Mavzu: Vodorodning olinishi. Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad



Download 199,67 Kb.
bet11/31
Sana14.04.2022
Hajmi199,67 Kb.
#549857
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
7- sinf III chorak yangi konspekt 2019-2020

Yangi darsning bayoni.
Suv inson hayoti va amaliy faoliyatida katta ahamiyatga ega. Oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zlashtirish jarayoni oziq moddalarni suv yordamida eritma holiga o‘tkazish bilan bog‘liqdir. Barcha muhim fiziologik suyuqliklar (qon, limfa va b.) suvli eritmalardir. Asosida kimyoviy jarayonlar yotadigan ko‘plab ishlab chiqarish sohalarida suvli eritmalardan foydalaniladi.
Suyuq eritmalar — ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat suyuq gomogen (bir jinsli) tuzilmalardir.Yer yuzining umumiy sathi 510100000 km2 bo‘lsa, shundan 375000000 km2 suv bilan qoplangan. Okean va dengizlardagi suv (ularda erigan tuzlarni hisobga olmagan holda)1,4∙1018t, quruqlikdagi chuchuk suv va muzliklardagi suv 4∙l015t, tirik organizmlar va tuproq, tog‘ jinslari tarkibidagi suv 1017t atrofida massaga ega. 70 kgog‘irlikdagi odam tanasida ≈49 kg suv bo‘ladi, ba’zi meduzalar tanasining 98% i suvdan iborat bo‘ladi.Tabiatda suv juda ko‘plab tuzlarni eritgan holda bo‘ladi. Ganga yoki Missisipi kabi daryolar yiliga 100000000 t gacha, dunyodagi barcha daryolar Dunyo okeaniga 2735000000 t tuzni eritib tashib keltiradi.Umuman olganda suvda deyarli barcha moddalar eriydi.
Ba’zi moddalar juda yaxshi, ayrimlari o‘rtacha, yana bir xillari yomon eriydi.Yomg‘ir suvi atmosferaning quyi qavatlaridan o‘tadigan qisqa vaqt ichida o‘zida sezilarli darajada turli moddalarni erita oladi va bug‘latilganda 1000 gyomg’ir suvidan 3-5g qattiq qoldiq qoladi. Tuproqqa tushgan suv tarkibida erigan moddalar tuproq va tog‘ jinslaridagi tarkibiy qismlar bilan kimyoviy ta’sirlashib, tabiatda uzluksiz davom etadigan tuproq hosil bo‘lishi, tog‘ jinslarining yemirilishi va yangi minerallar hosil bo‘lish jarayonlarida faol ishtirok etadiSuv shunday erituvchi moddaki, u gazlarni ham (kislorod, vodorod, karbonat angidrid va b.), suyuq moddalarni ham (spirt, kislotalar va b.), qattiq moddalarni ham (tuzlar, minerallar va b.) erita oladi.Bizning nazarimizda erimaydigandek ko‘rinadigan moddalar ham suvda biroz bo‘lsa-da eriydi. Sheele 12 kun davomida distillangan qor suvini kolbada qaynatib, kolba devori bir oz yeyilganini aniqlagan. Lavuazye 101 kun davomida og‘irliklari tortilgan kolbada aniq miqdor suvni qaynatib, idish og‘irligi ma’lum miqdorga kamayganligini va bu miqdor suvni bug‘latgandan keyin qolgan qoldiq miqdoriga tengligini aniqlagan. Demak, shisha ham oz miqdorda bo‘lsada suvda erigan. Eruvchanlik — moddaning erish qobiliyati.Suvda biror modda, masalan, qand erishini kuzatamiz. Xona haroratida (20°C) 100 g suv 200 gqandni erita oladi. Undan ortiq miqdor qand bu haroratda boshqa erimaydi. Shu eritma to‘yingan eritma deb ataladi, chunki unda ortiqcha miqdor qandni eritib bo‘lmaydi. Eruvchanlik o‘lchami moddaning ma’lum sharoitda to‘yingan eritmadagi miqdori bilan belgilanadi. To ‘yingan eritma − ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha erita olmaydigan eritma.Eruvchanlik100 gerituvchida moddadan qancha erishi bilan belgilanadi. Agar 100 gerituvchida modda 10 gdan ortiq erisa − yaxshi eruvchan, 1 gdan kam erisa − oz eruvchan, 0,01 gdan kam erisa amalda erimaydigan modda hisoblanadi.Ko‘pchilik qattiq moddalarning eruvchanligi harorat ortishi bilan ortadi. Buni grafik tarzda ifodalash mumkin.Gazlarning eruvchanligi harorat ortishi bilan kamayib boradi (suv qaynaganda undagi erigan gazlar chiqib ketadi). Lekin bosim ortishi ularning eruvchanligini ortishiga olib keladi (mineral suvli idish ochilsa, idish ichidagi bosim kamayadi va erigan karbonat angidrid shiddat bilan ajralib chiqa boshlaydi).

Download 199,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish