Mavzu: Turoperatorlik xizmatini ko‘rsatish texnologiyasi mundarija: Kirish


I-BOB. TURIZM SOHASIDA TUROPERATORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI



Download 191,55 Kb.
bet2/15
Sana28.04.2022
Hajmi191,55 Kb.
#588338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5377844171841209006

I-BOB. TURIZM SOHASIDA TUROPERATORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI
1.1. Turizmda turoperator faoliyatining tutgan o‘rni va uning mazmuni
Ma’lumki, turistlarga xizmat ko‘rsatishda sayohat vaqtida ko‘pchilik turli tuman korxona va tashkilotlar qatnashadi. Ularga joylashtirish vositalarini taqdim etuvchi tashkilotlar bo‘lib ularga mehmonxona, turbaza va motellar kiradi. Hamda umumiy ovqatlanish korxonalariga restoran, kafe va oshxonalar kiradi. Shu bilan birga sport va rekreatsion tashkilotlar shuningdek maishiy xizmat firmalari va savdo tashkilotlari bo‘lishi mumkin. Tur davomida turistlarga kompleks xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi barcha korxona va tashkilotlar turizm amaliyotida xizmatlarni yetkazib beruvchilar deb nomlanadi. Avvalo turistik mahsulotni ya-ratish va sotishdagi turoperatorning roli xizmatlarni yetkazib beruvchilarining asosiy ekanligida ko‘rinadi. Chunki, turist tomonidan mahsulotni sifatli deb tan olinishi har bir alohida xizmatning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham turistik dasturlarni tuzishida xizmatlarni yetkazib beruvchilariga alohida e’tibor beriladi va xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan ishlashda quyidagi xusu-siyatlar alohida e’tiborga olinadi:
- hamkor tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatiga jiddiy yondashuv bo‘lib,bunda firmaning bozordagi obro‘ini inobatga olish lozim;
- mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, transport xizmatlari turi va darajasining aniq tur mo‘ljallangan turizm turi va iste’molchilarning ijtimoiy bo‘-g‘iniga bo‘lgan muvaffaqligi;
- hamkorlik bo‘yicha shartnomaviy xujjatlashtirishga jiddiy va e’tiborli yondashuv bo‘lib bu esa kelajakda firma obro‘iga ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur yondashuvlarda xizmatlar yetkazib beruvchilari bilan maxsus ko‘r-gazma va yarmarkalarda aloqa o‘rnatish odatiy usullardan biridir. Xizmatlar yetkazib beruvchilar hududiy qiziqish turizm turi xizmat ko‘rsatish dasturining tarkibiy shuningdek iste’molchilarning yoshi ijtimoiy va iqtisodiy segmentlari bo‘yicha tanlanadi. Undan tashqari bunda turfirmaning obro‘si va kasbiy sifatlari ham muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa taklif etilayotgan xizmatlar paketining hozirgi turi uchun quyidagi xizmatlar yetkazib beruvchilar zarur.
- yuqori darajali rekreatsion mehmonxona qulay avtobuslar va turistlarga ijaraga berish uchun mashinalarga ega bo‘lgan transport kompaniyalari;
- guruhli va individual ekskursiyalarni tashkil etuvchi va yuqori darajadagi gidlarni taqdim eta oladigan ekskursion tashkilotlar;
- teatr-manzarali tashkilotlar tungi klublar, akvapark, tabiiy-tematik parklar va baliq ovlash xo‘jaliklari.
Bevosita yuqoridagi keltirilgan ishlarni bajarishda turoperator o‘zining faoliyati bilan muhim o‘rin tutadi va bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, turoperatorlar turistik mahsulotni shakllantirishni (tuzish yoki loyihalash), uni bozor tomon harakatini shuningdek realizatsiya qilinishini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Unga asosan turni yoki turistik mahsulotni shakllantirish muddatlari va maqsadini aniqlash bo‘yicha tartiblashtirilgan va bir-biriga bog‘langan narxi va sifati bo‘yicha ketma-ketligiga ko‘ra kelishilgan xizmat ko‘rsatish va ish bajarish ularni taklif etish bo‘yicha shartnomalar tuzish hamda tegishli ravishda bronlashtirish va rezervlashtirish hisoblanadi. Biroq yo‘naltirishda potensial is-te’molchida mazkur ishlarni sotib olish uchun moyillik tug‘dirish ishlari bajariladi.
Mazkur holatlarda “realizatsiya” atamasi quyidagi ikki ma’nolarga ega bo‘ladi:
- sotish
- bajarish
Ana shularga asosan turistik faoliyatning an’anaviy sxemasi bo‘yicha turoperator turistik agent ya’ni ko‘tarachilarga turistik mahsulotni faqat ulgurji sotishni amalga oshiradi. Bunda agent-ko‘tarachilar turmahsulotni mintaqalar bo‘yicha taqsim-laydilar va ularni mahalliy turistik agentliklar orqali sotadilar.
Avvalo turlarni iste’molchiga yoki turistga chakanalab sotishni turistik agentligi yoki turagentlik amalga oshiradi. Ba’zan turoperator o‘z huzurida maxsus tuzil-maviy bo‘linma, ya’ni faqat turistlarga ko‘rsatish emas, balki barcha agentlik ishlarini o‘zaro muvofiqlashtirish bilan shug’ullanuvchi turlarni chakanalab sotish bo‘yicha markaziy turistik agentliklarini tuzishi mumkin. Chunki, amaliyotda turizm sohasidagi korxonalar ichida turoperatorlarning soni 5 foizdan oshmaydi va turagentliklar 95 foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari, turoperator turistik mahsulotni iste’molchi yoki turist oldida bajarilishi uchun javob beradi va amalda turistik mahsulotni nazorat qilish va operativ kuzatib borish ishlarini amalga oshiradi. Odatda turoperatorlik funksi-yasini amalga oshirish uchun korxonani yuridik shaxs sifatida yoki yuridik shaxs ma’lumotiga ega bo‘lmagan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish emas, balki bunday faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus litsenziya olish zarur. Masalan, Rossiyada litsenziya olish faqat xalqaro turistik faoliyatni amalga oshirishda talab etiladi. Ichki turizm sohasidagi faoliyatda litsenziya va maxsus ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi. O‘zbekistonda esa ichki va xalqaro turizm uchun yagona litsenziya bo‘lishi zarur.
Shuningdek, turoperator turistik mahsulot iste’molchisi oldida to‘liq javobgar hisoblanadi. Iste’molchi ko‘pgina turli xil turistik korxonalar xizmatini o‘z ichiga olgan xizmat ko‘rsatishlar paketini aynan undan sotib oladi. Bunday javobgarlik agar litsenziyalashtirish qonunlari bo‘yicha mumkin bo‘lsa turoperatorning tegishlicha kafolatlari, jumladan ma’lum summadagi mablag‘ depoziti yoki boshqa ta’minot uchun bank kafolati va malakaviy ko‘rinishdagi javobgarlik bilan bog‘liq holatlarni sug‘urtalashni nazarda tutadi.
Turistik yo‘llanmada doimo ana shunday sotishni amalga oshiruvchi tur-operator va turagentning barcha rekvizitlari to‘liq ko‘rsatiladi. Agentlik foizi mavjud bo‘lgan bo‘lgan mamlakatlarda agentlik foizining summasi doimo turistik xizmatlarning cheki yoki vaucherida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday mamlakatlarda yo‘llanmalar yuk vaucher bo‘lib, unda kassa apparatidagi ma’lumotni yozib qo‘yish uchun maxsus xoshiya mavjud bo‘ladi. Bunday holda agentlikning o‘zi barcha oqibatlari va javobgarliknibo‘yniga olgan holda turoperatorlik funksiyasini bajara oladi hamda natijada turistik mahsulotlarning sotilishini ham amalga oshiradi. Bugungi kunda turlarni iste’molchiga internet tarmog‘i orqali sotish shakllan-moqda, ammo iste’molchiga faqat axborot berish va mahsulot taklif etish va unimijozning talabnomasi bo‘yicha o‘zlashtirish bosqichlari avtomatlashtirish imkoniyatiga ega. Ba’zi hollarda bankdagi hisob-kitoblarni yoki kredit kartalari-ning raqamlarini ko‘rsatishda haq to‘lash nazarda tutiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda turoperatorlik firmalarining ko‘p yillik amaliy faoliyatlarida turistik mahsulotni sotishning quyidagi yo‘llaridan keng foydalaniladi.

xususiy sotishlar byurosi yoki savdo nuqtalarini tashkil etish

vositachi turagentlik tarmoqlarini tashkil etish





yirik tashkilot va korxonalar bilan aloqa o‘rnatish





pochta orqali turlarni sotish

maxsuslashtirilgan magazinlardan foydalanish





Download 191,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish