II-BOB. TUROPERATOR FAOLIYATIDA BIZNES SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING YO‘NALISHLARI VA IMKONIYATLARI
2.1. Turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirishning hozirgi holati
Turoperator faoliyatida biznes sohasi ularning turistik faoliyati bilan shu-g‘ullanishi jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Bevosita biznes sohasini rivojlantirish ularning turizm faoliyatidan oladigan daromadlari bilan namoyon bo‘ladi. Bu esa bevosita turistik xizmatlarni ko‘rsatishga bog‘liq bo‘ladi hamda turistik biznes bo‘lib namoyon bo‘ladi.
Avvalo, turistik xizmatlar foydaliligi bo‘yicha turistik xizmatlar eksporti va importi jahon mahsulot oborotida uchinchi o‘rinni egallaydi va dunyo ichki yalpi mahsulotida o‘ndan bir qismni tashkil qilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy faoliyatning ko‘plab sohalari uchun turistik biznesni rivojlantirishning ahamiyatini baholash murakkab masaladir. Chunki, turizm tashqi iqtisodiy aloqalarda alohida o‘rin tutadi. Undan olinadigan daromadlar xorijga mahsulot va mehnat chiqarmay turib, xorij valyutasini olishning muhim usullaridan biri hisoblanadi.
Turizm sohasi eng yirik yuqori daromadli va eng dinamik tarmoqlardan biri sifatida daromadliligi bo‘yicha faqat neft qazib olish va qayta ishlashdan keyin turadi. Xususan, Butunjahon turistik tashkilotining olib borgan tahlili bo‘yicha jahon ishlab chiqarish va servis bozorining 10 foiziini ta’minlaydi. Shuningdek, jahon ichki milliy mahsulotining 6 foizi, jahondagi investitsiyalarning 7 foizi, dunyo iste’mol xarajatlarining 11 foizi, butun soliq tushumlarining 5-6 foizi va har 16-ishchi biri bevosita turizm sohasiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiyotning ushbu sektorida umumiy daromad xajmi trillionlab dollarni tashkil etmoqda, har yili butun dunda bir milliarddan ziyod kishi sayohat qilmoqda2.
Keltirilgan holatlar turizm sohasida turoperatorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishini tavsiflaydi. Chunki, turistik faoliyatni turoperator faoliyati amalga oshiradi va bu bіznes faoliyatining natijalari bo‘lib hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, turoperator xizmatlarida biznes faoliyati sof iqtisodiy samara keltirishi bilan birga turist sog‘ligi va hayotining qayta tiklanishi hamda bo‘sh vaqtidan oqilona foydalanishini ta’minlaydi. Chunki, ilmiy-texnik taraqqiyot jismoniy charchashning kamayishiga va asabiy zo‘riqishlarga olib kelmoqda. Shu munosabatda turoperatorning biznes faoliyatida dam olishni rejalashtirish va tashkillashtirishning roli oshib bormoqda.
Darhaqiqat, turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirishning hozirgi holatini turizm sohasi ko‘rsatib beradi. Turizmga Butunjahon turizm tashkiloti bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasining 1989-yilda birinchi marotaba o‘tkazilgan sammitida qishloq xo‘jaligi, sanoat, ta’lim, ijtimoiy ta’minot singari ustuvor yo‘-nalishlar kabi mamlakatni kompleks rivojlantirish rejasining tarkibiy qismi sifatida qaralib, unga oid chora-tadbirlar qabul qilish zarurligi belgilangan edi. Shunday qilib, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat kabi turizm rasmiy ravishda tarmoq sifatida tan olingan va hozirgi kunga kelib, davlat tomonidan alohida e’tibor qilinishi ta’kidlangan.Iqtisodchilarning baholariga qaraganda, undan olinadigan pul tushumlari bir yil davomida 3 martadan 5 martagacha muomalada bo‘ladi3.
Turizm katta mablag‘lar talab qilishiga qaramay, sohasiga kapital qo‘yish ancha foydalidir. Chunki, bu mablag‘lar nisbatan tezroq o‘zini oqlaydi va bundan tashqari ko‘proq xorijiy valyutada sarmoya keltiradi. Shuning uchun ham, hozirgi kunda O‘zbekistonda turizmdan olinadigan tushumlar yuqori sur’atlar bilan ko‘payib bormoqda. Keyingi yillarda turizmdan olingan daromadlarning umumiy hajmi yana katta sur’atlar bilan rivojlandi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasining omillaridan biri bo‘lgan turizm milliy iqtisodiyot o‘sishini tezlashtirishga imkon yaratadi. Bu erda turizm ishbilarmonlik sohasining muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, xorijiy turistlar doimiy oqimini jalb qiladi4.
Haqiqatdan ham, iqtisodiyotning muhim qismi bo‘lgan turistik biznes tashqi iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos sohasi bo‘lib, uning butun dunyoda tez rivojlanishi bugungi kunda xalqlarning tarixi, madaniyati, iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga qiziqishi bilan bog‘liq.
Yuqorida keltirilgandek, turizmni rivojlantirish o‘z navbatida turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Bu bo‘yicha, xususan O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va uning rivojlanishini yangi bos-qichga olib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan oxirgi yillarda me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, 2016-yil 2-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi5.
Mazkur farmon mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun turoperator faoliyatida biznes faoliyatini amalga oshirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish asosida turizm tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, turoperatorlar tomonidan milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ibot qilish maqsadida qabul qilindi.
Ana shular asosida turistik biznesni amalga oshirish uchun turizm bozorida turistik mahsulotlar turli ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Ya’ni, turistik mahsulot sifa-tida turistik korxonalar tomonidan bozorda taklif kilinishi mumkin bulgan uchta asosiy taklifni qamrab oluvchi quyidagi tushunchalar yotadi6.
- turlar va sayohat qilishning bosh maqsadiga xizmat qiluvchi xizmat turlarining majmui;
- turistik korxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan turli ko‘rinishdagi turistik-ekskursion xizmatlar;
- turistik-estalik tovarlari.
2012-2016-yillar davomida respublikamizda ular tomonidan xizmat ko‘rsatil-moqda hamda turoperator faoliyatida biznes sohasining rivojlanishiga erishilmoq-da. Bular bevosita ularning soni va ular orqali tashrif buyuruvchilarning soni asosida ta’minlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |