Mavzu: urug'lik paxta sifatiga qo'yiladigan talablar reja: Kirish. Asosiy qism



Download 116,5 Kb.
bet4/9
Sana11.06.2022
Hajmi116,5 Kb.
#655630
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
URUG\'LIK PAXTA SIFATIGA QO\'YILADIGAN TALABLAR

kam tukli urug’lik chigit – tukliligi urug’lik chigitning dastlabki massasidan 2,5
foizdan ko’p bo’lmagan urug’lik chigit;
kapsulalangan urug’lik chigit – unuvchanlikni oshirish va har xil kasalliklardan
saqlash maqsadida chigit usti suvda eriydigan yupqa biologik aktiv
polimer qobiq bilan qoplangan urug’lik chigit;
paxta g’arami – selektsion navi, avlodi va sanoat navi, tipi, sinfi bir xil bo’lgan
paxtani qabul qilish maskanlarida maxsus saqlash maydonchalarida g’aramlash;
reproduktsion urug’liklar – elita urug’liklardan olinadigan keyingi avlod
urug’liklar;
tabiiy tuksiz urug’lik chigit – ingichka tolali urug’lik paxtalarni g’o’lali jinlash
jarayonida olingan urug’lik chigit;
tukli urug’lik chigit – urug’lik paxtalarni linterlash jarayonidan olingan urug’lik
chigit;
tuksiz urug’lik chigit – tukli urug’lik chigitlarni aniq ekish apparatlarida ekish
maqsadida mexanik yoki kimyoviy (kontsentrlangan kislotali eritmalar yordamida)
usullarda tayyorlangan urug’lik chigit;
urug’lik paxta – har bir paxta tupining uchinchi hosil shoxidan 7...8-hosil
shoxlarigacha pishib ochilgan ko’saklardan qo’l bilan terilgan, maxsus mashinalar bilan
terilganda esa 60...65 foiz ko’saklar ochilgan urug’lik daladan terilgan va ekish uchun
chigit olishga mo’ljallangan paxta xomashyosi;
urug’lik chigit – urug’lik paxtani dastlabki ishlash natijasida olingan, ekish uchun
mo’ljallangan chigIT urug’lik to’dasi – bir turdagi (muayyan ekin, nav, reproduktsiya, toifa, genetik
(nav) tozalikdagi, muayyan yil hosilidan olingan) kelib chiqishi bir hujjat bilan
tasdiqlangan maxsus jamlangan urug’likning bir xil mikdori;
Tukliligi bo’yicha tuksiz va kam tukli urug’lik chigit belgilangan tartibda
tasdiqlangan namunalarga mos kelishi kerak.
Tuksiz va kam tukli chigit tayyorlash bo’limiga yuborilgan tukli urug’lik
chigitlarning mexanik shikastlanganligi 4,0% dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Tuksizlantirilgan urug’lik chigitning ekish uchun mo’ljallangan fraktsiyasining
o’lchamlari bo’yicha bir tekisligini 94% dan kam bo’lmasligi, to’kilgan dorilash
aralashmasining mavjudligi esa 0,5% dan oshmasligi kerak.
Urug’lik chigitlarda begona aralashmalar, begona o’t urug’i, tirik zararkunanda va
ularning lichinkalari bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Kuygan chigit mavjud urug’lik chigit
ekishga ruxsat etilmaydi.
Urug’lik chigit qoplarga joylanadi. Dorilangan urug’lik chigitlar GOST 2226
bo’yicha uch qatlamli qog’oz qoplarga 30 kg.dan oshmasdan qoplanishi kerak. Har bir
qopning og’zi zich qilib berkitilgan bo’lishi kerak.
Qoplangan urug’lik chigit GOST 14192 bo’yicha belgilanadi, har bir qop ustiga
korxona nomi, mahsulot nomi, hosil yili, to’da tartib raqami, selektsion navi, avlodi,
unuvchanligi va O’zDst 663:2006 “Urug’lik chigit. Texnikaviy shartlari” standarti asosida
belgilanishi va O’zbekiston hududidan tashqariga tarqatiladigan bo’lsa “O’zbekistonda
ishlab chiqarilgan
” so’zlari ko’rsatilgan yorliq yopishtiriladi.
Tuksizlantirilgan chigit uchun yorliqda qo’shimcha ravishda tuksizlantirish usuli
ko’rsatiladi. Dorilangan chiqit qoplariga GOST 19433 bo’yicha “Zaharli modda bilan
dorilangan” so’zlari yoziladi.
Urug’lik chigit tayyorlash jarayonidagi texnologik rejimlari shunday tanlash
kerakki, bunda tozalash va saralash mashinalaridan chiqayotgan tukli fraktsiyalarni
chiqishining umumiy miqdorini dastlabki chigitning unuvchanligi 95% dan 100% gacha
bo’lgan hollarda 5% gacha, unuvchanligi 90% dan 94% gacha bo’lgan hollarda 10% gacha
miqdorda bo’lsin. Tuksizlantirilgan texnik chigitning chiqish miqdori esa 5% ga teng qilib
qabul qilish tavsiya etiladi.
2.3. Urug’lik paxta xom ashyosini yig’ib-terib olish va saqlash.
Urug’lik paxta xo’jaliklardan tayyorlov punktlariga maxsus avtomashinalarda yoki traktor pritseplarida qop-qanorsiz tashib keltiriladi. Paxta tayyorlash punktlarida quyidagi ishlar bajariladi: xo’jaliklar topshirayotgan chigitli paxta tarozida tortiladi qop-qanorsiz qabul qilingan chigitli paxta ishlanadigan yoki saqlanadigan erga tushirilib g’aramlanadi; g’aramlarning yon tomonlari tekislanadi, usti brezent bilan yopiladi hamda tonnel va quduqlar qaziladi; chigitli paxta quritish-tozalash sexiga va sex ichida tashiladi; chigitli paxta avtomashina va traktor pritseplariga ortiladi; paxta tozalash zavodlaridan yoki temir yo’l vagonlarida qoplangan holda keltirilgan urug’lik chigitlar tushiriladi.

Paxta tozalash zavodlarida quyidagi ishlar bajariladi: paxta tayyorlash punktlaridan keltirilgan chigitli paxta qabul qilib olinadi, ya’ni tarozida tolrtiladi, maydonga yoki omborga tushiriladi chigitli paxta quritish-tozalash sexiga yoki zavodning asosiy sexlariga tashiladi; chigitli paxta va chigit sexlararo tashiladi; chigit texnologik jarayonda uzluksiz tortiladi va saqlanadigan joyga tashiladi; chigit avtomashinalarga va temir yo’l vagonlariga ortiladi; urug’lik chigit qoplanadi va ular saqlanadigan joyga tashiladi; o’luk va tolali chiqindilar sexlararo tashiladi; tola va momiq press yashigiga solinadi tayyorlangan tola, momiq va tolali chiqindilartoylari yuk ortish maydoniga tashiladi, taxlanadi; toylar temir yo’l vagonlariga ortiladi; arrali tsilindrlar jin sexiga, ishlangan arrali tsilindrlar esa arra sexiga tashiladi; tayyorlangan sim yoki tasma belbog’lar press sexiga tashiladi.

Yuqoridagi keltirilgan ishlar asosan mexanizatsiyalashtirilgan bo’lib, ularni bajarishda har xil tashish vositalaridan foydalaniladi. Tashish vositalari pnevmatik va mexanik turlarga bo’linadi. Urug’lik paxtani pnevmatik tashuvchi vositalarida tashish Pnevmatik tashish vositalari paxta tozalash sanoatida juda keng tarqalgan bo’lib, chigitli paxta va tolani sexlararo va sex ichida tashishda ishlatiladi. Pnevmatik tashish vositalari havo so’rish va havo haydash usullarida ishlaydi. Havo so’rish tizimida ventilyator quvurdan havoni so’radi, shunda paxta havo bilan birga quvur ichida harakatlanadi. Havo haydash tizimida ventilyator havoni quvurga haydaydi va havo uzatilayotgan chigitli paxtani yoki chigitni o’zi bilan olib ketadi.

Paxta tozalash sanoatida pnevmatik tashish vositalarining keng tarqalishiga asosiy sabab bu usulda chigitli paxta yoki uning mahsuloti tashilganda nobud bo’lmaydi, bundan tashqari bu qurilma ixcham bo’lib, uning quvurlarini zavod yoki paxta tayyorlash punktlari hududida xohlagan yo’nalishda o’rnatish mumkin. Lekin pnevmatik tashish vositasi boshqa qurilmalarga nisbatan ko’proq energiya iste’mol qiladi. Odatda pnevmatik tashish vositasi paxta tozalash zavodining hamma sexlarida uzluksiz texnologik jarayonga ulangan bo’lib, uning me’yorida ishlashi paxta tozalash zavodi va quritish-tozalash sexining ish unumiga katta ta’sir qiladi.



Urug’lik paxta tashishda pnevmatik tashish vositasining uzunligi har xil bo’lib, o’rnatilgan ventilyatorning tipiga qarab 250 metrgacha bo’lishi mumkin. Shuningdek qurilmaning ish unumi ham har xil bo’lib, soatiga 12 tonna va undan ortiq bo’lishi mumkin. Paxta tozalash sanoatida odatda diametri 400, 420, 450 mm li quvurlardan va sexlararo pnevmatik tashish vositalarida ham quritish-tozalash sexlarida diametri 320-350 mm li quvurlardan foydalaniladi. Quvurlarning bir-biri bilan ulangan joylari va uzluksiz jarayonga ulangan boshqa quvurlar tizimi tashqi muhitdan jips yopiq bo’lishi shart.
Paxtaga tashqi havo namligining ta’siri. Paxta asosan sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida tayyorlanadi. Paxta tozalash zavodlari shu uch oy davomida bir mavsum tayyorlangan paxtaning taxminan, 20% ini ishlay oladi. Uning qolgan ko’p qismini uzoq vaqt saqlashga tug’ri keladi. Paxta gigroskopik materialdir. U atmosferaga keragidan ortiq namlikni beradi, yoki kerakli namlikni atmosferadan 
olishi mumkin. Buntlardagi paxtaning namligi atmosfera havosi namligiga bog’liq. Shuning uchun paxta
uzoq saqlanganda tolaning tabiiy xususiyatlarini buzilmasligiga yaxshi e’tibor berish kerak. Namligi 14,5 % dan yuqori bo’lgan paxtani tez orada quritilishi lozim bo’lganligi uchun uni quritish tozalash tsexi (KTTS) yaqinida joylashtiriladi. Namligi 14 % gacha bo’lgan paxta tozalash tsexi (TTS) zonasida saqlanadi.
Paxtaning qizish tabiati. Paxtaning keragidan ko’proq namligi va gigroskopik xususiyati uni qizishga olib keladi. Ayniqsa, mashinada terilgan paxta namlik jihatdan strukturasi bir xil bo’lmaydi. Paxtaning ba’zi bir bulaklarining namligi 14-18% va undan ortiq (20-23%) bo’lishi mumkin.
Bunday paxta buntlarga bosilganda, uning yukori namlikka ega bo’lgan qismlaridan past namlikka ega bo’lgan qismlariga nam o’ta boshlaydi. Natijada ba’zi bir qismlarining 3.5 kun o’tgandan keyingi harorati 50°C gacha ko’tarilishi mumkin. Paxta uchun xavfsiz bo’lgan eng katta harorat 30 C. Paxtaning harorati 45°C ga yetganda, tolasining uzilish kuchi 8 marta kamayadi, Chigitdan moy chiqish miqdori ham keskin pasayadi. Paxtaning buntdagi qizishi butun bunt bo’yicha yoki bulmasa 
nuqtaviy bo’lishi mumkin.
Paxta xom-ashyoning qimmatbaho turlaridan biri bo’lib, undan keng iste’mol mollari, texnik va maxsus vazifadagi mahsulotlarning 300 dan ortiq turi ishlab chiqariladi. Paxta tolasi yengil sanoatining to’qimachilik, trikotaj, tikuvchilik va boshqa sohalari uchun xom-ashyoning asosiy turi bo’lib hisoblanadi. Undan turli xildagi gazlamalar, tikuvchilik iplari, sun’iy ipak, turli xildagi texnik mahsulotlar (elektr o’ramlar, filtrlar, yuritish tasmalari, sun’iy charm va boshqalar) va boshqa ko’plab mahsulotlari ishlab chiqariladi.
O’zbekiston dunyoda paxta etishtirish bo’yicha oltinchi, uni eksport qilish bo’yicha uchinchi o’rinda turadi. Mamlakatimiz jahon to’qimachilik bozorining eng faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. “O’zekspomarkaz” da ochilgan VIII Xalqaro O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasi ushbu sohada mamlakatimiz bilan savdo ishlab chiqarish va investitsion hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish ortib borayotganini yana bir bor namoyon etmoqda. Turli mamlakatlarning paxta va to’qimachilik sanoati vakillari, treyderlar bu yerda nafaqat ushbu tarmoqlarni rivojlantirish tendentsiyalari, ularning mahsulotlariga bo’lgan talab va taklifning o’zgarib turishi, dunyo bozoridagi narx kon’yunkturasini muhokama qilish, balki o’zbek paxta tolasini hamda undan tayyorlangan to’qimachilik mahsulotlarini etkazib berish bo’yicha bevosita shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar 
Paxta asosan sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida tayyorlanadi. Paxta tozalash zavodlari shu uch oy davomida bir mavsumda tayyorlangan paxtaning taxminan 20% ini ishlay oladi. Paxtaning qolgan ko’p qismini uzoq vaqt saqlashga to’g’ri keladi. Paxtani uzoq vaqt saqlaganda tola va chigitning tabiiy xususiyatlarining buzulmasligiga yaxshi e’tibor berish kerak. Paxtani yaxshi saqlash uchun kerakli shartlarning asosiysi uni omborlarga joylash vaqtidagi namligi GOSTga muvofiq I sort uchun 9,0; II sort uchun 10,0; III sort uchun 11,0 va IV sort uchun 13,0 % dan oshmasligi kerak. Mashinalar bilan terilgan va namligi ruxsat etilgan normadan yuqori bo’lgan chigitli paxta vaqtincha (5 kungacha) saqlash uchun qabul qilinadi. Bunday paxtani joylashda uning balandligi I va II sortlar uchun 4 m dan va qolgan sortlarniki 3 m dan ortiq bo’lmasligi kerak. CHigitli paxtani saqlash uchun sig’imi 750, 1500, 3000, 4500 va 6000 t va temirbeton detallardan yig’ilgan, pishiq yoki xom g’ishtdan qurilgan yopiq ombor, to’rt tomoni ochiq shiyponlar yoki butunlay ochiq maydonchalardan foydalaniladi.
Saqlanayotgan paxta yer osti suvlarining ta’siri bo’lmasligi uchun omborlarning pollari 50 mm qalinlikda asfaltlanadi yoki 150 mm qalinlikda yirik tosh terib orasi mayda shag’al bilan to’ldiriladi, yoki 25 mm qalinlikda somonli loy bilan suvaladi, agar yer osti suvlari ancha chuqur joylashgan bo’lsa, tuproq yaxshilash tekislanib suvab qo’yiladi.
CHigitli paxtani yopiq omborlarda saqlash vaqtidagi zichligi, namligi 10-11% gacha bo’lgan I va II sort paxta uchun 150-190 kg/m3 va namligi 12-14% bo’lgan III va IV va paxta uchun 130-160 kg/m3 bo’lishi kerak. CHigitli paxtani ochiq maydonchalarda saqlash uchun paxta tayyorlash g’aramlash maydonchalari tartibli ravishda quriladi.
G’aramlash maydonchalarining o’lchamlari 25x14, 22x11 va 11x10m bo’ladi. Paxta joylanadigan g’aram maydonlari yer yuzidan 40 sm balandlikda qattiq to’shama (asfalt, beton yoki somon loy) bilan qoplanishi kerak. G’aram maydonchasining o’rtasida tunnel qazish vaqtida to’g’ri yo’nalishni belgilash uchun bo’ylanma tilimi chizib ko’rsatiladi. Boshqa o’lchamdagi g’aram maydonchalari qurilishi tavsiya etilmaydi. Paxtani maydonchalarda g’aramlash faqat havo quruq paytida olib boriladi, yomg’ir yoqqanda g’aramlash taqiqlanadi. G’aramga to’kilgan paxta maydonning hamma joyiga bir tekis va bir xil qalinlikda joylashtirilishi lozim. G’aramlangan paxtaning balandligi (uning cho’kishigacha) sanoat navi va namligiga qarab quyidagi jadvalda ko’rsatilgandagidek bo’lishi kerak.
Namligi 14 % gacha bo’lgan paxtani TTS (tozalash tsexi) mintaqasida, 14 % dan ortiq bo’lganini esa QTTS mintaqasida joylash kerak. Paxta g’aramining shakllanishi va cho’kishidan so’ng, uning yon hamda burchak tomonlari terib tekislanadi. Paxtani g’aramlash vaqtida uning g’aram maydonchasining yuzasida bir tekisda joylanishiga va zich shibbalanishiga e’tibor berish kerak. G’aramning zichlanadigan chekkalari doimo g’aramning o’rta sathidan pastroq bo’lishi lozim.


Download 116,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish