Mavzu: Vodorodning olinishi. Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad



Download 199,67 Kb.
bet13/31
Sana14.04.2022
Hajmi199,67 Kb.
#549857
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
7- sinf III chorak yangi konspekt 2019-2020

Yangi darsni rejasi.
1.Eritmalar va ularning konsentrasiyasi. 2.Eritmalarning ahamiyati.
Yangi darsning bayoni.
Eritma - erituvchi, erigan modda va ularning o‘zaro ta’sirlashuv mahsulotlaridan iborat bir jinsli tuzilmadir. Eritmada modda molekula yoki atomgacha bo‘lgan holatda maydalangan bo‘lib, 10-9 m atrofida yoki undan kichik o‘lchamlarda bo‘lgani uchun erituvchi molekulalari orasida taqsimlangan, tarqalgan bo‘ladi. Masalan, aptekalardagi yodning spirtdagi eritmasida yod molekulalari spirt molekulalari orasida tarqalgan bo‘ladi. Bu eritma tiniq, filtrdan o‘tganda hech narsa qolmaydi. Bu eritmalar haqiqiy eritmalar deb ataladi.Eritmalar suyuq, qattiq, gazsimon bo‘ladi. Suyuq eritmalarga: tuz, qand, spirtning suvdagi eritmasi; erigan modda deb qabul qilamiz.Bu terminlar qulay bo‘lishi uchun qabul qilingan, chunki, eritma hosil qilish uchun ikki komponent aralashtirilar ekan, ularni qat’iy chegaralash mumkin emas. Toza suyuqlik va qattiq moddadan eritma hosil qilishda, odatda, suyuq komponent erituvchi deb qabul qilinadi. Erigan modda qattiq, suyuq, gazsimon bo‘lishidan qatiy nazar, eritma tarkibi haqida gapirganimizda erigan moddaning erituvchiga nisbatini hisobga olishga majburmiz. Shu nisbiy miqdor - konsentratsiya deb ataladi va uni ifodalashda turli kattaliklardan foydalaniladi.
Odatda kimyoda konsentratsiya 1 og‘irlik qism eritmada mavjud erigan modda massa ulushlarida, 100 geritmada mavjud erigan modda foizlarida, 1 l eritmada mavjud erigan modda mollari yoki ekvivalentlari orqali ifodalanadiEritmalar inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Eritmalarning eng katta sinfi albatta suvli eritmalardir. Suv tirik organizmda erituvchi, ozuqa moddalarni tashuvchi, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi turli jarayonlar amalga oshuvchi muhit (tana haroratini me’yorlashtirish, tanadan turli zararli moddalarni chiqarib yuborish kabi) sifatida alohida o‘ringa ega. Inson tanasining uchdan ikki qismi turli eritmalar shaklidagi suvdan iborat. Qon 83%, miya va yurak 80%, suyaklar 20—25% atrofida suv tutadi. Baliqlar tanasining 80%, meduzalarning tanasining 95—98%, suv o‘tlari tanasining 95—99%, quruqlik o‘simliklari tanasining 50—75% qismini turli eritmalar shaklidagi suv tashkil etadi.Tirik organizmlar xujayrasining asosiy komponenti suvli eritmalar bo‘lib, ular tiriklikni ta’minlovchi hayotiy jarayonlar borishi uchun muhit yoki bevosita ishtirokchi sifatida ahamiyatga ega.Asosiy ozuqa manbalarimizdan bo‘lgan o‘simliklarga suv asosan tuproq orqali o‘tadi. Hosildorlikning asosiy sharti ham suvdir. Suv tuproqdagi organik va mineral moddalarni eritib, o‘simlikka yetkazib beradi. Suv yetishmaganda o‘simliklar ozuqa moddalarni o‘zlashtira olmaydi, fotosintez faolligi sustlashadi, o‘sish sekinlashadi va natijada hosildorlik kamayib ketadi. Suv — erituvchi, uningsiz sanoat jarayonlarini ham tasavvur qilish qiyin. Suv juda ko‘plab kimyoviy reaksiyalar amalga oshishi uchun ajoyib muhit bo‘lib hisoblanadi. Suvsiz terini oshlash va qayta ishlash, gazlamalarni ohorlash va bo‘yash, sovun va boshqalarni ishlab chiqarish mumkin bo‘lmay qolar edi.Suv tibbiyotda turli dorivor eritmalar tayyorlashda va ulardan turli kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Oddiy minerallashtirilgan suv har xil dorivor tuzlar eritmasi bo‘lib, bir qancha kasalliklarni davolash, oldini olish uchun iste’mol qilinadi.Turli moddalarning suvli eritmalari inson hayotini turli qulayliklar bilan ta’minlashda keng ishlatiladi, masalan, kislota va asoslar eritmalari oddiy energetik akkumulyatorlarda qo‘llanilib, harakat vositalari, avtomobillarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.Suvdan tashqari benzin, turli spirtlar va organik kislotalar eritmalari ham inson hayotida mustahkam o‘ringa ega. Etil spirtidan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, dorivor preparatlargacha yoki turli mexanizmlarni sovutishda ishlatiladigan antifrizlardan turmushda keng foydalaniladi.

Download 199,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish