2-rasm. Uzumni organaleptik hususiyatini saqlash Tojikistonning Hisor vodiysida uzum sifatiga va hosildorligiga sug’orishning ta’sirini o’rgandilar. Shunga ko’ra eng istiqbolli sug’orish tomchilatib sug’orish usuli deb qabul qilindi.
Tok tupida shingillar og’irligi 14-15dan 7-8 tagacha kamaytirishni uzumni hosildorligiga 157.3 s /ga kamaytirilgan shunga muofiq 100 dona uzum donasining vazni 510 g dan 564 g gacha oshdi, 6 oy davomida saqlash davrida chirish natijasida nobudgarchilik 3.03 dan 9.4% gacha oshgan.
Urug’siz korinka chyornaya, kishmish yumaloq oval shaklidagi qora va sariq navlarinang gibbirillin bilan ishlov berilganda meva donachalari ko’pchilik hollarda ular chuziq shaklga ega bo’ladi buning natijasida uzum shingilining vazni ortadi, hosildorligi diyarli ikki baravar ortadi. Gul to’plamlarining gibbirillin bilan ishlov berilganda uzum yetilishi ancha jaldal boradi, natijada to’liq yetilish davri erta boshlanadi.
Ayrim hollarda gibbirillin bilan ishlov berilgan to’plamlari yetilishi kechikib, hosil yeg’ish davrida qand miqdori kamaygan, bu o’z navbatida tok tupining hoslini ko’payib ketishiga sabab bo’ladi, chunki, barg yuzasi qand to’plash uchun fotosintetik jarayonini tez bajara olmaydi. Faqatgina to’g’ri tanlangan texnologiya asosida quritilgan uzumdan yuqori sifatli kishmish va mayiz mahsulotlari olinishi mumkin.
Buning uchun mahsulot olish uchun qulay sharoit yaratilgan bo’lishi inobatga olinadi:
1. O’rtacha sutkalik harorat vegitasiya davri.
2. Yog’ingarchiligi kam va ma’lum darajadagi quruq bo’lgan yoz fasli.
3. Uzoq davom etadigan quruq yuqori sutkali haroratga ega bo’lgan kuz havosi.
4. Yoz va ayniqsa kuz davrida havo almashinishining yaxshi tashkil etilishi.
5. Yuqori sifatli quritilgan mahsulot beruvchi uzum navlari.
1.4. Mayizbop uzum navlari hosilini terish Terish – uzum yetishtirish texnologik zanjirini muhim halqasi bo’lib, yetishtirishni va sotuvga yoki quritishga yo’naltirilganligini anglatadi. Terishning samarasi shundaki qolgan hosil o’z vaqtida nes nobuudsiz terib olinsa olingan mahsulotlar sifati ham yuqori bo’ladi.
O’z vaqtida qurtilgan mahsulot saralab saqlashga quyish, shingillarini quritishga tayyorlash sifatli quritilgan mahsulot olish imkonini beradi.
Ma’lumotlarga ko’ra, quritilgan mahsulotlar sifati uzumni terish vaqtiga bog’liq ekan.
Terilgan uzum 12 soat mobaynida quritish maydoniga joylashtirish lozim.
Mevalarni quritish uchun sarf bo’ladigan umumiy energiyani 90%i quritish jarayonida sarf bo’lar ekan; quritish vaqti yuqori bo’lsa o’z navbatida energiya sarfi ham yuqori bo’ladi; tabiiy quritish 25-30 kun davom etib 1 tonna quruq mahsulot ishlab chiqarish uchun 56527 kJ energiya sarflanadi; sun’iy quritish davomiyligi o’rtacha 4-12 soatni tashkil etib 1 kg quruq mahsulot ishlab chiqarish uchun 5860-6938 kJ energiya sarf bo’lar ekan.