Mavzu: Eritmada erigan moddaning massa ulushi, molyar va normal konsentrsiyasi.
Molyar va normal konsentrasiyasi
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad:Eritmada erigan moddaning massa ulushi, molyar va normal konsentrsiyasi. Molyar va normal konsentrasiyasi haqida bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishdan iborat.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi:An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1.Eritmada erigan moddaning massa ulushi. 2.Molyar konsentrsiyasi. 3. Normal konsentrasiyasi
Yangi darsning bayoni.
Oldingi mavzuda aytib o‘tilganidek, eritma tarkibini ifodalashda komponentlar tabiati va miqdori ko‘rsatilishi lozim. Bu nisbiy miqdorlar konsentratsiyalar deb ataladi. Kimyoda ko‘pincha to‘yinmagan eritmalardan foydalaniladi. Rux metalining turli konsentratsiyali sulfatkislotasi eritmasi bilan ta’sirlashuvi. To‘yingan eritma — ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha erita olmaydigan eritma.
-To‘yinmagan eritma — ayni haroratda to‘yingan eritmada mavjud erigan moddadan kam miqdorini tutuvchi eritma.-Erigan modda miqdori juda oz bo‘lsa — suyultirilgan eritma deb ataladi.-Erigan modda miqdori yetarlicha yuqori bo‘lsa — konsentrlangan eritma deb ataladi.
K imyoviy amaliyotda eritmada erigan modda miqorini ifodalovchi quyidagi kattahklardan ko' p foydalaniladi: 1.Massa ulushi (ω) — erigan modda massasini (m1)
eritma massasiga (m2) nisbati bo‘lib, odatda
1 dan kichik sonlarda ifodalanadi
2. Foiz konsentratsiya (C, %) — erigan modda massasining (m1) eritma massasiga (m2) nisbatining foizlarda ifodalanishi. Bunda eritma massasi 100% ni tashkil etadi deb olinadi, demak C% 100;
Molyar konsentratsiya (CM) — erigan modda miqdorining (mollarda — M) eritma hajmiga (V) nisbati, ya’ni 1 l (1000 ml) eritmada 1 mol modda erigan bo‘lsa, 1 M (bir molyar) li eritma deb ataladi:. Bu yerda M—moddaning molyar massasi.
Normal konsentratsiya (CN) — erigan modda ekvivalent sonining (E) eritma hajmiga (V) nisbati, ya’ni 1 l (1000 ml) eritmada 1 g-ekv modda erigan bo‘lsa 1 n (bir normal) li eritma deb ataladi:. Bu yerda E—moddaning ekvivalent soni.Normal konsentratsiyasi berilgan eritmalardan foydalanib, erigan moddalar o‘zaro qoldiqsiz ta’sirlashishi uchun shu eritmalardan qanday hajmlarda olish kerakligini oson hisoblab topib olish tnumkin. Biron-bir A moddaning V1/N1, konsentratsiyali eritmasi boshqa B moddaning V2/N2 konsentratsiyali eritmasi bilan ta’sirlashganda A moddaning V1·N1, ekvivalent miqdori B moddaning V2 ·N2 ekvivalent miqdori bilan reaksiyaga kirishadi. Moddalar ekvivalent miqdorlarda reaksiyaga kirishishini bilganimiz holda quyidagi tenglikni keltirib chiqaramiz: V1·N1 = V2·N2 yoki V1:V2 = N2:N1. Shunday qilib, reaksiyaga kirishayotgan moddalar eritmalarining hajmlari ularning normalkonsentratsiyalariqiymatigateskariproporsionaldir. Bu bog‘liqlik asosida nafaqat reaksiya uchun zarur bo‘ladigan eritmalar hajmlarini, balki bu hajmlar bo‘yicha sarflanadigan eritmalarning konsentratsiyalarini ham hisoblab topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |