Mavzu: 4-amaliy mashg’ulot. Eritmalar tayyorlash.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad:O`quvchilarning eritma tayyorlash bo`yicha tushunchalar
berish amaliy mashg`ulot yordamida bilim, ko`nikma va
malakasini oshirish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi:An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsning bayoni.
Kutiladigan natijalar.
Bilim: Eritmalar tayyorelash ularning turlari haqida bilish.
Ko`nikma: Moddaning massa ulishini bilish, foiz konsentratsiya, molyar
konsentratsiya, normal konsentatsiya haqida bilish
Malaka: Moddaning massa ulishini bilish, foiz konsentratsiya, molyar
konsentratsiya, normal konsentatsiya haqida amaliy mashg`ulotlar o`tkazib bilish
Massa ulushi 0.05 bo`lgan osh tuzining eritmasidan 50 gramm tayyorlash uchun zarur bo`lgan osh tuzi va suvning massalarini hisoblab toping.Hisoblab topilgan tuz miqdorini tarozida suvni esa o`lchov probirkasi yordamida o`lchab olinadi.Tortib olingan tuzni kolbaga solib, ustiga o`lchangan suv quyiladi va bir jinsli eritma hosil bo`lguncha aralashtiriladi.Tayyorlangan eritma idishga quyiladi. Idishfga tuzning formulasi, eritmaning konsentratsiyasi va tayyorlangan vaqti yozilgan etiketka yopishtiriladi. Olib borilganHisobotlarni kiritgan holda bajarilgan ish yuzasidan hisobot yozing. Massa ulushi 0,06 bo‘lgan osh tuzining eritmasidan 50 gtayyorlash uchun zarur bo‘lgan osh tuzi va suvning massalari hisoblab topiladi. (Izoh: Laboratoriya imkoniyatlaridan foydalanib, turli moddalarning har xil konsentratsiyalardagi eritmalarini tayyorlash mumkin). Hisoblab topilgan tuz miqdorini tarozida, suv esa o‘lchov probirkasi yordamida o‘lchab olinadi . (Izoh: Tarozida tortish qoidalari va suyuqliklarni o‘lchash qoidalarini eslang). Tortib olingan tuzni kolbaga solib, ustiga o‘lchangan suv quyiladi va bir jinsli eritma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyorlangan eritma idishga quyiladi. Idishga tuzning formulasi, eritmaning konsentratsiyasi va tayyorlangan vaqti yozilgan etiketka yopishtiriladi. Olib borilgan hisoblashlarni kiritgan holda bajarilgan ish yuzasidan hisobot tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |