2.2.2-jadval
Turoperatorlarning texnologik va boshqaruv jarayonlarini yaxshilash chora-tadbirlari13
Aniq xarajatlarni bilish
|
Ko‘proq va’da beruvchi menejerlarni saralash va ularni oliy rahbariyat darajasida qo‘llab-quvvatlash
|
Xodimlarni mos ravishdagi ko‘nikmalar bilan muvaffaqiyatli rahbarlik qilish uchun zarur bo‘lgan asosiy harakatlarni aniqlash
|
Korporativ qarorlarni ishlab chiqish maqsadida turli turistik bo‘limlarni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni rag‘batlantirish
|
Jadvalga asosan, turoperatorlik firmalart faoliyatini texnik takomillashtirishda o‘zgarishlar tezligi va ularni barcha joyda bo‘lishi sababli oldinda bo‘lish murakkab hisoblanadi. Buning uchun rahbariyatning sinchkovlik bilan qarashi talab etiladi.
2.3. Turistik biznes sohasini rivojlantirishda marketing tahlillarini takomillashtirish jihatlari va imkoniyatlari
Ma’lumki, “bozor” tushunchasi juda ko‘p ma’noni anglatadi. Ushbu tushun-cha marketing ma’nosini anglatadi. Chunki, marketingning maqsadi turistik korxo-naning uzoq va qisqa muddatli dasturi asosida savdo va tijorat faoliyatini samarali boshqarishdir. Shulardan kelib chiqib, marketing quyidagi bosqichlarga ajratiladi:
- ommaviy marketing;
- marketing;
- maqsadli marketing.
Yuqorida keltirilgan holatlar marketing tushunchasini aks ettiradi. Hamda ommaviy marketing va tovarlarga qaratilgan marketingdan voz kechmoqdalar. Ularning o‘rniga ular maqsadli marketing afzal ko‘rilmoqda. Shunga asosan, sotuvchilar o‘z tovarlari, ularning narxlari, taqsimlash vositalari va reklamani har bir maqsadli bozorga munosib qilib moslashtirib olishlari mumkin.
Ulardan tashqari, turizm sohasida marketing strategiyasidan foydalanish quyidagi usullarda amalga oshiriladi.
Bu iste’molchilar, ya’ni turistlarning ehtiyojlari va talablarining tizimli va doimiy tahlili bo‘lib hisoblanadi hamda u orqali turoperatorlik firmalariga barqaror raqobat holatini ta’minlovchi samarali mahsulot va xizmatlar konsepsiyasi ishlab chiqiladi
Strategik marketing
Bu soddalashtirilgan holat bo‘lib, salohiyatli turistlarga ma’lumot berish uchun kommunikatsiya siyosati, harajatlarni pasaytirish va turistlarni qidirishda tovar sifatini o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha namoyish qilish hisoblanadi
Operatsion yoki jarayonli marketing
Taktik marketing
Bu usuldan foydalanish turoperatorlik firmasida tovar va xizmatlarni realizatsiya qilishga katta imkoniyat tug‘dirib, uning faoliyatida qisqa muddatli tijorat rentabelligini ta’minlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |