- qaytar aloqani ta’minlash va individuallik (ta’lim jarayonida to’ldiruvchi va maslahat beruvchi dasturlar yordamida tinglovchi tomonidan o’quv modulini o’zlashtirishda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish imkoniyatining yaratilishi).
Demak, EATR ni yaratishda uning vazifasiga nisbatan qo’yiladigan funksional talablar quyidagilar sanaladi:
N.A.Muslimovning ta’kidlashicha, EATR ning eng ko’p tarqalgan turi bo’lgan EATR quyidagicha talablarga javob berishi zarur:
1) o’quv dasturi va o’quv-metodik ishlarini nashr etilishida qo’yiluvchi talablarga javob bera olishi (OTM ilmiy-metodik kengash tomonidan tasdiqlanadi);
2) EATR ning muayyan soha yo’nalishi bo’yicha birinchi bor taqdim etilayotgan yoki avval nashr etilgan metodik qo’llanmaning elektron versiyasi sifatida tayyorlanganligi va mazmunan umumiy yoki maxsus kursga taalluqligi;
3) ma’lum o’quv kursi (yoki uning bir qismi) ning mazmunini ochib berish hamda o’quv-metodik maqsadlarga erishishga imkon bera oladigan darajada hajmga egalik;
4) o’quv-metodik maqsadlarga erishishga yordam beruvchi ko’rgazmali elemenlar (maksimal darajada kompyuterning multimediya imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyati) ga egalik;
5) materialni monitor ekranida ko’rish va tarmoq bo’ylab joylashtirish xususiyatining inobatga olinganligi;
6) matnda giperko’rsatmalarining mavjudligi, zarur hollarda Web manbalari va boshqar axborot resurslarining ko’rsatilganligi;
7) tinglovchining materialni o’zlashtirish darajasini mustaqil baholanishini ta’minlovchi nazorat savollarining mavjudligi;
8) ko’plab tillarda ishlash hamda imkoniyati cheklangan tinglovchilar uchun maxsus sharoitlarning yaratilganligi.
EATR maqsadga yo’naltirilgan, shaxsining rivojlanishiga mo’ljallangan, ta’lim maqsadiga erishish uchun pedagogik metodlar va texnologiyalarning uslubiy izchilligiga ega bo’lgan pedagogik ssenariy asosida tuziladi. O’quv materiali va uning o’quv kadrlariga joylashtirilishi tuzilmasi ssenariyga mos tarzda amalga oshiriladi. SHu sababli EATR ning ssenariysini ishlab chiqishda muayyan holatlarni inobatga olish maqsadga muvofiq. Quyida keltiriladigan holatlarning EATR ssenariysini ishlab chiqishda inobatga olinishi tinglovchi tomonidan undan oson va qulay foydalana olishi uchun imkoniyat yaratadi:
1) barcha o’quv material mantiqiy tugallangan bo’lishi, har bir modulda bitta mavzu yoritilishi, har bir dars nazariy va amaliy qismlar, test uchun mashqlar bo’limi, uy vazifalari bo’limidan tashkil topgan bo’lishi;
2) oynada namoyon bo’ladigan, kadrga joylashtiriladigan nazariy qismni tashkil qiluvchilar, tasviriy multimedia materiali o’rganilayotgan materiallarni idrok etish, tushunish, esda saqlab qolish, va o’zlashtirishni kuchaytirishda katta ahamiyatga egaligi e’tibordan chetda qolmasligi, tasviriy materiallarni joylashtirishda ergonomika talablariga rioya qilish;
3) kadrda joylashtirilgan matnli materiallar mazmunan tugallangan bo’lishi;
4) bilimlar va mavzular bo’yicha xarakatlanish erkin ravishda amalga oshirilishi (zero, shu tarzda tinglovchi o’tilgan mavzularni takrorlashi yoki uni nima kutayotganligini bilish maqsadida biroz oldindagi materiallarga nazar solishi mumkin), bo’limlar va mavzularga mos tarzda gipermatnli mundarijadan foydalanish;
5) EATR darslik aniq o’quv fanining o’ziga xosligini belgilovchi har bir bo’lim bo’yicha mazmunni, nazorat savollari, mashqlar va topshiriqlardan tashkil topishi hamda ushbu bo’limlarda o’quvchining elektron darslik bilan interfaol dialogdan faol foydalanish (bo’limni mashqlar yoki topshiriqlar to’plami bilan almashtirish kerak emas, aksincha, taklif etiladigan nazorat savollari tinglovchi ayni damda o’rganayotgan va bu materialni yaxshi o’zlashtirishga xizmat qiladigan asosiy o’quv materialining matniga bevosita bog’liq, shuningdek, tinglovchining bo’lim bo’yicha u yoki bu savollarga, mashqlarga va topshiriqlarga murojaat etish vaqti pedagogik ssenariy bo’yicha belgilangan bo’lishi kerak);
6) EATR dagi asosiy tushunchalar, atamalar, ta’riflar haqida tezkor ma’lumot olishga imkon beruvchi izlash tizimlariga ega bo’lish;
7) ma’lumotnomaga kirish EATR ning har qaysi sahifasidan oson amalga oshirilishi;
8) EATR tinglovchining joriy va yakuniy nazorat bo’yicha test-sinovini o’tkazishni ta’minlaydigan tizimiga ega bo’lishi, tinglovchining testlarga murojaat etishi pedagogik ssenariyda belgilangan bo’lishi;
9) EATR “Ta’lim elektron resurslariga qo’yiladigan umumiy sanitariya-gigiena talablari” da ko’rsatilgan qoida va me’yorlariga to’la javob berishi.
EATR ni yaratish ham har qanday mahsulotni yaratish kabi muayyan jarayonda, bir necha bosqichda kechadi. Mavjud bosqichlarda EATR ni yaratish uchun taqozo etiladigan pedagogik, o’quv-metodik va funksional talablar inobatga olingan holda aniq vazifalar hal etiladi. EATR ni yaratish bosqichlarining tizimlashtirilishi ana shu yo’lda tashkil etiladigan ijodiy faoliyatni muayyan izchillikda, ketma-ket, aniq maqsad asosida ma’lum vazifalarni hal etib borilishini ta’minlaydi. Qolaversa, EATR ni yaratish bosqichlari bu turdagi intelektual mahsulotning rasmiylashtirilishi va tegishli mas’ul organlar tomonidan e’tirof etilishi uchun zamin tayyorlaydi.
EATR ni yaratish quyidagi bosqichda kechadi (5-rasm):
5-rasm. EATR ni yaratishning asosiy bosqichlari.
EATR – elektron o’quv metodik manbalar ham o’ziga xos o’rin tutadi.
Bu turdagi o’quv manbalari o’zida o’quv modulining ishchi o’quv dasturi, ma’ruzalar matni, seminar va amaliy mashg’ulotlar bayoni, referatlar mavzulari, sinov va nazoratlar, tinglovchilar uchun o’quv modulini samarali o’zlashtirishga oid metodik tavsiyalar, o’quv moduli asoslarini mustaqil o’zlashtirishga imkon beruvchi adabiyotlar ro’yxati kabi materiallarni qamrab oladi.
EATR ni asosiy elementlari quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |