR da qo’shimcha ma’lumotnoma va yordamchi materiallarni berisha quyidagi holatga e’tibor qaratish lozim, ular EATR bo’yicha taqdim etilgan asosiy ma’lumotlarga zid bo’lmasligi, bahslarni yuzaga keltirmasligi zarur.




Elektron ma’ruza matnlari – o’zida o’quv maqsadlarini foydalanish uchun tavsif etilgan asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlarini, o’z-o’zini nazorat qilishga oid savollar turkumini, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralarni kamrab olgan holda tegishli o’quv modulining o’quv dasturiga muvofiq barcha mavzularning asosiiy mazmunini qisqa yorituvchi hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari tomonidan birlamchi yangi bilimlarni olish imkoniyatini yaratuvchi elektron nashrlar sanaladi.

Odatda elektron ma’ruza matnlarining nomlari tegishli o’quv moduli nomi bilan ataladi (8-rasm).





8-rasm. Elektron ma’ruza matnlarning tarkibiy tuzilmasi

Elektron ma’ruza matnlarida o’quv materiali quyidagi ketma-ketlikda joylashtiriladi.



  1. Mavzu

  2. Dars ta’limiy maqsadi.

  3. Tayanch tushunchalar va iboralar.

  4. Asosiy savollar (mashg’ulot rejasi).

  5. O’quv materialining qisqacha bayoni.

  6. Nazorat savollari va topshiriqlari.

  7. Mustaqil ish topshiriqlari.

  8. Foydalanish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati.

Elektron shaklda tashkil etiladigan ta’lim jarayonining nazariy mashg’ulotlari odatda matnli ma’ruzaga tayanadi. Shu sababli matnli ma’ruza elektron ma’ruza matnlarining salmoqli qismini egallaydi. Odatda, o’quv dasturiga kiruvchi barcha materiallar matnli shaklda yaratiladi, keyin esa qo’shimcha ravishda audio hamda video materiallar ishlab chiqiladi. O’quv materialining bu taxlitda taqdim etilishi an’naviy ma’ruzalar ega bo’lgan kamchiliklar, xususan, zarur o’rinlarni ko’chirib olish, qayd qilish, ma’ruzachi tomonidan uni qayta-qayta takrorlashga ortiqcha vaqt sarflanishi kabilarning bartaraf etilishini ta’minlaydi. Elektron ma’ruza matnlarida zarur tushunchalarning turli rang, harflar shakli va tasvirlar orqali berilishi ta’minlaydi. Bu esa malaka oshirish kurslari tinglovchilari tomonidan ma’lumotlarning hissiy qabul qilinishini ta’minlaydi.

Ma’ruza matnlari sirasiga kiradigan audio materiallar odatda ikki:

1) On-line rejimida (AKT dan foydalangan holda);

2) Off-line rejimida (audiokassetalar, audiodisklar, fonoteka ko’rinishida fayl sifatida shakllantiriladi va tarmoq texnologiyalari orqali) tarqatiladi.

Tinglovchilarning tomonidan ma’ruzalarni eshitish ham shu kabi qulay va ixcham bo’lgan audio qurilmalar orqali amalga oshiriladi.

Video materiallar ham On-line va Off-line rejimlari orqali tarqatiladi. Bu turdagi materiallarning On-line rejimida to’g’ridan-to’g’ri uzatilishi uning an’naviy ma’ruzadan deyarli farq qilmasligini ifodalaydi. Bunda pedagog va tinglovchilarning bir-birlarini real vaqtda ko’rib, eshitib turishlari ular orasidagi masofaviy oraliqni bartaraf etadi. Shu sababli ushbu texnologiya pedagog va tinglovchilarning bevosita muloqoti asosida tashkil etilishi bilan ajralib turadi.

Off-line rejimida video materiallar vidoekassetlar va disklarga yozib olingan holda tarqatiladi. Bunday materiallar tarkibiga ma’ruza, mavzuga taalluqli ilmiy-ommabop videomateriallar, sohaning etakchi mutaxassislari bilan uchrashuvni yoritadigan videolavhalar kiritiladi. Bundan video materiallardan ixtiyoriy ravishda, istalgan joyda, vaqtda hamda takroran foydalanish imkoniyati mavjud.

Animasion ma’ruzalar tinglovchilarga interfaol xarakterga ega o’rgatuvchi kompyuter dasturlari orqali etkaziladi. Animasion ma’ruzalar multimediya texnologiyasidan foydalangan holda shakllantiriladi. Unda har bir tinglovchi o’zining psixologik-fiziologik xususiyatidan kelib chiqqan holda mazkur turdagi ma’ruzada o’z traektoriyasi, o’zlashtirish sur’ati, o’rganish usulini tanlaydi.

Elektron o’quv qo’llanma (EO’Q) - muayyan o’quv modeli bo’yicha yaratilib, bu turdagi o’quv adabiyotini yaratishga qo’yilgan talablarga to’la javob bergan xolda nashr mahsuloti sifatida chop qilinishi uchun rasman ruhsat etilgan holda qisman yoki to’laligicha elektron darslik o’rnini bosadigan yoki qo’shimcha darslik bo’lgan elektron shakldagi o’quv manba.

Bu turdagi o’quv qo’llanmaning har bir bobi yoki mavzusi bo’yicha o’quv maqsadlari keltirilishi muhim ahamiyatga ega. Binobarin, o’quv maqsadlari ta’lim oluvchining ushbu mavzu bo’yicha egallashi lozim bilim, ko’nikma va malakalar tavsifini belgilaydi.

EO’Q ning asosiy o’quv materiali bob yoki mavzuning fanning asosiy mazmunini, dalillarni, xodisalarni, texnologik jarayonlarni, ixtirolar va kashfiyotlarni, eksperimental tajribalarni va ularning bajarilishi bo’yicha amaliy-tajribaviy matnlarni, asosiy qonunlarni va qonuniyatlarni, hamda ularning natijalarini, etakchi g’oyalar va dolzarb yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.

Bu turdagi manbaning qo’shimcha matni asosiy matndagi xodisa, jarayon va ob’ektlarni o’rganish bo’yicha bayon qilingan o’quv materialini mustahkamlash va chuqurlashtirishga, amaliy ko’nikma va malakalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o’quv materialini o’z ichiga oladi.

Tushuntirish xarakteridagi matnlariga darslikdagi kabi kirish so’zi, izohlar, ilovalar, tayanch iboralari, tushuntirishlar, lug’atlar kiradi. Bunda har bir mavzu bo’yicha matnlarning tushunarli, qisqa bo’lishi,tinglovchilarga aniq tushunchalarni to’laqonli shakllantirishga xizmat qilishi zarur.

EO’Q ning didaktik qismiga har bir bobi yoki mavzusi oxirida beriladigan misollar, muammoli va qiziqarli savollar, hayotiy tajribalar va amaliy faoliyatlar kiradi. Bu kabi materiallarning berilishi malaka oshirish kurslari tinglovchilarining nazariy bilim olishlarini ta’minlabgina qolmay, shu bilan birga mavjud nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay olishga ham yo’naltiradi.

O’quv qo’llanma oxirida xulosa, adabiyotlar va boshqa manbalar ro’yxati beriladi.

Elektron metodik qo’llanma (EMK) - muayyan o’quv moduli bo’yicha yaratilib, o’zida o’quv moduli, uning bilimlari, qismlari yoki uni o’rganish metodikasiga oid matnli yoki multimediya materiallarini qamrab olgan elektron o’quv manbasi.

O’quv moduli bo’yicha muayyan mavzular bo’yicha tashkil etadigan mashg’ulot (dars) ning maqsadi, mazmuni, ma’ruza mashg’ulotlarini tashkil etish shakllari va vositalari, ulardan samarali foydalanish shartlari, amaliy, seminar mashg’ulotlarini tashkil tartibi, o’quv moduli bo’yicha BKM ni puxta o’zlashtirishga oid metodik tavsiyalar, ko’rsatmalar yoritiladi. EMK ham elektron nashrlarni chop etishga mas’ul tashkilot tomonidan ro’yxatdan o’tkazilishi asosidy huquqiy-ta’limiy maqomga ega bo’ladi.


Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish