2.2.1-rasm. Turoperator faoliyatida biznes-rejaning yo‘nalishlari11
Ushbu rasmga asosan, biznes-reja turoperatorlik firmasining rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan asosiy hujjatlardan biri bo‘lib, bu strategiyani amalga oshirish o‘z navbatida texnik, tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlarning ma’lum vaqtgacha bog‘langan tizim sifatida tuzilgan investitsiya dasturlariga asoslanadi. Shu bilan birga, turistik biznesni amalga oshirishga qaratilgan turoperator firmasining strategik ishi quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi:
- rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish;
- rivojlanishning investitsion dasturini yaratish;
- o‘rta muddatli davrga xos biznes-reja tuzish;
- biznes-rejani amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yaratish.
Demak, turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirishning dastlabki harakati biznes-reja hisoblanadi. Chunki, biznes-reja bir qancha vazifalarni hal qilishga imkon beradi va ular quyidagi yo‘nalishlardan iborat bo‘ladi:
-turfirma taraqqiyoti (strategiyasi, konsepsiyalari va loyihalari) yo‘nalishlarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslash;
-tanlab olingan strategiyani amalga oshirish uchun kerakli mablag‘lar manbai, ya’ni moliyaviy resurslarning jamlash usullarini belgilash;
-turistik faoliyatning kutilayotgan moliyaviy natijalari, sotuv hajmlarini, sarmoyadan olinadigan daromadlar va foydani hisoblash;
-mazkur rejani amalga oshiradigan xodimlarni tanlab olish.
Turoperatorlik faoliyatida turistik biznesni amalga oshirishda biznes-rejaning tahliliy qismi ijodiy bo‘limlaridan biridir. Agar turfirma bir necha yildan beri ishlab kelayotgan bo‘lsa, tahlilda realizatsiya qilingan turistik mahsulot va foyda miqdorining so‘nggi moliya yillari davomida o‘zgarayotganini ko‘rsatish kerak.
Ana shularga muvofiq, turoperatorlik faoliyatida turistik biznesini samarali amalga oshirish va keng rivojlantirish bevosita ko‘rsatiladigan xizmatlar va ularning sifati bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Chunki, xizmat aniq bir bajariladigan faoliyatni o‘z ichiga qamrab oladi. Ya’ni, “xizmat jamiyatda bo‘ladigan maxsus harakat, uning bajarilishida albatta falsafiy kategoriya hisoblangan insonning insonga yaxshilik qilish harakati har ikkala tomonga ham manfaat keltirishi kerak”12.
Yuqoridagilar bilan birga, turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirish yo‘nalishi sifatida yangi axborot texnologiyalarini kiritish mumkin. Chunki, maz-kur texnologiyalarni qo‘llash turistik biznesni amalga oshirish uchun daromadni oshirishga yordam beradi. Bunda muvaffaqiyatli turoperatorlik firmasida turlarni takomillashtirishga bosh menejer sabab bo‘ladi. Natijada, turoperatorning o‘zi barcha ishlarni bajaradi. Xususan, xizmatlarni ishlab chiqish, marketing tadqi-qotlari va moliya yoki turistlarning xorijiy yo‘nalishlarini kengaytirish masalalari amalga oshadi.
Darhaqiqat, biznes faoliyatini rivojlantirish uchun turoperatorlar texnologik va boshqaruv jarayonlarini yaxshilashi lozim. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |