2.2.1-jadval
2017-yildagi Xorazm viloyatida turoperatorlar tomonidan amalga oshirilgan turistik faoliyat natijalari haqida ma’lumot10
Mehmon-xonalar soni
|
Xonalar soni
|
O‘rinlar soni
|
Turistlarning kelishi
|
Xonalarkesimi foizda
|
O‘rinlar kesimi foizda
|
Oylar
|
Umumiy soni
|
Yasha-gan kuni
|
58
|
1278
|
2489
|
Yanvar
|
2610
|
5314
|
13
|
7
|
Fevral
|
2126
|
5249
|
15
|
8
|
Mart
|
4167
|
8285
|
21
|
11
|
Aprel
|
12465
|
20785
|
54
|
28
|
May
|
14514
|
23355
|
59
|
30
|
Iyun
|
6222
|
9900
|
26
|
13
|
Iyul
|
6228
|
9822
|
25
|
13
|
Avgust
|
10157
|
16089
|
41
|
21
|
Sentabr
|
15497
|
25838
|
67
|
35
|
Oktabr
|
15400
|
25976
|
66
|
34
|
Noyabr
|
4993
|
13021
|
34
|
17
|
Dekabr
|
4768
|
6982
|
18
|
9
|
Jami soni
|
|
|
|
99147
|
170616
|
37
|
19
|
Mazkur jadvalga asosan, 2017-yildagi Xorazm viloyatida jami 58 ta meh-monxona faoliyat yuritgan, ulardagi xonalar soni 1278 tani va o‘rinlar soni 2489 tani tashkil etgan. Viloyatga turistlarning kelishi bo‘yicha jami 12 oy davomida 99147 nafar kishiga to‘g‘ri kelib, yashagan kunlari 170616 taga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ularni xonalar va o‘rinlar sonining ulushi bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, mos ravishda 37 va 19 birlikka to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda, turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirish, avvlo erkin iqtisodiyot sharoitida jamiyatda tadbirkorlikning taraqqiyoti sohada huquqiy-me’yoriy asosni izchil va doimiy ravishda takomillashtirib borish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Mazkur mezonlardan kelib chiqib, mamlakatimizda qabul qilingan turope-ratorlik subyektlarini rivojlantirishga oid qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari va sohalar bo‘yicha tegishli vazirliklarning me’yoriy hujjatlari mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-bosqich erkinlashtirib borishga qaratilmoqda.
Chunki, biznes faoliyatini rivojlantirish birinchi navbatda tadbirkorlar bilan birga davlat katta manfaatdor bo‘ladi. Zero, turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirish quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi:
-davlat byudjetini mablag‘ bilan to‘ldiradi;
-yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish evaziga ishsizlik kamayadi;
-mamlakat turistik bozorini to‘yintiradi;
-turistik bozorda xizmatlar narxining kamayishi ro‘y beradi;
-mahalliy aholining farovonligini oshiradi;
-subyektlarini o‘z yashovchanligini ta’minlash uchun kurashga undaydi;
-pirovardida yuqori iqtisodiy o‘sishga erishiladi.
Shuningdek, turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirish yo‘nalish-laridan yana biri turizm biznesini amalga oshirishga qaratilgan biznes-rejani ishlab chiqish hisoblanadi. Bu turoperator faoliyatining barcha sohalarida qo‘llaniladigan vositasi bo‘lib, turfirmaning ish jarayonini to‘la tasvirlaydi, firma rahbarlarining o‘z maqsadlariga erishishlari hamda birinchi galda ish daromaddorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatib beradi.
Ayniqsa, takomillashgan shaklda ishlab chiqilgan biznes-reja turoperator firmasining o‘sishi, bozorda yangi mavqelarni qo‘lga kiritish, o‘z taraqqiyotining istiqbollarini belgilab olish, yangi xizmat turlarini yaratish va mo‘ljallarni amalga oshirishning maqsadga muvofiq usullarini tanlab olishga yordam beradi. Demak, turoperator faoliyatida biznes-reja doimiy hujjat bo‘lib, bu turoperator firmasining mas’ul shaxslari tomonidan muntazam ravishda yangilab boriladi hamda unga vaziyatga qarab o‘zgartirishlar kiritiladi.
Ana shularga muvofiq, biznes-reja turoperatorlik firmasining muayyan bozor-dagi faoliyatning aniq yo‘nalishini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladigan marketing tadqiqotlari va tashkiliy ishlarning natijasiga bo‘lgan munosabatidir. Mazkur munosabat quyidagi vazifalarni amalga oshirishga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |